Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika- psixologiya



Download 6,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/263
Sana15.07.2022
Hajmi6,93 Mb.
#802099
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   263
Bog'liq
portal.guldu.uz-Kasbiy pisxologiya

Verbal ta’sir

bu so‘z va nutqimiz orqali ko‘rsatadigan ta’sirimizdir. 
Bundagi asosiy vositalar so‘zlardir. Ma’lumki, nutq - bu so‘zlashuv, o‘zaro 
muomala jarayoni bo‘lib, uning vositasi - so‘zlar hisoblanadi. Monologik nutqda 
ham, dialogik nutqda ham odam o‘zidagi barcha so‘zlar zaxirasidan foydalanib, 
eng ta’sirchan so‘zlarni topib, sherigiga ta’sir ko‘rsatishni xoxlaydi.
96
A handbook for teaching and learning in higher education : enhancing academic
practice / [edited by] Heather 
Fry, Steve Ketteridge, Stephanie Marshall.–3rd ed.
p. cm. pp: 95.
2.
 
Muloqotning psixologik 
vositalari va turlari.
 
verbal ta’sir 
 
paralingvistik ta’sir 
 
noverbal ta’sir
 


171
Paralingvistik ta’sir

bu nutqning atrofidagi nutqni bezovchi, uni 
kuchaytiruvchi yoki susaytiruvchi omillar. Bunga nutqning baland yoki past 
tovushda ifodalanayotganligi, artikulyasiya, tovushlar, to‘xtashlar, duduqlanish, 
yo‘tal, til bilan amalga oshiriladigan xarakatlar, nidolar kiradi. Shunga qarab, 
masalan, do‘stimiz bizga biror narsani va’da berayotgan bo‘lsa, biz uning qay 
darajada samimiyligini bilib olamiz. Kuyib-pishib, ochiq yuz va dadil ovoz bilan 
«Albatta bajaraman!», desa ishonamiz, albatta.
Noverbal ta’sir

uning ma’nosi «nutqsiz»dir. Bunga suhbatdoshlarning 
fazoda bir-birlariga nisbatan tutgan o‘rinlari, holatlari (yaqin, uzoq, intim), 
qiliqlari, mimika, pantomimika, qarashlar, bir-birini bevosita xis qilishlar, tashqi 
qiyofa, undan chiqayotgan turli signallar (shovqin, xidlar) kiradi. Ularning 
barchasi muloqot jarayonini yanada kuchaytirib, suhbatdoshlarning bir-birlarini 
yaxshiroq bilib olishlariga yordam beradi. Masalan, agar uchrashuvning 
dastlabki daqiqalarida 
o‘rtog‘ingiz sizga qaramay, atrofga alanglab, 
«Ko‘rganimdan biram xursandman», desa, ishonasizmi? Muloqot jarayonidagi 
xarakterli narsa shundaki, suhbatdoshlar birbirlariga ta’sir ko‘rsatmoqchi 
bo‘lishganda, dastavval nima deyish, qanday so‘zlar vositasida ta’sir etishni 
o‘ylar ekan. Aslida esa, o‘sha so‘zlar va ular atrofidagi xarakatlar muxim rol 
o‘ynarkan.
66-
rasm 
Mashhur amerikalik olim Megrabyan 
formulasiga ko‘ra, birinchi marta ko‘rishib turgan 
suxbatdoshlardagi 
taassurotlarning 
ijobiy 
bo‘lishiga gapirgan gaplari 7%, paralingvistik 
omillar 38%, va noverbal xarakatlar 58% 
gacha ta’sir qilarkan. 
Keyinchalik bu munosabat o‘zgarishi mumkin albatta, lekin xalq ichida yurgan 
bir maqol to‘g‘ri: «Ust-boshga qarab kutib olishadi, aqlga qarab kuzatishadi».
Endigina izlanuvchi talabalikka qabul qilinganlar bilan munosabat 
o‘rnatish tobora muhim deb qaralmoqda. Formal tanishtirish bu o‘z nomi 
bilan talabalarni ma’lumotlar bilan ta’minlashni o‘z zimmasiga olib 
talabalarni o‘zlari ishtirok etadigan akademik va ijtimoiy muhitni yaxshi 
anglab, o‘qishni boshlashlarida yengillik tug‘diradi.
97
 
Muloqotning qanday kechishi va kimning ko‘proq ta’sirga ega bo‘lishi 
sheriklarning rollariga ham bog‘liq.

Download 6,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish