Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika- psixologiya



Download 6,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/263
Sana15.07.2022
Hajmi6,93 Mb.
#802099
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   263
Bog'liq
portal.guldu.uz-Kasbiy pisxologiya

ehtiyojlar
yotadi. Ongli, maqsadli hayotda shaxsda avval u 
yoki bu ehtiyojlar paydo bo‘ladi. Bilim olish maqsadi talabada bilim, ilm olish, 
qiziquvchanlik ehtiyojini paydo qiladi.
Ehtiyoj
- individning shunday holatiki, u odamning faolligi manbai bo‘lib, 
yashashi hamda tirikchilik qilib, taraqqiy etishi uchun muxtojlik his qiladigan 
barcha ob’ektlar bilan bog‘liqligini ifodalaydi.
29
A handbook for teaching and learning in higher education : enhancing academic
practice / [edited by] Heather Fry, 
Steve Ketteridge, Stephanie Marshall.–3rd ed.
p. cm. pp: 115,116.


69
11-jadval 
Asosan ikki xil ehtiyojlar farqlanadi: 
 
Moddiy 
ehtiyojlar
(ovqatlanish, suv ichish, tashnalikni qondirish, uxlash kabilar) kuniga 
qondirilishi kerak. Aks xodda inson o‘ladi. 
Ma’naviy 
ehtiyojlar
mehnat qilish, odamlar bilan muloqot qilish, o‘zgalar e’tirofiga 
sazovor bo‘lish, hurmat qozonish, karera qilish, nimalardandir 
estetik zavq olish, ahloqiy qadriyatlarni o‘zlashtirish kabilar inson 
hayotini bezaydi, lekin ularning qondirilmasligi konkret odamning 
xarakterini, fe’lini belgilaydi xolos. Bu kabi ehtiyojlarning 
qondirilmasligidan ma’naviy barkamol insongina juda aziyat 
chekadi. 
SHunday qilib, konkret motivning asosini konkret ehtiyoj, talab tashkil etadi.
Ehtiyojlar ko‘p xolatlarda individaul hamda murakkab tabiatli, o‘zgalarga ancha 
tushunarsiz bo‘lgani sababli ham motivlarning tabiati hamda kelib chiqishi ham 
murakkab hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, shaxsning 
ehtiyojlari
 
– bu 
odam tomonidan ongli yoki ongsiz tarzda his qilinadigan talablar bo‘lib, ular 
organizmning yoki shaxs taraqqiyotining muhim jihatlaridir. Odamdagi uni aslida 
faollikka undovchi orzu-istaklar, intilishlar, hissiyotlar, emotsiyalarning kelib 
chiqishida ehtiyojlar katta rol o‘ynaydi.
Talabalarni ta’lim olishga undovchi 
koʻp masalalar koʻrib chiqilgan. Talabalar motivatsiyasini rivojlantirish 
sohasida yillar davomida olib borilgan izlanishlar shuni koʻrsatadiki, oliy 
ta’limda motivatsiyani maqbul darajalari va yoʻnalishlarini qoʻllab-quvvatlash 
yoki rivojlantirish masalaga oydinlik kiritarkan. Shuningdek, Entwistle (1998) 
tomonidan rivojlantirilgan, talabalarning inventar qobiliyatlarini oʻrganish 
yondashuvlari yana bir moslashuvchan va original yondashuv hisoblanmoqda. 
Ushbu usulning ustun tarafi shundaki, unda talabalarning oliy ta’lim 
muassasalariga 
kirishlarining 
sabablari 
keltirib 
oʻtilgan. 
Plymouth 
Universitetida amalga oshirilgan oʻrganishlarga binoan, 600 ta 1bosqich 
talabalarining universitetda ta’lim olish sabablari koʻrsatilgan
30
 
Inson faoliyati murakkab va o’ziga xos jarayon bo’lib, shunchaki ehtiyojlarni 
qondirishdan iborat emas, balki ko’pincha jamiyatning maqsadi va talablari bilan 
belgilanadi. Psixologik manbalarga asoslanib fikr yuritganimizda, 
ehtiyoj
- jonli 
mavjudot, hayot kechirishining yaqqol shart-sharoitlariga uning shularga tobe 
ekanligini ifoda etuvchi va mazkur shart-sharoitlarga nisbatan faolligini namoyon 
qiluvchi holat tariqasida ifodalanadi. Shaxs faolligining manbai uning 
ehtiyojlaridadir. Mana shu ehtiyoj odamni ma’lum tarzda, ma’lum yo’nalishda 
harakat qilishga undaydi.Ehtiyoj shaxs aktivligining manbai sifatida namoyon 
bo’ladigan va uning aniq yashash sharoitiga bog’liqligini ifodalovchi xolatdir. 
Shaxsning faolligi ehtiyojlarni qondirish jarayonida namoyon bo’ladi. 
 
30
A handbook for teaching and learning in higher education : enhancing academic
practice / [edited by] Heather Fry, 
Steve Ketteridge, Stephanie Marshall.–3rd ed.
p. cm. pp: 120,121.


70
31-rasm 
Odamning ehtiyojlari unga tarbiya berish jarayonida, ya’ni inson madaniy 
dunyosi bilan munosabatga kirishish jarayonida tarkib topadi. Odamning 
ehtiyojlarini qondirish jarayoni, uning tomonidan ma’lum ijtimoiy taraqqiyot 
natijasida yuzaga kelgan faoliyat shakllarini faol maqsadga muvofiq o’zlashtirish 
jarayoni sifatida namoyon bo’ladi. Odamning ehtiyojlari ijtimoiy shaxsiy 
xarakterga egadir. Ehtiyojlar paydo bo’lishiga va predmetiga ko’ra, ya’ni nimaga 
qaratilganiga qarab farqlanadi. Ehtiyojlar qondirilishi jarayonida rivojlanib va 
o’zgarib boradi. Kishining ehtiyojlari ham ijtimoiy, ham shaxsiy xarakterga 
egadir. Ehtiyojlar kelib chiqishiga va predmetiga ko’ra - tabiiy va madaniy, 
moddiy va ma’naviy bo’lishi mumkin.
Amerikalik psixolog Abraxam Maslou XX asrning 40-yillarida ehtiyojlar 
ustunligi nazariyasini yaratdi va kishilar o’z motivlari jarayonida ehtiyoj va 
qiziqishning 5 turiga tayanadilar dedi.
 
A. Maslou motivatsiyani ijobiy ifodalab bergan. Maslou o’z nazariyasida 
quyidagi asosiy ehtiyojlarni ajratib bergan:


Download 6,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish