Qo’shimcha adabiyotlar
1. Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi – inson manfaatlarini ta’minlash taraqqiyoti va xalq faravonligining garovi. “O’zbekiston”. 2017
2. Xasanboev J, To’rakulov X., Xaydarov M., Hasanboeva O. Pedagogika fanidan izohli lug’at. – T.: Fan va texnologiya, 2008 .
Elektron ta’lim resurslari
1. www. tdpu. uz
2. www. pedagog. uz
3. www. Ziyonet. Uz
2-mavzu: Pedagogika shaxs tarbiyasi va rivojlanishi to’g’risidagi fan. Ilmiy-pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi va metodlari
Darsning maqsadi. Pedagogika fani, predmeti haqida tushuncha berish, pedagogikaning ta’rifini izohlash, uni har bir talabaning o’zlashtirib olishiga erishish. Pedagogikaning maqsad va vazifalarini bayon etish .Pedagogikaning fan sifatida shakllanishida bosqichlarini o’quvchilar ongiga etkazish dunyo olimlari orasida pedagogikaga hissa qo’shgan Markaziy Osiyo allomalarini ajratib ko’rsatish milliy g’urur hissini tuydirish.
Kalit so’zlar: ijtimoiy tarixiy tajriba, barkamol avlod, ta’lim-tarbiya, obyekt va predmet, pedagogika, pedagog; mazmun, maqsad, qonun-qoida, shakl va usullar, nazariya va amaliyot, kategoriya, tushuncha, ma’lumot, ta’lim, tarbiya, rivojlanish; metodologik asos, pedagogik fanlari tizimi; ilmiy-tadqiqot usullari va hakozo. Metod, ilmiy-tadqiqot metodi, metodologiya, ilmiy kashfiyot, ilmiy faraz, kuzatish, suhbat, tajriba-sinov, ijodiy ishlarni o’rganish, maktab va arxiv hujjatlarini o’rganish, anketa va testlar, matematika-kibernetika, statistika, ilmiy-tadqiqot natijasi.
Asosiy savollar:
1. Pedagogika fani va uning asosiy kategoriyalari.
2. Pedagogika fanining paydo bo’lishi va rivojlanishi.
3.Pedagogik fanlar tizimi.
4.Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi.
5. Ilmiy-pedagogik tadqiqotlarni tashkil etish va o’tkazish.
1-savol bayoni
Yer yuzida odam zoti paydo bo’libdiki, u ta’lim tarbiya bilan shug’ullanib keladi, komillikkka intiladi. Kattalar yosh avlodga o’zlarining tajribalarini, insoniy fazilatlarini, bilim ko’nikma va malakalarini singdirishga harakat qiladi. Bu vazifalar turli usullarda turlicha hal etilgan bo’lib, ularning natijasi sifatida, pedagogika fanining dastlabki ta’limotlari tarkib topib borgan. Inson tafakkuri, bilimi uning ijtimoiy tajribalarida aks etgan.
Qadimshunos olimlarning ta’kidlashlaricha, minglab yillar oldin kishilar etuk onglilik asosida madaniy meros namunalarini yaratganlar. Ammo ularga berilgan ta’lim-tarbiyaning mazmuni va mohiyati. qanday amalga oshirilganligi mukammal tarzda bizgacha etib kelmagan. Ayniqsa ko’hna sharq mamlakatlari Xitoy, Hindiston, Markaziy Osiyo, Arabiston, Eron, Turkiya va boshqa joylarda o’ta mukammal ta’lim tarbiya tizimi mavjud bo’lganligi madaniy-me’moriy yodgorlikda turli sa’nat va muxandislik inshoatlarida uchratish mumkin.
Hozirgi kunda saqlanib qolgan eng eski pedagogik ta’limot qadimgi Yunoniston davlatlari: Sparta va Attikada amalga oshirilgan. Pedagogika tushunchasi ham o’sha zamonlarda qo’llanila boshlagan.
Avvalo «pais ageines» «ya’ni bola etaklash» degan ma’noni anglatadi. Quldorlarning bolalarini qo’riqlab, himoya qilib yuradigan kishilarni shunday atagan. Keyinchalik maktablarning kuchayishi, ta’lim tarbiyaning takomillashib borishi natijasida ta’lim-tarbiya bilan shug’ullanuvchi kishilarni pedagoglar deb atashgan.
Pedagogika ta’lim-tarbiya haqidagi ta’limotlarni o’rganadigan soha sifatida falsafaning tarkibida shakllanib bordi.
Pedagogikaning predmeti sifatida ta’lim-tarbiya jarayoni va unda amalga oshirishga qaratilgan maxsus tayyorgarlik ko’rgan kishilarning faoliyati tushuniladi.
Turli manbalar va mualliflarning pedagogikaga bergan ta’riflaridan kelib chiqqan holda uni quyidagicha ifodalash mumkin:
Pedagogika jamiyatning barcha a’zolarini ijtimoiy ehtiyojga mos holda tarbiyalash, shaxs sifatida shakllantirish, zamonaviy bilim ko’nikma va malakalar berishning yo’l-yo’riqlari qonuniyat hamda mazmun mohiyatini o’rganuvchi fandir.
Bu ta’rif ma’lum darajada «Ta’lim to’g’risida» qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning mazmuniga mos keladi. Faqat o’quvchi yoshlar emas, jamiyatning barcha a’zolari ta’lim va tarbiyadan baxramand bo’lishlari, uzluksiz ta’lim tizimi ta’sirida kamolot sari intilish zarur. O’zbekistonning milliy istiqlolga erishishi pedagogika fanining maqsad va vazifalarini yangilanishiga olib keldi.
Sho’rolar tizimi davridagi komunistik mafkuraga asoslangan tarbiya ko’p jihatlari bilan barcha xalqlar va millatlarni bir qolipda «ulug’ og’a» ruhiga moslashtirib ulg’aytirishga mo’ljallangan edi. Bu illatdan voz kechib, birinchi navbatda milliy ruhda tarbiyalashga alohida e’tibor berildi. Birinchi Prezidentimmiz I.Karimov ta’kidlaganlaridek: «Buyuk davlat, buyuk kelajagimizga erishish uchun oqil, ma’rifatli, ayni paytda o’zining o’tmishi, ulug’ qadriyatlari, millati bilan faxrlanadigan va kelajakka ishonadigan insonlarni tarbiyalashimiz kerak. Bunday insonlarni tarbiyalash esa ijtimoiy fanimizning muqaddas burchidir».1
Xalqimiz boy milliy tarbiya an’analariga ega, unga suyagan holda komillikka intiluvchi shaxsni tarkib toptirish mumkin. Lekin pedagogika fani umuminsoniy tarbiyaning nodir namunalari ta’sirida milliy tarbiyani boyitib borishni ham maqsad qilib qo’ygan. Bu buyuk maqsadlar o’z navbatida ta’lim va tarbiyaning tajribada sinalgan shakllari bilan bir qatorda, jahondagi ilg’or pedagogik texnologiyalardan qo’llanish, etuk mutaxassislar tayyorlash, yoshlarning qobiliyati, qiziqishi va imkoniyatlarini hisobga olgan vazifalarni hal etish ga qaratilgan.
Pedagogikaning asosiy kategoriyalariga “ta’lim”, “tarbiya”, “ma’lumot”, “rivojlantirish” kabi tushunchalar kiradi, ular bir-birini to’ldiradi. Bulardan tashqari, “o’quvchi”, “o’qituvchi”, “usul”, “qoida”, “jamoa”, “intizom”, “irsiyat”, “muhit”, “direktor” va hakozo kabi tushunchalar mavjudki, bular haqida alohida mavzularda so’z yuritamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |