10-modda. Professional ta’lim.
Professional ta’lim boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim darajalariga ajratiladi.
Boshlang‘ich professional ta’lim kasb-hunar maktablarida IX sinf bitiruvchilari negizida kunduzgi ta’lim shaklida 2 yillik integratsiyalashgan dastur asosida bepul amalga oshiriladi.
O‘rta professional ta’lim kollejlarda davlat buyurtmasi yoki to‘lov-shartnoma asosida davomiyligi 2 yilgacha bo‘lgan kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllari bo‘yicha amalga oshiriladi.
O‘rta maxsus professional ta’lim texnikumlarda davlat buyurtmasi yoki to‘lov-shartnoma asosida davomiyligi kamida 2 yil bo‘lgan kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllari bo‘yicha amalga oshiriladi.
Qonunga ko‘ra, davlat oliy ta’lim, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalari va ularning filiallari, shuningdek davlat ishtirokidagi oliy, o‘rta maxsus, professional ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari президент yoki Hukumat qarorlari bilan tashkil etiladi.
Nodavlat ta’lim muassasalarini tashkil etish ularning ta’sischilari tomonidan amalga oshiriladi.
Nodavlat ta’lim tashkilotlariga litsenziya Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan beriladi.
11-modda. Oliy ta’lim
Oliy ta’lim bakalavriat ta’lim yo’nalashlari va magistratura mutaxassisliklari bo’yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlaydi.
Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash oliy o’quv yurtlarida (universitetlar, akademiyalar, institutlar va oliy maktabning boshqa ta’lim muassasalarida) o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi asosida amalga oshiriladi.
Oliy ta’lim ikki bosqichga: davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi oliy ma’lumot to’g’risidagi hujjatlar bilan dalillanuvchi bakalavriat va magistraturaga ega.
Bakalavriat oliy ta’lim yo’nalishlaridan biri bo’yicha puxta bilim beradigan, o’qish muddati kamida to’rt yil bo’lgan tayanch oliy ta’limdir.
Magistratura aniq mutaxassislik bo’yicha bakalavriat negizida kamida ikki yil davom etadian oliy ta’limdir.
12-modda.Oliy ta’limdan keyingi ta’lim
Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’limni oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlarda olish mumkin.
Oliy ta’limdan keying ta’lim doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish maqsadida mutaxassislikni chuqur o’rganishni va ilmiy izlanishlar olib borishni nazarda tutadigantayanch doktorantura mustaqil izlanuvchanlik asosida ilmiy darajaga ega ilmiy-pedagogikkadrlar tayyorlashni ta’minlaydi.
13-modda. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash kasb bilimlari va ko’nikmalarini chuqurlashtirish hamda yangilashni ta’minlaydi.
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
14-modda. Maktabdan tashqari ta’lim
Bolalar va o’smirlarning yakka tartibdagi ehtiyojlarini qondirish, ularning bo’sh vaqti va dam olishini tashkil etish uchun davlat organlari, jamoat birlashmalari, shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslar madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yo’nalishlarda maktabdan tashqari ta’lim muassasalarini tashkil etishlari mumkin.
Maktabdan tashqari ta’lim muassasalariga bolalar, o’smirlar ijodiyoti saroylari, uylari, klublari va markazlari, bolalar-o’smirlar sport maktablari, san’at maktablari, musiqa maktablari, studiyalar, kutubxonalar, sog’lomlashtirish muassasalari va boshqa muassasalar kiradi.Maktabdan tashqari ta’lim muassasalarini tashkil etish va ularning faoliyat ko’rsatish tartibi qonun hujjatlarida belgilab qo’yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |