Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti


Frontal tekshirish olib borishning asosiy yo’llari



Download 3,6 Mb.
bet35/58
Sana28.04.2022
Hajmi3,6 Mb.
#586353
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   58
Bog'liq
portal.guldu.uz-maktabgacha ta`limni tashkil etish boshqarish

Frontal tekshirish olib borishning asosiy yo’llari.
Frontal tekshirishda nazoratchi va MTM mudiri bilan suhbatlashishidan boshlanib, tekshirish maqsadi, tartibi, vaqt bilan tanishtiriladi. So’ngra mudira muassasa haqida: nechta guruhdan iboratligi, nechanchi yili ochilgan, bolalarning guruhlarga taqsimlanishi, bolalarning kundalik davomati, bogchaning texnika anjomlar bilan jihozlanishi, uning bazasi, kadrlar tarkibi (pedagogik va xizmat kursatuvchi) xodimlari bilan, ularning ta’lim-tarbiyaviy ishlariga baho berib, xodimlarning g’oyaviy – siyosiy va ishlash malakalari, muassasada mehnat va ishlab chiqarish imtizomining ahvoli, kollektivining yutuq va kamchiligi ularga ko’rilayotgan choralar xususida ma’lumotlar beradi.
Bu suhbat – bog’cha to’g’risidagi tekshirish ishiga dastlabki taassurot beradi. So’ngra nazoratchi turli bo’limlar bo’yicha tekshirishi – o’rganish ishlarini boshlaydi.Quyidagi tekshirishdagi asosiy savollarni keltiramiz.

  1. Maktabgacha tarbiya muassasadagi ta’lim – tarbiyaviy ishlarining ahvoli va «Bolalar bog’chasida ta’lim–tarbiyaga qo’yilgan talablarining bajarilishi, bolalarning ko’nikma va malakalari, bolalar bilimining sifati, tarbiyachining ishlash metodlari»;

  2. Kadrlarni tanlash, joy – joyiga qo’yish, kadrlarni tarbiyalash, ishlash malakalarini oshirish omillari. Muassasadagi metodik ishlar va metod kabinet faoliyati;

  3. Tashkiliy – pedagogik va moliyaviy – xo’jalik ishlarning ahvoli. Xalq xo’jalik rejasining bajarilishi, yo’llanmalar soni, bolalarning davomati, (bolalarning bog’chaga qatnashi) ishlarning bajaralishi;

  4. Bolalarga tibbiy xizmat ko’rsatish sifati. Bolalar ovqatlanishining ratsional ravishda tashkil etishi;

  5. Ota-onalarning pedagogik maorif ishlari;

  6. Mudiraning maktabgacha tarbiya mussasiga rahbarligi, rahbarlik uslubi. Mudira va katta tarbiyachi tomonidan ta’lim-tarbiyaviy ishlarga, qo’yilgan talablarning bajarilishini tekshirish

  7. Muassasininng jorriy-texnika bazasining ahvoli, xo’jalik faoliyati va xarajatlarini to’g’ri sarflash ishlari;

  8. Ta’lim-tarbiyaviy ish rejasining sifatliligi va uning bajarilishi, pedagogik kengash, ishlab chiqarish majlislarini, ota-onalar yigilishlarini, maktabgacha ta’lim bo’limlari tomonidan chiqarilgan, instruktsiya va buyruqlarning bajarilish nazoratini tashkil etish;

  9. Muassasada ishlab chiqarish masalalarini yo’lga qo’yilishi: hujjatlar, ularning to’g’ri jihozlashishi va saqlanishi;

  10. Nazoratchining tekshirish bo’yicha xulosalari va takliflari. Yakuniy pedagogik yig’ilish o’tkazilishi.

Frontal tekshirishning yakuni tekshirish maqsadiga va vazifasiga bog’liqdir. Nazoratchi pedagogik yoki ishlab chiqarish majlislari o’tkazib, tekshirilgan masalalar, maktabgacha tarbiya muassasining ahvoli, ishlarni yanada yaxshilash uchun taklif va mulohazalar beriladi.
Tekshirish natijasi akt bilan izohlanadi va ma’lumotnoma tuzilib, unda aniq takliflar, mulohazalar ko’rsatilib, akt 3 nusxada tuzilib, biri tuman yoki viloyat, shaxar maktabgacha ta’lim bo’limiga, biri bog’chaga beriladi, biri talabalarning ish hujjatlari hisoblanadi.
Rejaviy tekshirish - bu tarbiyaning biror qismi yoki ta’lim-tarbiya ishining bir qismini bo’linishi nazorat qilish formasizdir. Masalan: «Mehnat tarbiyasi», Aqliy tarbiya. «Maktab bilan aloqa» «o’yin» xodimlarning mehnati va x.k.
Asosan bu tekshirish turi 1 yilda 1 marta o’tkaziladi, tekshirish yo’llari va savollari quyidagicha (mexnat tarbiyasi buyicha)

  1. Guruh rejalarini uzoq muddatini olgan holda tekshirish (kvartal, yarim yillik)

Maqsad: bajarilganva bajariladigan ishlarni aniqlash;

  1. Mashg’ulotlarni kuzatish va analiz qilishi; bolalar mehnatning eng muhim tomonlarini ko’ra olish.

  2. Kundalik hayotdagi mehnat bilan ta’minlash va analiz qilish.

  3. Kattalar va bolalarning birgalikdagi mehnatlarini kuzatish;

  4. Bolalarning kattalar mehnatlariga munosabatlari, axloq malakalarini kuzatish;

  5. Bolalar o’ynlarida mehnatni aks ettiruvchi jarayonlarni kuzatish.

  6. Bolalar bilan individual suhbatlashish;

  7. Bolalar ishlarining analizi-taxlili;

  8. Tarbiyachining kundalik yozuvlarini ko’rish;

  9. Guruhdagi o’quv materiallarini tekshirishi;

Nazoratchi guruh rejalarini (3—6 oylik) tekshirib, unda ko’zda tutilgan tarbiya maqsadlarini amalga oshirish yo’llarini qidiradi, osondan murakabligiga, oylik, perspektiv ish rejalarida tarbiyaning hamma qismlari rejalashtiriladi, qaysi bo’lim rejadan tushurib qoldirilgan, ularning yuzaga keltirgan sabablarini qidirib topish kerak.
Rejani tahlil qilishdan maqsad – rejadagi talablarning bajarish yo’llari, haftalik rejadagi mashg’ulotlarning turlari, ishi, talab darajasida ekanligi, mustahkamlovchi, yangi bilim beruvchi mashg’ulot turlarining oddiydan murakkablashib borishini ko’rish mumkin.
Topilgan kamchiliklar o’z vaqtida muhokama qilinishi kerak, aks holda bu kamchilik xatolar keyingi oylarda takrorlanmasin. Mehnat bo’limini tekshirishda: ko’rgazmalilik, kattalarining faoliyati, mehnat jarayonini kuzatishda bir qator mashg’ulotlarni kuzatish.Masalan: ekskursiya sifatida, kuzatishda, suratlarni ko’rishga katta ahamiyat berish mumkin.
Ekskursiya jarayonida – tarbiyachilik bolalarda qiziqish tuyg’ularini uyg’ota olishga, bolalarni asosiy narsani ko’ra olishga, kuzata olishga, tanish bo’lgan voqea va hodisalarni solishtira olish malakalarini o’stirish, ko’rganlariga yaqin narsalarni yasay olish, fikrlash qobilatlarini o’stirishni tarbiyalash.
Mudiraning ishini tematik tekshirishda;
a) mudiraning guruhlardagi ishlarini tekshirish.
Mudira o’z vazifasida turli yosh guruhlarning hammasida olib borilayotgan ishlarni kuzatishi, tahlil qilishi kerak. Nazoratchi xuddi shu ishning sifatini, amalga oshirish yo’llarini tekshiradi.
b) Sharoitni yaratilganligi; v) tekshirilgan mavzu bo’yicha ped – kengashda birgalikdagi muhokamasi; g) Konsultatsiyaning ishlash mo’ljalarini o’stiruvchi vositalar;
Guruh tarbiyachisining ishini avval tarbiyachining o’zi bilan muhokama qilinadi, keyin pedagogik kengash ishiga olib chiqiladi. Yutuq, kamchiliklar, taklif – mulohazalar ochiqchasiga – oshkora holda chaqiriladi. Kerakli yo’llanma, metodik yordam o’z vaqtida ko’rsatiladi.
Bu ikki xil tekshiruvdan tashqari yana quyidagi tekshirish turlari mavjud:

  1. birlamchi; 2) ikkilamchi; 3)katta tekshiruv turlari mavjud; 4) ogohlantiruvchi tekshiruv.

Maktabgacha tarbiya muassasalari ishini tekshirish yakuni buyicha AKT tuziladi.
Bu hujjatni tuzishda – tekshirish bo’yicha olingan ma’lumotlarni, chuqur tahlil qilish talab etiladi. Ta’lim tarbiyaviy jarayonlar, tashkiliy- metodik, moliyaviy – xo’jalik faoliyatlarni suhbatlarni maxsus kuzatish daftariga yozib borish lozim. Hujjatlarni chuqur o’rganib, muassasa faoliyatiga aniq isbotlangan xulosalar chiqariladi. Akt 3 nusxada tuziladi 1- Tuman Maktabgacha ta’lim bo’limida -, 2si – maktabgacha ta’lim muassasida, 3si – tekshiruvchida qoladi.
Kuzatish sxemasi quyidagicha:
1) Kuzatilgan jarayon.

  1. Kuzatilayotgan kun, yil, oy.

  2. Ish mazmuni.

  3. Tayyorgarlik.

  4. Bolalarning bilim, ko’nikma va malakasi.

  5. Tarbiyachining bilim, ko’nikma, malakasi.

  6. Qo’llanilayotgan usul, usublar.

  7. Yutug’i.

  1. Kamchiligi.

Nazorat savollar

  1. Maktabgacha ta’lim muassasalarini frontal – yalpi tekshirish necha yilda amajga oshiriladi?

  2. Frontal – yalpi tekshirish olib borishining asosiy yo’llari haqida ma’lumot bering?

  3. Tematik tekshirishning maqsad va vazifalari nimalardan iborat?




Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish