Ma’lumot – bu insoniyat to’plagan ilmiy va madaniy qadriyatlar tizimini o’zlashtirish natijasidir. U asosan rejali ta’lim-tarbiya va boshqa yo’llar bilan olinadi. Ma’lumot to’liq olib bo’lingach kishiga tegishli hujjat beriladi: guvohnoma, diplom, sertifikat va hakozo.
Ta’lim – bu maxsus tayyorlangan kishi rahbarligida amalga oshiriladigan ma’lumot berish jarayonidir. Bu jarayonda o’quvchilarda bilim, ko’nikma va malakalar shakllantiriladi, ularning qobiliyatlari rivojlantiriladi.
Tarbiya – bu milliy va umumbashariy qadriyatlar asosida o’sib kelayotgan yosh avlodda shaxsiy sifat va insoniy fazilatlarni shakllantirish jarayonidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |