Tarbiya qonuniyatlari birinchi navbatda jamiyatning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan bo’ladi. O’zbekiston milliy istiqlolga erishgandan keyin tarbiyaning jamiyat oldidagi mohiyati o’zgardi. Eski jamiyatning kommunistik mafkuraga asoslangan tarbiya yo’nalishi o’zgarib, yangi barpo bo’layotgan tuzumga mos mutaxassis kadrlar tayyorlash zarurati paydo bo’ldi. Jamiyatimizda tarbiyaning butun yo’nalishi shu ehtiyojdan kelib chiqqan holda o’zgardi. Ijtimoiy ehtiyoj ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilishni taqoza etdi. Shunga asosan «Ta’lim to’g’risida» qonun va Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi ishlab chiqildi. Ularda ijtimoiy ehtiyoj hisobga olingan holda, tarbiya qonuniyatlariga amal qilish hal etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |