Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika- psixologiya



Download 6,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/263
Sana15.07.2022
Hajmi6,93 Mb.
#802099
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   263
Bog'liq
portal.guldu.uz-Kasbiy pisxologiya

Qobiliyat turlari quyidagilar: 
Umumiy qobiliyatlar
mavjud bo`lgan kishi faoliyatning turli xillari bilan 
muvaffaqiyatli shug`ullana oladi. Umumiy qobiliyatga ega bo`lgan o`quvchilar 
odatda barcha fanlardan yaxshi va qiynalmay qo`yadilar.
Maxsus qobiliyatlar
kishiga qandaydir muayyan faoliyat bilan muvaffaqiyatli 
shug`ullanish imkonini beradi.
53
David G. Mayers Psychology,© 2010 by Worth Publishers 320-321 b.
 
4

Qobiliyatlar va ularning 
turlari.
 


110
Insonning qobiliyatlari uning mayllari bilan maxkam bog`liqdir. Shuning uchun 
biror narsaga qiziqish, unga berilish ko’pincha faoliyatning ana shu turiga bo’lgan 
qobiliyatlarning mavjudligidan darak beradi.
Qobiliyat o‘zi nima, u insonlarda qay tarzda namayon bo‘ladi degan savolga, u 
insonlarning bosh miya faoliyatining ishlashi bilan bog‘liq degan javobni olamiz. 
Masalan: Ba’zi bir insonlarda miyaning chap qismi ko‘proq rivojlangan, 
boshqalarda esa o‘ng qismi rivojlangan degan g‘oyasini keltirishdi. 
YUqorida yozganimizdek tajribalar ko‘rsatadiki miyaning har bir qismi o‘ziga
xos funksiyani bajaradi. Miyaning chap qismi mantiqiyihatdan narsalarga baho 
beradi. O‘ng miya - hissiyot bilan intuitsiya orqali bo‘lib, narsalarni qabul qilishga 
yordam beradi.“Dixotomiya” - o‘ng va chap miya qismlari bu fikr sizni osonlik bilan 
fikrdan chalg‘itishi mumkin deb ogohlantirgan edi Sperri (1982). Hatto biz hikoya 
o‘qiyotganimizda miyaning ikkala qismi ishlaydi – chap qism so‘zlar va uning 
ma’nosini topadi, o‘ng qismi hazil hissiyot va tassavurni baholaydi (Hellige,1993; 
Levy, 1985).
54
Layoqat nishonlari va qobiliyat.
 
Ko`pgina olimlari qobiliyatlar tug`ma 
bo`ladi va avloddan-avlodga o`tib turadi, deb hisoblaydilar. Unchalik qobiliyatli 
bo`lmagan ko`pchilik kishilar orasida layoqatli kishilar oilalari ham bo`ladi, bu 
oilalardagi kishilarnig qobiliyatlari avloddan-avlodga o`tib keladi. Lekin qobiliyatlar 
to`g`risida bunga butunlay qarama-qarshi bo`lgan nuqtai nazar ham mavjud, bu 
nuqtai nazar tug`ma sifatlarni butunlay inkor qiladi va hamma narsa tarbiyaga, 
shartsharoitga bog`liq deb hisoblaydi. Ana shu nuqtai nazarni ham to`g`ri deb 
hisoblab bo`lmaydi. Qobiliyatlar miya va sezish organlarining tuzilishiga bog`liq, 
ular har-xil kishilarda tug`ilgan vaqtidayoq turlicha bo`ladi. Har bir kishida tug`ma 
layoqat nishonlari bor bo`ladi, binobarin, kelgusida biror qobiliyatni rivojlantirishga 
bo`lgan muayyan moyillik ana shunga bog`liq.
Lekin bu tabiiy layoqat nishonalari muvaffaqiyatli faoliyatning to`la-to`kis 
shart-sharoitlari bo`la olmaydi. Layoqat nisholarini rivojlantirish kerak, bu esa ta’lim 
tarbiya jarayonidagina ro`y beradi. Bundan tashqari, layoqat nishonalari ko`p 
qiymatlidir, ya’ni tegishli sharoitlar mavjud bo`lganda faoliyatga qarab layoqat
54
David G. Mayers Psychology,© 2010 by Worth Publishers 105-b.


David G. Mayers Psycholo
111
nishonalari asosida turli qobiliyatlar rivojlanishi mumkin. Layoqat nishonlari
kishining go`yo «mudrab yotgan» kuchlari bo`lib, agar kishi tegishli faoliyat bilan 
shug`ullanmasa, bu imkoniyatlarni «uyg`otishi» mumkin emas. Bunday 
mashg`ulotlar uchun ijtimoiy shart-sharoit: moddiy ta’minot, muhit, o`qish 
imkoniyatlari va hokazolar zarur bo`ladi. Qulay sharoitlar mavjud bo`lganda ayrim 
kishilarda qobiliyatlar juda erta rivojlanadi. Odatda musiqa va tasviriy sanhatga 
bo`lgan layoqat unda ertaroq paydo bo`ladi. Kishilarda musiqa va tasviriy sanhatga 
bo`lgan layoqatdan bir muncha keyinroq adabiy qobiliyatlar paydo bo`lgan. 
Qobiliyatni rivojlantirishning ayrim shartlari. Qobiliyatlar faoliyat davomida 
rivojlanadi. Shuning uchun qobiliyatlarni rivojlantirishning birinchi sharti - 
faoliyatga bo`lgan ehtiyojni tarbiyalashdir. Ishlashni yoqtirmaydigan dangasa 
kishilarda qobiliyatlar rivojlanmaydi. Qobiliyatlarni rivojlantirish uchun jiddiy 
mehnat qilishning ahamiyati katta. Qobiliyat - avvalo sabr-toqatga ko`paytirilgan 
mehnat, mehnat va yana bir karra mehnatdir. Mehnatga bo`lgan ehtiyojni tarbiyalash 
uchun ishga qiziqish va unga odatlanish katta ahamiyatga egadir. Layoqat bilan 
qobiliyatni bir-biridan farqlay olish lozim. Layoqat bu odamni faoliyatga bo`lgan 
intilish, qobiliyat esa ushbu faoliyatni bajara olish imkonidir.

Download 6,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish