Mehnat tarbiyasi – bu tarbiyaning oldida turgan asosiy vazifa o’quvchilarga mehnat ta’limiga oid ilmiy bilimlar berish, mehnat qurollari bilan muomala qilishga o’rgatib borish, hayotga, ijtimoiy foydali mehnatga tayyorlashdir.
Mehnat va mehnat tarbiyasi inson kamolotining asosi, hayot manbai, umr mazmuni hisoblanadi. Mehnat tarbiyasidan ko’zlangan maqsad avvalo mehnatning mohiyatiga, mazmuniga, tEran nigoh tashlamoq, muayyan xulosa chiqarmoqdan iborat. Mehnat qilayotgan kishi o’zi bajarayotgan ishning natijalarini ko’rsa, his qilsa, o’sha natijalardan ayniqsa, rohatlansagina mehnat tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.
Mehnat jarayonida kishilarda do’stlik, birodarlik, jamoa bo’lib ishlash madaniyati, barcha tarbiyaviy sifatlar shakllanadi. Eng muhimi, mehnat muhtojlikdan, bekorchilikdan, yurak siqilishidan, axloqiy buzilishidan saqlaydi. Mehnat orqali inson o’zini, o’z qadrini biladi, uni el-yurt ulug’laydi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining bosh vazifalaridan biri ham yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash, ularni aniq bir kasb-hunar egasi qilib tarbiyalashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |