Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika- psixologiya



Download 6,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/263
Sana15.07.2022
Hajmi6,93 Mb.
#802099
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   263
Bog'liq
portal.guldu.uz-Kasbiy pisxologiya

Tayanch so’z va iboralar: 
muloqot, muloqot faoliyati, elementar 
funksiya, ijtimoiylashuv, verbal ta’sir, paralingvistik ta’sir, noverbal ta’sir, 
stereotipizatsiya, ijtimoiy stereotiplar, kauzal atributsiya, ijtimoiy persepsiya, 
konditsion muloqot, motivatsion muloqot,
faoliyat muloqoti. 
1.
 
Shaxslararo munosabatlarda muloqotning
o’rni. 


166
Shaxs - ijtimoiy munosabatlar maxsuli deyilishining eng asosiy sababi - 
uning doimo insonlar davrasida, ular bilan o‘zaro ta’sir doirasida bo‘lishini 
anglatadi. Bu shaxsning eng etakchi va nufuzli faoliyatlaridan biri muloqot 
ekanligiga ishora qiladi.
Muloqot
- faqat insonlarga xos bo`lgan jarayondir. Kishilarda faoliyat 
jarayonida bir-birlariga nimanidir aytish istagi tug`iladi. Muloqot - odamlar 
o`rtasida birgalikdagi faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan bog`lanishlar 
rivojlanishining ko`p qirrali jarayonidir. Muloqot birgalikda faoliyat 
ko`rsatuvchilar o`rtasida axborot ayirboshlashni o`z ichiga oladi.
Muloqotning turi va shakllari turlichadir. Masalan, bu faoliyat bevosita 
«yuzma-yuz» bo‘lishi yoki u yoki bu texnik vositalar (telefon, telegraf va 
shunga o‘xshash) orqali amalga oshiriladigan; biror professional faoliyat 
jarayonidagi amaliy yoki do‘stona bo‘lishi; sub’ekt-sub’ekt tipli (dialogik, 
sheriklik) yoki sub’ektob’ektli (monologik) bo‘lishi mumkin.
2004 yillarda amalga oshirilgan tadqiqotlar natijasida ma’zura o’qish 
talabalarni ilm olishida samarali jarayon hisoblanmay, yaqin yillar ichida 
ma’zura tushunchasiga barxam beriladi deyilgandi.Ammo ma’ruza o’qish 
ta’limda hali xamon muhim o’rinni egallab kelmoqda. Shuningdek, bu jarayon 
talabalar uchun eng qulay o’rganish tajribasiga aylanib, xattoki masofaviy 
ta’limda ham video konferentsiyalarda ham ma’ruza usulidan unumli 
foydalanmoqda. Buyuk Britaniyaga o’qishga kelgan talabalar soni oxirgi o’n 
yillikda yanada oshganligi tufayli ma’ruzalarning ahamiyati muhim o’rinni 
egallab turmoqda deya ta’kidalydilar ayrim ekspertlar. Umuman olganda 
ma’ruza usuli o’qitishda juda samarali usul hisoblanadi. Bu holni 
talabalardan yaxshi fikr va mulohazalarni olgan ma’ruzachilar juda qo’llab 
quvvatlaydilar.
94
 
Insoniy munosabatlar shunday o‘zaro ta’sir jarayonlariki, unda 
shaxslararo munosabatlar shakllanadi va namoyon bo‘ladi. Bunday jarayon 
dastlab odamlar o‘rtasida ro‘y beradigan fikrlar, his-kechinmalar, tashvishu-
quvonchlar almashinuvini nazarda tutadi. Odamlar muloqotda bo‘lishgani sari, 
ular o‘rtasidagi munosabatlar tajribasi ortgan sari, ular o‘rtasida umumiylik, 
o‘xshashlik va uyg‘unlik kabi sifatlar paydo bo‘ladiki, ular bir-birlarini bir 
qarashda tushunadigan yoki «yarimta jumladan» xam fikr ayon bo‘ladigan 
bo‘lib qoladi. Ayrim xollarda esa, ana shunday muloqotning tig‘izligi teskari 
reaksiyalarni - bir-biridan charchash, gapiradigan gapning qolmasligi kabi 
vaziyatni keltirib chiqaradi. Masalan, oila muxiti va undagi munosabatlar ana 
shunday tig‘iz munosabatlarga kiradi. Faqat bunday tig‘izlik oilaning barcha 
94
A handbook for teaching and learning in higher education : enhancing academic practice / [edited by] Heather 
Fry, Steve Ketteridge, Stephanie Marshall.–3rd ed. p. cm. pp: 58.


167
a’zolari o‘rtasida emas, uning ayrim a’zolari o‘rtasida bo‘lishi mumkin (ona-
bola, qaynona-kelin va b.).
O‘zaro munosabatlarga kirishayotgan tomonlar munosabatdan 
ko‘zlaydigan asosiy maqsadlari - o‘zaro til topishish, bir-birini tushunishdir. 
Bu jarayonning murakkabligi, kerak bo‘lsa, «jozibasi», betakrorligi shundaki, 
o‘zaro bir xil til topishish yoki tomonlarning aynan bir xil o‘ylashlari va 
gapirishlari mumkin emas. Agar ana shunday vaziyatni tasavvur qiladigan 
bo‘lsak, bunday muloqot eng samarasiz, eng beta’sir bo‘lgan bo‘lar edi. 
Masalan, tasavvur qiling, uzoq vaqt ko‘rishmay qolgan do‘stingizni ko‘rib 
qoldingiz. Siz undan xol-axvol so‘radingiz, lekin u tashabbusni sizga berib, 
nimaiki demang, sizni ma’qullab, gapingizni qaytarib turibdi. Bunday muloqat 
juda bemaza bo‘lgan va siz ikkinchi marta o‘sha odam bilan iloji boricha 
rasman salom-alikni bajo keltirib, o‘tib ketavergan bo‘lardingiz.
64-rasm 
Muloqot faoliyati shunday 
shartsharoitki, unda xar bir 
shaxsning 
individualligi, betakrorligi, bilimlar 
va tasavvurlarning xilma-xilligi 
namoyon bo‘ladi va shunisi bilan u 
insoniyatni asrlar davomida o‘ziga 
jalb etadi. 
Har qanday faoliyatdan zerikish, charchash mumkin, faqat odam 
muloqotdan, ayniqsa, uning norasmiy samimiy, bevosita shaklidan 
charchamaydi, 
yaxshi 
suxbatdoshlar 
doimo 
ma’naviy 
jixatdan 
rag‘batlantiriladilar.
XXI asrda odamning eng tabiiy bo‘lgan muloqotga extiyoji, uning 
sirlaridan xabardor bo‘lish va o‘zgalarga samarali ta’sir eta olishga bo‘lgan 
intilishi yanada oshdi va buning qator sabablari bor:
birinchidan, industrial jamiyatdan axborotlar jamiyatiga o‘tib 
bormoqdamiz. Axborotlarning
ko‘pligi
aynan
inson manfaatiga 
aloqador ma’lumotlarni saralash, u bilan to‘g‘ri munosabatda bo‘lishni taqozo 
etdi. Axborot
XXI asrda eng nodir kapitalga aylanadi va bu o‘z navbatida insonlarga zarur 
axborotlar uzatilishi tezligi va tempini o‘zgartiradi; 
ikkinchidan, turli kasb-
faoliyat sohasida ishlayotgan odamlar guruhining
ko‘payishi, ular o‘rtasida munosabatlar va aloqaning dolzarbligi axborotlar 
tig‘iz sharoitda oddiygina muloqotni emas, balki professional, bilimdonlik 
asosidagi muloqotni talab qiladi; 
uchinchidan, oxirgi paytlarda shunday 
kasb-hunarlar soni ortdiki, ular sotsionomik guruh kasblar deb atalib, ularda 
«odam-odam» dialogi faoliyatning samarasini belgilaydi. Masalan, pedagogik 


168
faoliyat, boshqaruv tizimi, turli xil xizmatlar (servis), marketing va boshqalar 
shular jumlasidandir. Bunday sharoitlarda odamlarning ataylab muloqot 
bilimdonligining oshirilishi mehnat maxsulini belgilaydi.
Shuning uchun xam muloqot, uning tabiati, texnikasi va strategiyasi, 
muloqotga o‘rgatish (sotsial psixologik trening) masalalari bilan 
shug‘ullanuvchi fanlarning xam jamiyatdagi o‘rni va salohiyati keskin oshdi.

Download 6,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish