Pedagogik talab
O‘quvchilarga talab bevosita va bilvosita shaklda quyilishi mumkin. Bevosita talablar buyruq,
ko‘rsatma, yo‘l-yo‘riqdir. Ular jamoa endi tarkib topayotgan paytda guruh bilan ishlashning
dastlabki bosqichi uchun xosdir. Bilvosita talablar-iltimos, maslahat, shama qilish va hokazolar
o‘quvchilarda muayyan darajada shakllangan e’tiqod, motivlar, to‘g‘ri xulq - atvor, odamlar
bo‘lishini taqozo etadi. Talablarning bilvosita shakli ko‘pincha bevosita talablardan samaraliroq
bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |