Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan


Kasb - hunar ta’limida tarbiya jarayonini nazorat qilish



Download 1,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/195
Sana01.01.2022
Hajmi1,89 Mb.
#303197
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   195
Bog'liq
kasbij pedagogika

3.Kasb - hunar ta’limida tarbiya jarayonini nazorat qilish 
Tarbiya  jarayonida  “o‘quvchi”  tushunchasi  bilan  bir  qatorda  “shaxs”  tushunchasidan 
foydalaniladi.  Bu    bilan  tarbiya  jarayoni  avvalambor  o‘quvchini    shaxs  sifatida  shakllantirishga 
qaratilganligi ta’kidlanadi. “Shaxs” nutq qobiliyatiga ega bo‘lgan va mehnat faoliyatiga layoqatli 
aqlli  zot-insondir».  Shaxs  atrofidagi  odam  bilan  o‘zaro  faol  munosabat  jarayonida,  jamiyatda, 
jamoada, boshqa odamlar bilan muomalada  shakllanadi. Shaxs tushunchasi alohida odamga unga 


 
103 
xos  bulgan  shaxsiy  xususiyatlar  bilan  tavsif  berish  uchun  foydalaniladi.  Shaxsning  asosiy 
xususiyati jumlasiga uning o‘ziga xosligi, fikrlash tarzi, faoliyati motivlari kiradi.
 
  Tarbiyaviy  jarayonning  asosi,  shaxsning  ijtimoiy  jihatdan  qimmatli  fazilatlarni 
shakllantirishning  asosiy  manbai  -  faoliyat  va  muomaladir.  Tarbiyalanuvchilarning  jamiyatga 
foydali  faoliyati  qanchalik  oqilona  tashkil  etilgan  bo‘lsa,  tarbiya  jarayoni  shunchalik  samarali 
kechadi. Tarbiya jarayonining ana shu muhim qonuniyatini o‘qituvchi hamisha yodda saqlashi va 
doimo o‘z tarbiyaviy tadbiq etmog‘i darkor. 
  Tarbiya jarayonining asosi bo‘lgan ijtimoiy-foydali faoliyat o‘quv mehnatini ham, unumli 
mehnatini ham, jamoatchilik asosidagi mehnatini ham, ishdan tashqari paytdagi ijtimoiy faoliyatini 
ham o‘z ichiga oladi.  
    Ijtimoiy  foydali  faoliyat  jarayonida  o‘quvchilar  o‘rtasida  muomalaning  xil-xilma 
shakllari  tarkib  topadi,  shaxsning  ijtimoiy  qimmati  vazifalari  rivojlanadi.  O‘quvchilar  ijtimoiy 
foydali mehnatning har xil turlarida qatnashib, aslida jamiyat ishlariga kirishib boradilar, jamiyatda 
muayyan  o‘rnini  egallaydilar.  Yigit  va  qizlar  ijtimoiy  mehnatga  qo‘shilib  o‘zlarining 
ahamiyatlarini,  jamiyatga  foydali  ekanligini  his  qiladilar.  Faoliyat  jarayonida  vujudga  keladigan 
munosabatlar  o‘quvchilar  zimmasiga  jiddiy  vazifalarni  yuklab,  ularning  xulq  atvoriga,  shaxs 
xislatlariga  nisbatan  yuksak  talablar  qo‘yadi.    O‘qituvchining  o‘quvchilar  ijtimoiy  foydali 
faoliyatini  tashkil  etish  sohasidagi  ishning  muhimligi  ham  ana  shundan  kelib  chiqadi.  U 
o‘quvchilarni ana shunday faoliyatning har xil turlariga jalb qilibgina qolmay, eng muhimi, ularda 
ana  shu  faoliyatga  munosabatni,  shuningdek  faoliyat  jarayonida  tarkib  topadigan  o‘quvchilar 
o‘rtasidagi  munosabatlarini  tarbiyalashi  lozim.  Ta’lim  jarayoniga  nisbatan  tarbiya  jarayonining 
o‘ziga xos xususiyati shundaki, bunda asosiy vazifa - faoliyat usullarini egallashdan iborat bo‘ladi.  
Shaxs yaxlit zot bo‘lib, uning har bir xislati boshqa xislatlari bilan chambarchas bog‘liqdir. 
Shu  sababli  insonni  qismlarga  ajratib  tarbiyalab  bo‘lmaydi.  Bu  esa  tarbiya  vazifalarini,  avvalo 
o‘quvchilarning  g‘oyaviy-siyosiy,  mehnat  va  axloqiy  tarbiyasi  vazifalarini  hal  etishga  kompleks 
yondoshishni talab qiladi.  
Tarbiyaga  kompleks  yondoshish  -  tarbiyaviy  ta’sirning  barcha  shakllarini  shunchaki 
umumlashtirish emas, balki har tomonlama kamol topgan shaxsni shakllantirish vazifalarini yaxlit 
hal etish prinsipidir.  
Maxsus  faoliyat  sifatida  tarbiya  favqulotda  va  stixiyali  ta’sirlardan  muayyan  dasturga,  ongli 
maqsadga  ega  bo‘lganligi,  ta’sirning  maxsus  ishlangan  va  asoslangan  vositalari,  shakllari  va 
usullarini qo‘llanish bilan farq qiladi.  
Tarbiyaning muayyan maqsadlari yosh ishchida qanday fazilatlar tarbiyalanishi, uning shaxsining 
mazmuni aniq qanday  bo‘lishi haqidagi ravshan tasavvurdan kelib chiqadi. Mana shu  fazilatlarni 
aniq  belgilash  tarbiyaning  asosiy,  eng  muhim  maqsadlarini  belgilash  demakdir.  Ilmiy-metodik 
adabiyotni  va  o‘qituvchilar  tarbiyaviy  ishida  vujudga  kelgan  tajribani  umumlashtirib,  ishlab 
chiqarish  ta’limi  va  ishlab  chiqarish  tajribasi  jarayonida  o‘quvchilarda  shakllantiriladigan  asosiy 
fazilatlarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi. 
g‘oyaviy-siyosiy tarbiya fazilatlari va xususiyatlari
mehnatga  hayotiy  zarurat,  jamiyatda  o‘zini  qaror  toptirishning  asosiy  usuli  sifatida  munosabatda 
bo‘lish; 
ishlab  chiqarish  samaradorligini  oshirish,  ish  sifatini  yaxshilash  uchun  kurashda  o‘z  muayyan 
o‘rnini topadi; 
ishni  yaxshiroq,  tezroq,  puxtaroq,  tejamliroq,  bajarishga  intilish  va  uning  yo‘llarini  izlash  davlat 
mulkiga munosabat tejamkorlik, egalik tuyg‘usi tashabbuskorlik; 
yuksak burch tuyg‘usi; o‘z ishi natijalari uchun mas’uliyat; 
axloqiy fazilatlar: 
ijtimoiy burchga ongli munosabat; ongli ahloq va mehnat intizomi
jamoatchilik, o‘zaro yordam, kattalarga hurmat, insonparvarlik; 


 
104 
halollik,  haqqoniylik,  o‘ziga  talabchanlik,  vijdonlilik,  mas’uliyat,  so‘zining  ustidan  chiqish, 
intizom, kamtarlik;  
qo‘yilgan maqsadlarga erishishda iroda, qat’iyat va sobit qadamlik. 
Kasb-hunar  kollej  ta’lim  muassasalarida  tarbiya  jarayonini  nazorat  qilish  o‘quv  yurtining 
rahbariyati (O‘quv yurti direatori, direktorning ma’naviy – ma’rifiy ishlar bo‘yicha muovini,guruh 
murabbiylari)
 
tomonidan  amalga  oshiriladi.  Bu  ish  pedagogik  jamoaga  rahbarlik  qilishning 
ma’lum  bir  shakli  hisoblanib,  unda  ta’lim-tarbiya  ishini  takomillashtirishga  oid  hujjatlarga 
asoslaniladi. 
Tarbiyaning  samaradorligi  tarbiyaviy  ish  usullarini  to‘g‘ri  tanlash  va  tadbiq  etishga  hal  qiluvchi 
darajada  bog‘liqdir.  Pedogogikada  tarbiya  metodlari  quyidagi  guruppalarga  ajratiladi:  faoliyatni 
tashkil  etish  va  ijtimoiy  xulq-atvor  tajribasini  shakllantirish  metodlari;  xulq-atvor  va  faoliyatni 
rivojlantirish metodlari. KXK larda o‘quvchilarni tarbiyalash va tarbiya jarayonini nazorat qilishga 
bir qancha talablar qo‘yiladi 

Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish