57
muayyan muvaqqatli mikrointervalda shaxsning bevosita yaqqol muhit bilan
munosabatlaridan kelib chiquvchi voqyelikdir. Uning mazkur nazariyasida insonda har
xil ma’no anglatuvchi ikkita motivatsion o’zgaruvchi hukm surishi tan olinadi, ularning
bittasi tug’ma, hayvonlar turtkisiga o’xshash va turmush davomida egallangan faqat
insongagina xos bo’lgan.
Geshtaltpsixologlarning asarlarida
shunday
holatlar ham
mavjudkim, ularda xulq motivatsiyasi muammolari shaxsning muhim (asosiy)
xususiyatlarini tahlil qilish negizidan kelib chiqib qaraladi. Ushbu holat
G.Ollport
kontseptsiyasida yaqqol ko’zga tashlanadi, uningcha, eng muhim jihat bu inson xulqini
o’zgarish sabablarini ochishdir. Shuning bilan birga mazkur vaziyatga olib keluvchi
motivlarning omillarini tekshirish ham alohida ahamiyatga ega ekanligini anglab olish
qiyin emas. Bu borada individning javoblari o’ziga xosligi bilan o’zaro ta’sir o’tkazish
o’rtasida qandaydir aloqa mavjudligini o’rnatish ham ikkinchi darajali narsa sifatida
talqin qilinmaydi.
Sobiq sovet psixologiyasida inson xulq-atvorini harakatlantiruvchi kuchi
hisoblangan motivlar chuqur va yetarli darajada tadqiq qilinmagan. Ularning psixologik
mexanizmlari, uzluksizligini ta’minlovchi omillar, zarur
shart-sharoitlar mohiyati,
vujudga kelish imkoniyatlari to’g’risida juda yuzaki ma’lumotlargina muayyan darajada
tartibga keltirilgan, tub ma’nodagi motivlar tabiati izchil ravishda, pedagogik va yosh
psixologiyasi fanlari qonuniyatlariga asoslangan holda tadqiq qilinmagan. Bu esa
respublikamizda ularning keng ko’lamda o’rganishga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda.
Motivlarning falsafiy-metodologik ahamiyati shundan iboratki,
ular sabab-oqibat, ichki
murakkab bog’lanishlar tuzilishini yuksak darajada rivojlangan tizim sifatida talqin
qilinadi. Bunday yondashuv esa o’z navbatida materiya rivojlanishining oliy mahsuli
ekanligi to’g’risidagi xulosaga olib keladi. Chunonchi, maqsadga yo’naltirilgan va
maqsadga muvofiqlashtirilgan har xil mazmundagi savollar,
axborotlar, ma’lumotlar,
xabarlar kishilar faoliyatining ongli xususiyati ta’kidlab o’tilgan mulohazalar mohiyati
tarkibiga kiradi. Motivlar tuzilishini amaliy (tatbiqiy) yo’nalishga qaratish-inson
shaxsiga motivatsion, irodaviy, axloqiy, hissiy, kognitiv, regulyativ ta’sir o’tkazishning
omilkor shakllarining ilmiy asosi yuzaga kelishiga muhim imkon va zarur shart-
sharoitlar yaratadi. Insonning mehnat faoliyati tizimining murakkablashuvi ishlab
chiqarishda axloqiy, ma’naviy, nafosat, ruhiy tarbiya jabhalari hamda radio, televideniye
va targ’ibot-tashviqot ta’sirini samarali olib borishi, kasbiy
tayyorgarlikning ekstremal
va stress holatlarning sharoitlari barqarorlashuvi, takomillashuvi, yaxshilanuvi,
maqsadga muvofiqlashuvi kabi omillarning barchasi shaxs motiv doirasining
o’zgarishiga bog’liq. Shaxsning motiv doirasi uning ehtiyojlarida,
irodaviy sifatlarida
(aktlarida) va funktsional imkoniyatlarida o’z aksini topadi.
Motivning tadqiqot tarixidan kelib, unga yondashsak, bu holda u insonlar (goho
hayvonlar xatti-harakati) hayoti va faoliyatining ruhiy jihatdan boshqaruvchisi sifatidagi
talqinidan iborat o’ziga xos turidir. Motiv tushunchasi, asosan, sut emizuvchi
hayvonlarga taalluqli ekanligi ilmiy manbalarda ta’kidlab o’tiladi. Insonlarga aloqador
motivlar
tushunchasi
qo’zg’atuvchilar
va
qo’zg’ovchilarning
barcha
turlari
(ko’rinishlari, modalliklari, shakllari) ni o’z ichiga oladi (chunonchi,
motivlar,
ehtiyojlar, qiziqishlar, maqsadlar, intilishlar, motivlashgan ustanovkalar va boshqalar).
58
Motiv keng ma’noda xulq-atvor determinatsiyasi belgilanishiga qaramay,
ko’pgina chet el tadqiqotchilari shaxs motivlarini juda tor ma’noda talqin qilib, uni
ilmiy jihatdan tekshiradilar, hattoki ular shartsiz reflektor aktlarining miqdorini,
affektiv, stress va ekspressiv reaktsiyalarni motiv tizimiga kiritmaydilar. Bir qator
psixologlar motivni energetik, ma’noviy va ma’naviy tomonlarini o’zaro solishtiradilar,
ular motivni sof ma’nodagi energetik bioquvvat faolligining manbai sifatida talqin qilib,
uning ma’noviy va ma’naviy jabhalarini
hisobga olmay turib, o’ziga xos ravishda
tushuntirishga intiladilar. Jumladan,
Do'stlaringiz bilan baham: