Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika- psixologiya



Download 6,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/263
Sana15.07.2022
Hajmi6,93 Mb.
#802099
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   263
Bog'liq
portal.guldu.uz-Kasbiy pisxologiya

Muloqotning uchinchi muhim vazifasi - u odamni u yoki bu 
faoliyatga hozirlaydi, ruhlantiradi.
Odamlar guruhidan uzoqlashgan, ular 
nazaridan qolgan odamning qo‘li ishga ham bormaydi, borsa ham jamiyatga 
95
A handbook for teaching and learning in higher education : enhancing academic practice / [edited by] Heather 
Fry, Steve Ketteridge, Stephanie Marshall.–3rd ed. p. cm. pp: 78.


169
emas, balki faqat o‘zigagina manfaat keltiradigan ishlarni qilishi mumkin. 
Ko‘plab tadqiqotlarda izolyatsiya, ya’ni odamni yolg‘izlatib qo‘yishning uning 
ruhiyatiga ta’siri o‘rganilgan.
Masalan, uzoq vaqt termokamerada bo‘lgan odamda idrok, tafakkur, 
hotira, xissiy holatlarning buzilishi qayd etilgan. Lekin ataylab emas, taqdir 
taqozosi bilan yolg‘izlikka mahkum etilgan odamlarning maqsadli faoliyatlar 
bilan o‘zlarini band etishlari u qadar katta salbiy o‘zgarishlarga olib 
kelmasligini ham olimlar o‘rganishgan. Lekin baribir xar qanday yolg‘izlik va 
muloqotning etishmasligi odamda muvozanatsizlik, xissiyotga beriluvchanlik, 
xadiksirash, xavotirlanish, o‘ziga ishonchsizlik, qayg‘u, tashvish xislarini 
keltirib chiqaradi.
Shunisi qiziqki, yolg‘izlikka maxkum bo‘lganlar ma’lum vaqt o‘tgach 
ovoz chiqarib, gapira boshlasharkan. Bu avval biror ko‘rgan yoki xis 
qilayotgan narsasi xususidagi gaplar bo‘lsa, keyinchalik nimagadir qarab 
gapiraverish extiyoji paydo bo‘lar ekan. Masalan, M. Sifr degan olim ilmiy 
maqsadlarini amalga oshirish uchun 63 kun g‘or ichida yashagan ekan. Uning 
keyinchalik yozishicha, bir necha kun o‘tgach, u turgan erda bir o‘rgimchakni 
ushlab oladi va u bilan dialog boshlanadi.
“Biz, deb yozadi u, shu hayotsiz g‘or ichidagi tanho tirik mavjudotlar edik. 
Men o‘rgimchak bilan gaplasha boshladim, uning taqdiri uchun qayg‘ura 
boshladim”.
Shaxsning muloqotga bo‘lgan extiyojining to‘la qondirilishi uning ish 
faoliyatiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Odamlar, ularning borligi, shu muhitda o‘zaro 
gaplashish imkoniyatining mavjudligi fakti ko‘pincha odamni ishlash 
qobiliyatini xam oshirarkan, ayniqsa, gaplashib o‘tirib qilinadigan ishlar, 
birgalikda yonma-yon turib bajariladigan operatsiyalarda odamlar o‘z oldida 
turgan hamkasbiga qarab ko‘proq, tezroq ishlashga kuch va qo‘shimcha iroda 
topadi. To‘g‘ri, bu hamkorlikda o‘sha yonidagi odam unga yoqsa, ular 
o‘rtasida o‘zaro simpatiya xissi bo‘lsa, unda odam ishga «bayramga 
kelganday» keladigan bo‘lib qoladi. Shuning uchun xam amerikalik sotsiolog 
xamda psixolog Jon Moreno asrimiz boshidayoq ana shu omilning 
unumdorlikka bevosita ta’sirini o‘rganib, sotsiometrik texnologiyani, ya’ni 
so‘rovnoma asosida bir-birini yoqtirgan va bir-birini inkor qiluvchilarni 
aniqlagan va sotsiometriya metodikasiga asos solgan edi.
Shunday qilib, muloqot odamlarning jamiyatda o‘zaro xamkorlikdagi 
faoliyatlarining ichki psixologik mexanizmini tashkil etadi. £olaversa, xozirgi 
yangi demokratik munosabatlar sharoitida turli ishlab chiqarish qarorlarini 
yakka tartibda emas, balki kollegial - birgalikda chiqarish extiyoji paydo 
bo‘lganligini hisobga olsak, odamlarning muomala madaniyati va muloqat 
texnikasi mehnat unumdorligi va samaradorlikning muhim omillaridandir.
Shuni ta’kidlashimiz mumkinki, samarali ta’limda muluqot jarayoni
tabiiyki ijtimoiy faoliyat bo’lib, uni biz eng yaxshisi bilimni ijtimoiy va 


170
eksperimental tuzishdan o’rgana olamiz (Vigotski, 1978). Agar biz shuni tan 
olsak, unda biz faraz qilishimiz mumkinki, xar qanday samarali elektron ta’lim 
dasturni ijtimoiy tarzda qo’llaydi, shuning uchun o’tgan asrni oxiridagi suxbat 
xonalari qo’llanmasi qaysidir ma’noda bugungi yangirog’ini, ijtimoiy 
foyjalanuvchi tarafdan boshqariladigan Vebni nishonasi xisoblanadi.
Boshqa tarafdan bu katta imkoniyatlar yaratadi, chunki bu bizga doimo 
bunday turdagi o’’zaro aloqadan o’zimizni chetga olmaslikka yo’l qo’yadi, va 
ularni kuchini jilovlab, bizni talabalarimiz birgalikda va o’z xollaricha ishlab, 
biroq o’qituvchi raxnamoligida, biz ularni o’z mavzularini keraklicha 
tushunishlariga va akademik texnikalarini rivojlantirishga yordam beramiz.
96
 
Odamlar bir-birlari bilan muomalaga kirishar ekan, ularning asosiy 
ko‘zlagan maqsadlaridan biri - o‘zaro bir-birlariga ta’sir ko‘rsatish, ya’ni fikr-
g‘oyalariga ko‘ndirish, xarakatga chorlash, ustanovkalarni o‘zgartirish va 
yaxshi taassurot qoldirishdir. Psixologik ta’sir - bu turli vositalar yordamida 
insonlarning fikrlari, xissiyotlari va xatti-xarakatlariga ta’sir ko‘rsata olishdir.
Ijtimoiy psixologiyada psixologik ta’sirning asosan uch vositasi 
farqlanadi:
65-ra
sm 

Download 6,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish