Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan


Tasniflagichdan quyidagi vazifalarni hal etishda foydalanish



Download 1,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/195
Sana01.01.2022
Hajmi1,89 Mb.
#303197
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   195
Bog'liq
kasbij pedagogika

3. Tasniflagichdan quyidagi vazifalarni hal etishda foydalanish. 
- hududiy bandlik dasturlarini ishlab chiqish; 
- milliy va hududiy mehnat bozorlarida ijtimoiy mehnat sohasidagi jarayonlarini ta’minlash 
va tartibga solish; 
- ish kuchining samaradorligini va ish kuchiga ketayotgan sarflarni aniqlash; 
- mehnatga haq to‘lashni tartibga solish va meyorlashtirishni takomillashtirish; 
-  xalq  xo‘jaligining  kadrlarga  bo‘lgan  ehtiyojini  aniqlash  va  asoslangan  uzluksiz  ta’lim 
dasturini ishlab chiqish; 
- mehnat statistikasi sohasida axborotning xalqaro miqyosda taqqoslanishini ta’minlash. 
Tayyorlov  yo‘nalishlari,  kasblar  va  ixtisosliklarning  tasniflagich  ro‘yxati  bo‘lib,  u 
qo‘shimchalar  va  o‘zgartirishlar  kiritish  uchun  ochiqdir.  Amaldagi  tasniflagida  zarur  hollarda 
tasniflagichga  o‘zgartirishlar  va  qo‘shimchalar  kiritish  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  va  o‘rta 


 
27 
maxsus ta’lim vazirligining o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi Markazi tomonidan amalga oshiriladi 
deb ko‘rsatilgan. 
Kichik mutaxassislar quyidagi lavozimiy vazifalarni bajarishlari ko‘zda tutiladi: 
-  kompyuter  va  boshqa  texnikalardan,  texnikaviy  va  fizikaviy  fanlar  sohasida  foydalanish 
usullarini qo‘llash bilan bog‘liq texnik - texnologik topshiriqlarni bajarish; 
- texnik jihoz va transportlarni ishlatish. 
Mashinalar, mexanizmlar, qurilmalar, moslamalar hamda muhandislikka oid texnik jihozlar 
va  asboblarga  texnik  xizmat  ko‘rsatish  hamda  ta’mirlash,  metall  konstruksiyalarni  o‘rnatish, 
dastgohlarni o‘rnatish va boshqa ishlarni amalga oshirish. 
Xom  ashyo  qazib  olish  va  qayta  ishlash,  metallurgiya,  qurilish  binolari  va  inshootlarni 
tamirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish sohasida o‘z kasbiy bilimlarini tatbiq etish; 
Bosish (qoliplash) ishlarini bajarish; 
Oziq-ovqat, to‘qimachilik mahsulotlari, yog‘och va metall buyumlar, shu jumladan badiiy 
hunarmandchilik buyumlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash.  
Bolalar bog‘chasi va boshlang‘ich maktablarda ta’lim va tarbiya ishlarini amalga oshirish. 
Sog‘liqni  saqlash,  gigiyena,  insonlarga  g‘amxo‘rlik  qilish,  qishloq  joylarda  o‘simlik  va 
hayvonlarni parvarish qilish, yetishtirish bo‘yicha zarur ishlarni amalga oshirish. 
Kadrlarni tanlab olish, joy-joyiga qo‘yish va ularning ijtimoiy ta’minoti, soliqqa tortish va 
turizmga  aloqador  davlat  xizmatlari,  buxgalteriya  hisobi,  huquqiy,  statistik,  ish  yuritish 
korxonalarini  boshqarish  va  tijorat.  Moliya  va  savdo-sotiq    sohasidagi  bilimlarni  texnik  qo‘llash 
bilan bog‘liq ma’muriy va ishlab chiqarish vazifalarini bajarish.  
Ijtimoiy masalalar bo‘yicha yordam ko‘rsatish va maslahat berish; 
Sport  va  boshqa  qiziqarli  tadbirlarni  tashkil  etish  va  o‘tkazish,  madaniyat  va  san’at 
sohasida  ijodiy  faoliyat  ko‘rsatish,  diniy  marosimlarni  o‘tkazishda  aholiga  yordam  ko‘rsatish  va 
shu  kabilar.  Bu  vazifalarni  bajarish  uchun  tabiiyki,  kichik  mutaxassis  ma’lum  hajmdagi  va 
darajadagi  bilim,  (ko‘nikma  va  malaka)  hamda  shaxsiy  fazilatlarni  o‘zlashtirishi  zarur  bo‘ladi. 
Mutaxassis  egallagan  lavozimidagi    vazifalarni  talab  darajasida  bajarishi  uchun  zarur  va  yetarli 
bilim, hamda shaxsiy  fazilatlar davlat ta’lim standartlarida o‘z ifodasini topadi.  
Amaliyotga  kasb-hunar  ta’limining  davlat  standartini  kiritishdan  asosiy  maqsad  uni  yangi 
huquqiy 
va 
tashkiliy 
metodik 
asosda 
reintegrasiya 
etishdir. 
Kasb-hunar 
ta’limini 
standartlashtirishning nazariy asosi akademik S.Y. Batishev tomonidan ishlab chiqilgan
:
  
bosqichli  ta’lim  nazariyasi;  tayyorlov  yo‘nalishlari,  kasblar  va  ixtisosliklarni  guruhlash 
nazariyalari  tashkil etadi. 
Kasb-hunar  ta’limi  davlat  standarti  yaqin  kelajakda  o‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi 
tizimida faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishini majmuaviy belgilab beruvchi yechim sifatida xizmat 
qiladi.  Pedagogik  manbalarda  kasb-hunar  ta’limi  davlat  standarti  quyidagicha  talqin  etiladi: 
bo‘lajak  kichik  mutaxassislar  egallashi  zarur  va  yetarli  bo‘lgan  mazmun  darajasi  va  ko‘lami; 
o‘quvchilarning maksimal o‘quv yuklamasi hajmi, bitiruvchilarning kasbiy tayyorgarlik darajasiga 
qo‘yilgan talablar va hokazo.  
Kasb-hunar  ta’limi  davlat  standartining  mohiyati    uning  ichki  va  tashqi  aloqalari  tahlil 
etilsagina  to‘liq  ochilishi  mumkin,  standartlarning  tashqi  aloqalari  eng  avvalo  ijtimoiy-iqtisodiy 
munosabatlarda o‘z ifodasini topadi, bundan standart ijtimoiy buyurtmani talablar shaklida  o‘zida 
ifodalovchi    me’riy  hujjat  ekanligi  kelib  chiqadi.  Kasb-hunar  ta’limi  standartining  ichki 
aloqadorligi  esa  uni  o‘zaro  aloqador  va  ta’sirdagi  elementlardan  tashkil  topgan  mustaqil  tizim 
sifatida  qaralganda  namoyon  bo‘ladi.  Standartni  tashkil  etuvchi  elementlarning  xususiyatlari, 
o‘zaro  aloqadorligi  uning  mohiyatini  ochib  berishga  imkon  beradi.  Ijtimoiy-iqtisodiy  tizimda 
standartning  rolini  tushunish  uchun  uning  vazifalarini  bilish  muhimdir.  Lo‘nda  qilib  aytganda, 
standart nima uchun va kimga kerak? Birinchidan, o‘qituvchilar va o‘quvchilar uchun o‘zlarining 
hamkorlikdagi  faoliyatlarini  tashkil  etish  uchun,  ikkinchidan,  kasb-hunar  ta’limi  tizimi  rahbarlari 
va  nazorat  qilish  mexanizmini  shakllantirish  uchun;  uchinchidan,  bandlik  idoralari  xodimlari 
uchun,  ishga  joylashtirish  va  qayta  tayyorlash  ishlarini  rivojlantirish  maqsadida;  to‘rtinchidan, 
ijtimoiy  hamkorlar  uchun,  ya’ni  ish  beruvchilar,  kasaba  uyushmalari  va  barcha  mehnat 
munosabatlari bilan shug‘ullanuvchilar uchun; beshinchidan, yaqin va uzoq chet el hamkorlarimiz 


 
28 
uchun,  xalqaro  mehnat  bozorida  inson  huquqlarini  erkin  o‘zaro  ta’sirini  ta’minlash  uchun  zarur. 
Shunday  qilib,  kasb-hunar  ta’limi  davlat  standarti  o‘ziga  xos  kasbiy  ta’lim  sifatini  boshqarish 
mexanizmi  bo‘lib  xizmat  qiladi.  Buning  uchun  u  kasbiy  ta’lim  sifati  bilan  bog‘liq  ko‘plab 
komponentlarni  qamrab  olishi  kerak.  Keng  ma’noda  kasb-hunar  ta’limining  sifati  jamiyatni 
ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish  vazifalariga  qanchalik  mos  kelishi  bilan  aniqlanadi.  Fan-texnika 
taraqqiyoti  bilan  bog‘liq  holda  kasb-hunar  ta’limi  o‘quv-meyoriy  hujjatlari  tez  o‘zgaruvchanlik 
xususiyatiga ega. Malaka darajasi aniq shaxsning kasbiy mahoratini xarakterlaydi. Malaka darajasi 
shaxsning o‘qib o‘rganganligiga bog‘liq, demak, uni  obyektiv ravishda baholash mumkin bo‘lgan 
o‘lchamlar:  hajmi,  sifat  daraja  ko‘rsatkichlariga  ega  bilim,  va  shaxsiy  fazilatlar  bo‘lishi  mumkin. 
Kasb qanchalik murakkab bo‘lsa, unga mos holda kasb-hunar sirlarini o‘zlashtirish uchun shuncha 
ko‘p  vaqt  talab  etadi.  Mehnatning  intellektual  darajasi    aqliy  va  manual  (jismoniy)  faoliyatning 
o‘zaro  munosabatini  ko‘rsatadi.  Ilmiylik  darajasi  esa  mehnat  faoliyatining  texnik-texnologik 
jihatlari bilan bevosita bog‘liqligini ko‘rsatadi. Ko‘p funksiyalilik mehnatning murakkabligi, turli 
xildagi  vazifalarni  bajarishi  bilan  xarakterlanadi.  Mehnat  faoliyati  algoritmining  murakkabligi   
faqatgina  turlicha  emas,  balki  bir  paytning  o‘zida    parallel  ravishda  aqliy  va  manualni  bajarilishi 
bilan xarakterlanadi. Stereotip kasb-hunar darajasida mahsulli va mahsulsiz faoliyatlarning o‘zaro 
nisbatida namoyon bo‘ladi. 
Boshqacha  qilib  aytganda,  Davlat  ta’lim  (tarmoq)  standarti  (DTS)  mutaxassisliklarning 
yozma modeli bo‘lib, kasbiy tayyorgarlik darajasiga qo‘yilgan talablarni hamda shaxsiy fazilatlarni 
o‘ziga qamrab oladi. Uni quydagicha tasvirlash mumkin (1-chizmaga qarang). 
Rasmdan ko‘rinib turibdiki DTS va TTS ko‘p vazifali hujjat bo‘lib,
 
ish beruvchilar, bandlik 
xizmati,  vazirlik  va  tashkilotlar,  ilmiy  metodik  tashkilotlar,  o‘quv  muassasalari,  fuqarolar  uchun 
mo‘ljallanadi. DTS asosida quyidagilar amalga oshiriladi: 
ta’lim mazmuni tanlab olinadi va shakllantiriladi;  
o‘quv dasturlashtirish va metodik hujjatlar, ta’lim vositalari ishlab chiqiladi; 
ta’lim natijalariga qo‘yilgan talablar shakllantiriladi; 
kasbiy tayyorgarlik sifatini nazorat qilish tizimi ishlab chiqiladi: 
ta’lim muassasasi attestasiya qilinadi; 
 

Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish