Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan


I d ye a l   p ye d a g o g



Download 1,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/195
Sana01.01.2022
Hajmi1,89 Mb.
#303197
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   195
Bog'liq
kasbij pedagogika

I d ye a l   p ye d a g o g 
                                     
14-jadval 
Mutaxassis 
Ishchi 
Inson 
Pedagogika nazariyasini bilish, pedagogik 
mahoratga  ega  bo‘lish,  psixologiyani 
bilish,  ta’lim-tarbiya  texnologiyala-rini 
qo‘llay  olish  malakasiga  ega  bo‘lish, 
mehnatni  oqilona  tashkil  eta  bilish 
malakasi. 
Ishga  muhabbat,  o‘quvchilarni  sevish. 
Insonga  
ishonch.  Pedagogik  qobiliyat,  umumiy 
aql-zakovat, sabr- 
toqat, kelajakka ishonch. 
O‘zini  tuta  bilish,  izlanuv  -chanlik, 
reaksiyalarining  
aniq  va  tezligi,  ko‘ngilchan-lik,  bolalarni 
tushunish,  bolalar  bilan  ishlash,  xohishi, 
nutqining 
aniq 
va 
ishonchliligi, 
talabchanligi,  adolatlilik,  to‘g‘ri  so‘zlik, 
tashkilotchilik 
malakasi, 
muloqotga 
kirishuvchanlik, 
birovlarni 
tinglay 
olishlik. 
Maqsad  qo‘yib  unga  erisha 
olish.  Muntazam  va  rejali 
ravishda  malakasini  oshira 
borish, 
mehnat 
unumdorligini 
oshirishga 
inti-luvchanlik. 
Ijodkorlik 
qobiliya-ti:    har  tomonlama 
ma’lumotlilik,  mantiqiy  fikr 
yuritish,  kelajakka  ishonch. 
Ishlash 
ishtiyoqi. 
Ishiga 
(kasbiga)  sadoqat,  jamoada 
ishlash 
malakasi, 
tirishqoqlik, 
tartib- 
intizomlilik,  faollik,  ishlab 
chiqarish 
vaziyatlariga 
yo‘naltirilganlik, 
ishlarni 
taqsimlay  olish  malakasi. 
Javobgarlikni  o‘ziga  olishga 
tayyorgarlik. 
 
 
Yuqori 
axloqiy 
sifatlar 
jamoatchi-lik 
hayotida 
faol 
ishtirok 
etish.  Faol  hayotiy  nuqtai 
nazar (pozisiya), har doim 
va  har  qachon  shaxsiy 
o‘rnak, davlat qonunlariga 
hurmat,  milliy  g‘urur, 
vatanparvarlik, 
vatanini 
himoya qilishga tayyorlik, 
mustahkam 
sog‘lik, 
sog‘lom 
hayot 
tarzi, 
insonparvarlik, 
ma’naviylik,  muloqotga 
kirishuv  chanlik,  oqillik, 
o‘ziga 
nisbatan 
talabchanlik  va  tanqidiy 
munosabatda bo‘lish. 
 
Kasbiy  ta’lim  o‘qituvchisi    ko‘p  ixtisoslik  va  mutaxassisliklarga  ega.  Ta’lim  sohasida 
“mutaxassislik”  tushunchasi  (iborasi)  ta’lim  yo‘nalishi  va  mazmunini  o‘zida  aks  ettiruvchi 
kategoriya sifatida qaraladi. Mehnat sohasida esa u kasb-hunar doirasida mehnatning yo‘nalishi va 
o‘ziga xos mazmuni deb talqin etiladi. 


 
62 
Ta’lim  sohasida  mutaxassislik  eng  avvalo,  mutaxassis  faoliyati  turi  va  uning  mehnati 
qo‘llanish  sohasini  ko‘rsatadi.    Masalan,  avtomobillarga  texnik  xizmat  ko‘rsatish  mutaxassisligi 
bo‘yicha  ma’lumot olish, ma’lum kasbiy  vazifalarni bajarish imkonini beruvchi bilim, ko‘nikma 
va malakalar hamda shaxsiy fazilatlarni o‘zlashtirishni anglatadi. 
Pedagogik  faoliyat  ijtimoiy  maxsus  ko‘rinish  bo‘lib,  insoniyat  jamiyati  tomonidan 
to‘plangan  bilim,  tajriba,  madaniyat,  shuningdek,  o‘quvchilarni  rivojlantirish  uchun  yaratilgan 
shart-sharoitlari  avloddan  avlodga  uzatishga  yo‘naltirilgandir.  Kasbiy  pedagogik  faoliyat  maxsus 
tashkil  etilgan  ta’lim    muassasalarida  kechadi  (amalga  oshiriladi)  va  o‘quvchilar  shaxsini 
rivojlantiradi. 
Pedagogik  faoliyatning  maqsadi  o‘quvchilarning  imkoniyatlari,  jamiyat  va  davlatning 
mutaxassis  kadrlarga  bo‘lgan  talab  hamda  ehtiyojlarini  hisobga  olgan  holda  shakllantiriladi.  Bir 
tomondan,  u  turli  ijtimoiy,  etnik    guruhlar  va  yaxlit  jamiyatning,  ikkinchi  tomondan,  alohida 
shaxslarning  moyilligi,  ehtiyojlari,  qiziqishlari  va  intilishlarini  o‘zida  ifodalaydi.  Pedagogik 
faoliyatning asosiy obyektlari sifatida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin: 
Ta’lim-tarbiya  muhiti,  ta’lim-tarbiya  beruvchi  jamoa,  o‘quvchilar  faoliyati  va  ularning 
individual  o‘ziga  xos  xususiyatlari.  Pedagogik  faoliyatning  maqsadi  bevosita    quyidagi  ijtimoiy 
pedagogik vazifalar yechimini topish bilan bog‘liq: tarbiyaviy mehnatni shakllantirish; o‘quvchilar 
faoliyatini tashkil etish; tarbiyalovchi jamoani tuzish; shaxsiy sifat va fazilatlarni rivojlantirish. 
Kasbiy  pedagogik  faoliyat  -  bu  integrativ  faoliyat  bo‘lib  o‘ziga  psixologik,  pedagogik  va 
ishlab  chiqarish  texnologik  komponetlarni  qamrab  oladi.  Kasbiy    pedagogik  faoliyatning  asosiy 
maqsadi  o‘quvchilarni  kasb-hunar  sir-asrorlariga  o‘rgatish  va  shaxsiy  rivojlanishlarini 
ta’minlashdan iborat. 
 Kasbiy pedagogik faoliyat jarayonida eng kamida quyidagi ikki turdagi munosabatlar sodir 
bo‘ladi: 
Pedagogning  pedagogik  ta’sir  vositasi  va  predmetiga  nisbatan  munosabatlarni  ifodalovchi 
subyekt-obyekt 
munosabatlari; 
pedagogik 
o‘zaro 
tasir  jarayonidagi  subyekt-subyekt 
munosabatlari. 
Pedagogik  o‘zaro  ta’sir  maqsadlarini  amalga  oshirish  o‘z  navbatida  o‘quvchilarga  ta’sir 
ko‘rsatish vositalari va usullarini tanlash hamda qo‘llash bilan bog‘liq. 
Mavjud  bilimlarga  asoslangan  holda,  pedagog  vositalar  va  o‘z  xatti-harakat  usullarini 
qiyoslaydi. 
Pedagogik  masalalar  yechimini  topish  usullarini  tanlab,  o‘qituvchi  har  bir  o‘quvchining 
individual  sifatlarini  mo‘ljallashi,  jamoadagi  shaxslararo  munosabatlar  xususiyatlarini, 
jihozlanganlik  darajasini,  pedagogik  jarayon  davomiyligini  hisobga  olishi  zarur,  Bundan 
pedagogik  masalalarning  yechimini  topish  ko‘p  jihatdan  o‘qituvchi  shaxsiga  va  uning  kasbiy 
mahoratiga bog‘liqlishi kelib chiqadi. 
O‘quvchining kasbiy rivojlanishi kasbiy pedagogik faoliyatning asosiy natijasidir.  

Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish