Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika- psixologiya



Download 6,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/263
Sana15.07.2022
Hajmi6,93 Mb.
#802099
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   263
Bog'liq
portal.guldu.uz-Kasbiy pisxologiya

Demokratik rahbar
- aksincha, bo`ysunuvchilarga mustaqillik, erk berish 
tarafdori. Ishni ishchilarning shaxsiy qobiliyatlarini hisobga olgan holda 
taqsimlaydi. Bunda u xodimlarning shaxsiy moyilliklarini ham hisobga oladi. 
Buyruq yoki topshiriq, odatda taklif ma’nosida beriladi. Nutqi oddiy, doimo 
osoyishta, sokin, unda o`rtoqlarcha, do`stona munosabat sezilib turadi. Biror kishini 
maqtash, uni lavozimini oshirish yoki ishdagi kamchilikka ko`ra, ishiga baho berish 
doimo jamoa a’zolarining fikri bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. Jamoada 
tanqid va o`z-o`zini tanqid shunday yo`lga qo`yilganki, uning oqibatidan hech kim 
171
-
rasm
 
 
Boshqaruvda 
rahbarlik 
uslublari
 
Avtoritar 
rahbar 
Demokratik 
rahbar
Liberal 
rahbar 


199
aziyat chekmaydi. Chunki ko`proq boshliq emas, balki jamoaning boshqa faollari - 
norasmiy liderlar tanqid qiladilar. Boshliq yo`l qo`ygan xato-kamchiliklarini 
jamoatchilik oldida bo`yniga oladi va olishdan qo`rqmaydi, chunki undagi 
mas’uliyat hissi nafaqat yuqori boshqaruv tashkilotlari a’zolari bilan muloqot 
paytida, balki xodimlar bilan muloqotda ham sezilib turadi va qo`yilgan topshiriq 
yuzasidan mas’uliyatni boshqalarga ham bo`lib berishni yaxshi ko`radi.
Liberal rahbar
-
bu rahbarning kayfiyatini, ishga munosabatini, ishdan 
mamnun yoki mamnun emasligini bilish qiyin. Unda ta’qiqlash, po`pisa bo`lmaydi, 
uning o`rniga ko`pincha, ishning oxirgi oqibati bilan tanishish bilangina cheklanadi, 
holos. Jamoada hamkorlik yo`q. Boshliq jamoaning muammolarini ishning 
balandpasti bilan qiziqmaydiganday, go`yoki boshqa «koinotda» yurganga 
o`xshaydi. Aniq ko`rsatmalar bermaydi. Uning o`rniga norasmiy liderlar yoki o`ziga 
yaqin kishilar orqali qilinishi lozim bo`lgan to’shiriqlar bajaruvchilarga yetkaziladi. 
Uning asosiy vazifasi, uning nazarida, xodimlar uchun ish sharoitini yaxshilash, 
ishdagi kamchiliklarni bartaraf etish, kerakli mahsulotlar, xomashyo kabilarni topib 
kelish, majlislarda qatnashish va xokazolardan iborat.
Xodimlar bilan muloqotda bo`lishga to`g`ri kelganda, u doimo xushmuomala 
bo`lib, odob-axloq normalarini buzmaslikka harakat qiladi, lekin hech qachon ular 
bilan tortishmaydi. Olimlarning fikricha, bunday rahbar ishi olib borgan jamoada 
barcha ko`rsatkichlar doimo orqada bo`ladi. Liberal rahbar bir ishda ko`p faoliyat 
ko`rsatmay, boshqa yerdan ish qidirishga harakat qiladi.
Ushbu usullarning har biri o`z natijasiga ega bo`lib, jamoada turli xil 
ijtimoiypsixologik kayfiyatni vujudga keltirishi mumkin.
Tadqiqotlar natijasi shuni ko`rsatadiki, aslida hayotda sof demokratik yoki sof 
avtoritar rahbarni uchratish qiyin. Lekin uchragan paytda ham ular bir jamoani uzoq 
muddat boshqara olmasliklari ma’lum bo`ldi. Shuning uchun ham ular vaziyatga 
bog`liq, vaziyat konkret jamoa unda qabul qilingan xatti-harakat normalari, 
shaxslararo munosabatlar tipi liderning ham, rahbarning ham ish taktikasi va 
uslubini belgilaydi degan g`oya qabul qilinmoqda. Lekin bu rahbarlik uslublarini 
psixologik mazmun va mohiyatini, bilishning amaliy ahamiyati shundaki, har bir 
uslubda o`ziga xos ijobiy tomoni bor. Mohir rahbar o`zini-o`zi tarbiyalar ekan, o`zi 
rahbarlik qilayotgan jamoaga mos xususiyatlarni tarbiyalashi maqsadga muvofiqdir.
Masalan, rahbarning mustaqil fikrlilik, tashabbuskorlik sifatlari. Chunki ayrim 
hollarda xato qilsa ham rahbar original fikrlar aytib, yo`l-yo`riqlar ko`rsata olishi, 
har bir ko`rsatilgan fikr, qilingan ishga mustaqil baho bera olishi zarur. Har qanday 
rahbar uchun kerak bo`lgan hislatdan yana biri tom ma’noda «ziyoli» bo`lish yoki 
boshqacha qilib aytganda, madaniyatli bo`lishdir. Rahbar o`zidagi madaniyatni, 
avvalo, muomalada, odamlar bilan bo`ladigan muloqotlarda namoyish qilmog`i 
kerak. Muomala madaniyati – bu o`rinli, aniq, qisqa, samimiy gapirish madaniyati 
va ikkinchi tomondan, suxbatdoshni tinglash qobiliyatidir.
Rahbarlik va boshqarish ikki tarzdagi ijtimoiy hodisalardir.
172-rasm 


200
Rahbarlik mavqe sifatida shaxsda egalik xususiyatini shakllantiradi. Bunda 
egalik o`z xulqi, xatti-harakatlari va muomala munosabatlariga nisbatan egalik 
hissini vujudga keltiradi. Boshqarish esa bevosita jamoaga qaratilgan bo`lib, uning 
psixologik natijasi o`zlikka nisbatan hurmat, o`zligini qadrlash, anglash kabilarni 
vujudga keltiradi. Rahbar doim o`z xodimlari bilan mulokotda bo`ladi. Bu esa uni 
muloqot qilish ko`nikmalarini shakllangan bo`lishini talab qiladi. Muloqot asosida 
ishni turli xil tarzda tashkillashtiradi. Jumladan, ishni byurokratik, demokratik 
tarzda tashkillashtirishi mumkin. Xuddi mana shu muloqot shakliga ko`ra jamoada 
ijtimoiy fikr vujudga keladi.
Rahbar o`zini-o`zi tarbiyalash, o`zini-o`zi kamol to’tirish mustaqil bilim olish 
ma’naviy dunyosini uzluksiz ravishda takomillashtirish ustida harakat qilsa, demak 
uning istiqboli porloq. Lekin uning faoliyatini nazorat qilmaslik, baholamaslik, 
rag`batlantirmaslik kabi omillar o`z ustida ishlashni pasaytiradi, lavozimiga nisbatan 
sovuqqonlik namoyon bo`ladi. Shu sohada tizimda faoliyat ko`rsatayotgan 
hamkasblarining maslahatlari ishga munosabatlari uni susaytiradi, asta-sekin faollik 
yo`qola boradi. Ishlab chiqarishda har xil xususiyatli muammolar tinimsiz ravishda 
namoyon bo`lib turadi. Notanish yangi nostandart yondashishni taqozo etuvchi, 
yangicha yechimni talab qiluvchi, ijodiylikka asoslanuvchi vositalar bilan 
qurollanish rahbarning bosh vazifasi hisoblanadi.
Rahbarning professional muhim sifatlari masalasi oxirgi yillarda mutaxasislar 
va amaliyotchilarni ko`proq qiziqtirmoqda. Bir guruh olimlar amerikalik hamda 
yaponiyalik rahbarlar faoliyatini o`rganib, ularga xos bo`lgan eng muhim 
sifatlarning bloklarini ajratib, rahbarlarning sifatlarini quyidagicha tabaqalaganlar:

Download 6,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish