izlanishlar olib borishning maqsadi va mazmuni.
2. Germoniya, Fransiya, AQSH, Italiya va Yaponiya mamlakatlarida kasbiy ta’lim.
3. Hamdo‘stlik mamlakatlarida kasbiy ta’lim.
1. Kasbiy ta’limga tegishli ilg‘or chet el tajribasini o‘rganish bo‘yicha qiyosiy
izlanishlar olib borishning maqsadi va mazmuni.
Butun dunyo miqqiyosidagi ayniqsa rivojlangan davlatlardagi ta’lim, jumladan kasbiy
ta’lim sohasidagi ishlar, bu sohadagi yangiliklar, olib borilayotgan ilmiy tadqiot ishlari barcha
mamlakatlar qatori bizning mamlakatimizda ham o‘rganilib, ular tajribasini o‘z amaliyotimizga
tadbiq qilib borilmoqda.
Kasbiy ta’limga tegishli ilg‘or chet el tajribasini o‘rganish bo‘yicha izlanishlar olib borish
natijalarini jahon ta’lim jarayoniga tadbiq etishda mazkur davlatlarning tegishli tashkilotlari bilan
bir qatorda xalqaro tashkilotlar xam birqator ishlarni amalga oshirmoqda.
46
Jumladan, YUNESKO tashkilotining tashkil topishi va fan texnika taraqqiyotini, ta’lim
sohasini rivojlantirish bo‘yicha olib borayotgan ishlari diqqatga sazavordir.
YUNESKO Birlashgan Millatlar Tashkilotining ta’lim, fan, madaniyat masalalarini
rivojlantirishga ixtisoslashtirilgan tashkiloti bo‘lib, u 1946 yilda tashkil etilgan. BMT ikkinchi
jahon urushidan keyin suveren davlatlarning ixtiyoriy birlashuvi asosida jahonda tinchlik va
xavsizlikni saqlash hamda davlatlar o‘rtasida tinch hamkorlikni rivojlantirish maqsadida tuzilgan.
BMT o‘zining tuzilishiga ko‘ra Bosh Assambleya (Yalpi majlis), Xavsizlik kengashi, Xalqaro
sudga ega. Bulardan tashqari BMTning doimiy amalda bo‘lgan faoliyatini Kotibiyat olib boradi va
uning ishini Bosh Assambleya saylab qo‘ygan Bosh Kotib boshqarib boradi.
Bosh Assambleya har yili jahon siyosatining dolzarb muammolarini muhokama qiladi va
bu masalalar bo‘yicha BMTga a’zo bo‘lgan davlatlarga yoki Xavsizlik Kengashiga tavsiyalar
beradi.
YUNESKO faoliyati o‘ta xilma-xil va ko‘p qirralidir. Uning ta’lim sohasidagi ishlari ko‘p
yo‘nalishlarda olib boriladi. Jumladan, rivojlanayotgan mamlakatlarda savodsizlikni tugatish,
jahon ta’limi rivojlanishidagi tendensiyalarni tahlil qilish va uni ommalashtirish, u yoki bu
mamlakatda ta’lim bo‘yicha olib borilayotgan siyosatni, ayrim ilmiy izlanishlarni ham moddiy
ham ma’naviy rag‘batlantirish va boshqalar.
Fan va texnologiyani rivojlantirish borasida YUNESKO bir qator davlatlararo dasturni
amalga oshirdi. Bu dastur asosan, ekologik muhitni yaxshilash, atrof-muhitni muhofaza qilish,
ta’lim sohasini rivojlantirishning dolzarb muammolari bilan bog‘liqdir.
Xar bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas kismi va hayotiy jih ati bo‘lgan ta’lim
tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Bugungi kunda mustaqil tarakkiyot
yo‘lidan borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish va
takomnllashtirish
,
yangi sifat boskichiga ko‘tarish, unga ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini
joriy kilish hamda ta’lim samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. «Ta’lim
to‘g‘risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning qabul qilinishi bilan uzluksiz ta’lim
tizimi orqali zamonaviy kadrlar tayyorlashning asosi yaratildi.
Ta’limga, jumladan kasbiy ta’limga tegishli ilg‘or chet el tajribasini o‘rganish bo‘yicha
qiyosiy izlanishlar olib borishning maqsadi quyidagilardan iborat:
-
kasb-hunar ta’limi tarixi, metodologik asoslari va rivojlanish istiqbollari, ilg‘or pedagogik
tajribalarni tahlil etish va umumlashtirish talim jarayonida o‘qitish vositalarini keng qo‘llash,
DTSlari, rejalar va dasturlar mazmunini tahlil etish va boshqalar bo‘yicha ilg‘or chet el tajribasini
o‘rganish va ularni ta’lim tizimimizga qo‘llash orqali o‘z milliy ta’lim tizimiimizni
takomillashtirish;
-
«Ta’lim to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ta’lim tizimini isloh
qilish, davlat va nodavlat ta’lim muassasalari hamda ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida raqobat
muhitini shakllantirish negizida ta’lim tizimini izchil rivojlantirishni ta’minlash;
-
ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga oshirilayotgan yangilanish,
rivojlangan demkoratik huquqiy davlat qurilishi jarayoniga moslash va ta’lim tizimi muassasalarini
yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlash,
-
kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti
istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyaning zamonaviy
yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish, uning amalda faoliyat ko‘rsatishi va barqaror
rivojlanishining kafolatlarini, ustuvorligini ta’minlovchi normativ, moddiy-texnika va axborot
bazasini yaratish;
-
ta’lim tizimiga chet- el investisiyalari jalb etishni amaliyotga joriy etish va o‘zaro
manfaatli xalqaro hamkorlikni rivojlantirish
.
Kasbiy ta’limga tegishli ilg‘or chet el tajribasini o‘rganish bo‘yicha qiyosiy izlanishlar olib
borishning mazmuni.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga tegishli chet el tajribasini o‘rganish bo‘yicha izlanishlar
quyidagi asosiy yo‘nalishlarda olib borilishi mumkin:
47
- Kasb-hunar ta’limining uzluksizligini ta’minlash uni mazmunan isloh qilish va
takomillashtirish;
- Kasb-hunar ta’limi tizimini oqilona boshqarish;
- Kasb-hunar ta’limi sifatini nazorat qilish tizimini shakllantirish;
- Kasb-hunar ta’limi tizimining yaxlit axborot makonini vujudga keltirish va xizmati
ko‘rsatish bozorini rivojlantirish;
- Kasb-hunar ta’limining fan, ishlab chiqarish bilan integrasiyasini rivojlantirish;
- Kasb-hunar ta’limi va kadrlar tayyorlash sohasidagi chet ellar bilan xalqaro hamkorlikni
ta’minlash va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |