Mustaqillik, havaskorlik va tashabbuskorlikni o’stirish printsipi: O’quvchilarda yoshlikdan mustaqil fikrlash, mustaqil faoliyat ko’rsata olishni shakllantirish lozim. Shunga ko’ra har bir o’quvchining qiziqishi va intilishini qo’llab- quvvatlash lozim, ularni o’zlari qiziqqan kasb- hunarni egallashlariga to’g’ri yo’naltirish lozim. «Ta’lim to’g’risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da bu xaqda batafsil bayon qilingan. Jumladan, «Kamolot», «Umid» singari jamg’armalar yoshlarda tashabbus-korlik, havaskorlik mustaqillik kabi hislatlarni rag’batlantirishda, qo’llab- quvvatlashda, o’z hissasini qo’shmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |