67
Aqliy va amaliy ish-harakat usullarini qat’iy ravishda “Buyuk xitoy devori” bilan ajratish
to‘g‘ri emas, chunki barcha amaliy xatti-harakat u yoki bu darajadagi aqliy xatti-harakatlarni
nazarda tutadi.
Tabiiyki, bilimlarsiz ko‘nikma shakllanmaydi va shakllanishi ham mumkin emas. Biror
narsani ongli bajarish uchun eng avvalo nima, qanday va nima uchun kerakligini bilish zarur
bo‘ladi. Bu bilan bilimlarni qo‘llash ularni yangi darajada o‘zlashtirishga aylanadi. Bilimlarni
qo‘llashda faoliyatning zaruriy sharti va tarkibiy qismi sifatida tafakkurlash (fikr yuritish) ishtirok
etadi. Lekin fikrlash tajribasini o‘zlashtirish maxsus faoliyat sohasidir.
Obyektiv olamning muhim xususiyatlari, aloqalari va munosabatlarini inson ongida
bilvosita va umumlashgan holda aks etishi tafakkurlashni anglatadi.
Fikrlash eng avvalo tahlil etish va sintezlash vositasida amalga oshiriladi. Analitik – sintetik
faoliyat barcha fikrlash operasiyalarida qiyoslash, umumlashtirish, mavhumlashtirish, turlash,
aniqlashtirish kabilarda amalga oshiriladi: Har qanday qiyoslash qiyoslanayotgan obyektlarni
sintezlashni, bo‘laklashni ko‘zda tutadi.
Fikrlash rivojlanish bosqichlariga ko‘ra ko‘rgazmali, obrazli va abstrakt, nazariy turlarga
bo‘linadi.
Fikrlash (tafakkurlash) obyektlarning xususiyatlari va munosabatlarini yoritish
(ifodalash)ga oid faoliyatdir.
Pedagogik manbalarda ta’lim mazmuni haqidagi masala munozarali xarakterga ega. Bu
tushunchani izohlashga ko‘plab yondashuvlar mavjud bo‘lib, uning mohiyati va ildizlari uzoq
o‘tmishga borib taqaladi.
Bilimlarni egallashga yo‘naltirilgan ta’lim mazmuni shaxsning ijtimoiylashuviga imkon
berib, fan va ishlab chiqarish sohalari bilan o‘quvchini (tanishtiradi) muloqotini belgilaydi.
Shuningdek, ushbu yondashuvga ko‘ra, bilimlar o‘quvchilarning qadriyatlar yondashuvi I.Y.
Lerner, M.N. Skatkin, B.M. Bim-Bad va shu kabi pedagog olimlar tomonidan ta’lim mazmunining
mohiyati aniqlangan. Yuqorida zikr etilgan olimlarnig fikricha, ta’lim mazmuni faqat bilim va
ko‘nikmalardan iborat emas. Zero, bilim va ta’lim mazmunining muhim elementidir. Rus pedagog
olimi I.Y. Lerner bilimlarni quyidagi uch vazifa (funksiya)sini ajratib ko‘rsatadi:
1.
O‘rganilayotgan real voqelik haqida umumiy tasavvur hosil qilish, jamiyat va
insoniyatning yaxlit rivojlanishini
ilmiy tasavvur etish;
2.
Xatti-harakat usullarini mo‘ljalga olish asoslarini yaratish yoki xatti-harakat usullarining
yo‘nalishini
aniqlash;
3.
O‘qib-o‘rganilayotgan obyektlarga nisbatan emosional munosabatlar asoslarini
shakllantirish, shu yo‘l bilan dunyoqarashni tarbiyalash vositasi bo‘lish.
Ijtimoiy tajribalar: bilim, xatti-harakat usullari, ijodiy tajriba yoki izlanuvchan faoliyat
hamda emosional qadriyat munosabatlarini o‘ziga qamrab oladi.
Ta’limda uzluksizlikni ta’minlash o‘quv predmeti qismlaridagi zarur va to‘g‘ri nisbatni
o‘rnatish zaruriyatidan kelib chiqadi. Shuningdek, uzviylik tushunchasi ta’limning turli bosqichi,
shakli, metodlarida bilim, xatti-harakat usullari va shaxsiy fazilatlarga qo‘yiladigan talablarni
ko‘zda tutadi. Uzviylik quyidagi ikki omilni hisobga olgan holda amalga oshiriladi: 1)fanning
mazmuni va mantiqi; 2)bilimlarni o‘zlashtirish jarayoni qonuniyatlari. O‘quv predmetini
o‘zlashtirishda birinchi omilning ahamiyati muhim bo‘lib, tushuncha, dalil, qonunlar kabi o‘quv
predmeti mazmunini tashkil etuvchi tarkibiy element, ketma-ket, asta sekinlik bilan
o‘rganilayotgan obyekt mohiyatini imkon qadar anglab borishga sharoit yaratadi. Ikkinchi omil
ilmiy bilimlarga ishlov berishni talab etadi.
Shunday qilib, uzviylik faqatgina to‘g‘ri chiziqli emas, balki o‘quv materiallarini
o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishi qulay bo‘lgan holatda shakllantirish yo‘li bilan amalga
oshiriladi.
Uzviylikni ketma-ket amalga oshirilishi ta’lim istiqbol tavsifini beradi. Bunda alohida
mavzular bir-biridan tubdan ajratilgan emas, balki birinchisi ikkinchisi uchun asos va ikkinchini
mo‘ljal sifatida hisobga olinishini ko‘zda tutadi.
Amalda ta’lim mazmunini loyihalashtirish quyidagi ikki darajada amalga oshiriladi:
- blok modulli o‘quv
dasturi darajasida;
68
- aniq maqsadga muvofiq o‘quv materiali sifatida.
Bunda ixtisoslik qaysi kasbga mansubligi, shuningdek, kasbning o‘zi qanday faoliyat turiga
tegishli ekanligini ham aniqlashtiradi.
Aniq yo‘nalishda tanlab olingan ta’lim mazmuni
yuqoridan pastga “qavatma-qavat” tahlil etiladi. Yuqori qatlam iqtisodiyot sohasiga tegishli bo‘lsa,
o‘rta qavat kasb-hunarga va pastki qavat alohida ixtisosliklarga to‘g‘ri keladi. Bunday yondashuv
zamonaviy kasb-hunar ta’limi mazmunini shakllantirish muammosi yechimi sifatida e’tirof
etilmoqda. Chunki bunda kasb yoki ixtisoslik nuqtai nazaridan pastdan emas, balki aniq yo‘nalish
doirasidagi kasbiy ta’lim mazmuni yaxlit tizim sifatida yuqoridan pastga tomon tadqiq etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: