Jismoniy tarbiya – o’quvchilar tanasidagi barcha a’zolarini sog’lom o’sishini ta’minlash barobarida ularni aqliy va jismoniy mehnatga, Vatan mudofasiga tayyorlashdir. Jismoniy tarbiya mazmuniga ko’ra bola organizmi ichki a’zolari funktsiyasi faoliyatini boshqarish, o’quvchilarning sog’ligini mustahkamlash, gigiena qoidalariga ko’nikashini tarkib toptirish, mohirliklarini o’stirish, mehnat qilish qobiliyatlarini oshirish, ularda iroda, chidamlilik qat’iyan intizom, do’stlik his-tuyg’ularini kamol toptirish, jismoniy qobiliyatlarini shakllantirishdan iborat.
Barkamol inson nafaqat ma’naviy jihatdan, balki jismoniy jihatdan ham etuk bo’lmog’i lozim. Shuning uchun ham jismoniy tarbiya barkamol inson tarbiyasining yana bir tarkibiy qismidir.
Jismoniy tarbiya yosh avlodni jismoniy jihatdan sog’lom o’sishlarini, baquvvat bo’lishlarini va vatanimiz himoyasi uchun qo’rqmas, jasur, harbiy ilmlar, qurol aslohatlardan foydalanishni biladigan qilib tarbiyalashni o’zining oliy maqsadi deb biladi.
O’quvchilarga jismoniy tarbiya maktabda harakatli o’yinlar, gimnastika, sport, turizm hamda sinfdan va maktabdan tashqari sport mashg’ulotlari turlari vositasida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |