Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika- psixologiya



Download 6,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/263
Sana15.07.2022
Hajmi6,93 Mb.
#802099
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   263
Bog'liq
portal.guldu.uz-Kasbiy pisxologiya

referent guruh
- bu shunday insonlar uyushmasiki, 
ularning fikrlari, qadriyatlari, xulq– atvori va xatti– harakatlari xamisha unga 
ibrat bo‘ladi, shaxs ularga taqlid qiladi va ergashadi. Referent guruh a’zolari bir 
erda, bir makonda jam bo‘lmasliklari mumkin, ularni shaxs hayoti mobaynida 
tanlaydi, o‘zi kerak bo‘lsa, almashtiradi. Referentlar ota–onasi yoki 
qarindoshlardan kimlardir, ustozlardan kimlardir, film qahramonlari, badiiy 
qahramonlar yoki tanish– bilishlardan kimlardir bo‘lishi mumkin. Kimga tahlid 
qilishi yoki ergashishiga qarab shaxsning psixologik portretini aniqlash, “chizish” 
mumkin bo‘ladi. Referent guruh a’zolari shaxs ijtimoiy xulqining motivatorlari 
hisoblanadi.
SHunday qilib, shaxsning har qanday xulq-atvori yoki harakatlarini ichki 
psixologik sabablar yoki tashqi, shart-sharoitlar omili vositasida tushuntirish 
32
A handbook for teaching and learning in higher education : enhancing academic
practice / [edited by] Heather Fry, 
Steve Ketteridge, Stephanie Marshall.–3rd ed.
p. cm. pp: 124.


73
mumkin. Oxirgisi vaziyatli motivatsiya bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonlarida 
uning o‘ziga xos o‘rni va roli bor.
Vaziyatlarga oid motivatsiyada tashqi motivatorlar rolini turli stimullar o‘ynaydi.
Boshqaruv faoliyatida bu rag‘batlantirish vositasida manfaatdorlikni oshirishdir. 
Ijrochi xodimlarda bunday sharoitlarda mehnat faoliyatiga nisbatan ichki 
psixologik turtki bo‘lib, bu avvalo mehnatdan manfaatdorlikni, qolaversa, 
mehnatdan qoniqishni ta’minlaydi.
YUqorida ta’kidlanganidek, bunda xodimlarga belgilanadigan maoshlarning 
miqdori, pulli mukofotlar, ma’muriyat tomonidan yaratilgan sharoitlar va shu 
kabi tashqi tadbirlar katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Lekin hozirgi davrda hamma 
tashkilot ham xodimlarini moddiy jihatdan xadeb rag‘batlantirishga imkon topa 
olmaydi. SHu bois motivatsiya ma’nosida xodimlarni ichki psixologik jihatdan 
mehnatga chorlash, undash, shaxs sifatida o‘z mehnatiga nisbatan ongli va 
mas’uliyatli munosabatni shakllantirish katta rol o‘ynaydi.
Odamlarning mehnatga ichki psixologik motivatsiyasi ularning professional 
xulq-atvorining mazmunan boy bo‘lishini, kasbga nisbatan ongli va to‘g‘ri 
motivatsiyaning shakllanishini ta’minlaydi. SHu o‘rinda mashhur psixolog 
Abraam Maslouning motivlar ierarxiyasi hamda D.Maklellandning motivatsiya 
konsepsiyalari katta ahamiyatga egadir.
D.MakKlellandning motivatsiya nazariyasida esa uch turli ehtiyojlar va ularga 
mos motivlar ajratilgan: xukmronlik qilish ehtiyoji, muvaffaqiyatga erishish 
ehtiyoji va aloqadorlikka sazovor bo‘lish ehtiyoji. Har bir ehtiyoj turi o‘ziga xos 
turtkiga sabab bo‘ladi va ularning har birida shaxsning tavakkal qilishi darajasi 
turlicha bo‘ladi.
Masalan, xukmronlik qilishga nisbatan ehtiyoj orttirilgan, hayot mobaynida 
shakllanadigan bo‘lib, bunda ta’lim va tarbiyaning roli katta va inson o‘zgalar 
faoliyatini nazorat qilish, ularga ta’sir ko‘rsatishni istayveradi. SHu boradagi 
yuqori motivatsiyaga ega insonlarni muallif ikki guruhga bo‘ladi. Birinchi toifa 
xukmronlikka hokimiyatga qiziqqani uchun intiladi, chunki ular uchun o‘zgalar 
ustidan nazorat qilish jarayoni juda qiziqarli va ular shuni istaydilar. Bunday toifa 
uchun korxonaning manfaati, uning maqsadlari ahamiyatsiz, muhimi kimlarnidir 
ustidan boshliq bo‘lish g‘oyasidir.
Ikkinchi toifa odamlar uchun jamoa manfaatlari va unga erishish yo‘lidagi 
ishlarni ko‘pchilik bo‘lib xal qilish muhim. Lavozimga erishgach, bundaylar 
darxol guruh yoki jamoa bilan kelishib, hamkorlikda umumiy vazifalarni xal 

Download 6,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish