3. Nazorat va baholash bo‘yicha vazifalari.
Ta’lim tarbiya jarayonini bashqarish va nazorat qilishda quyidagilar kasb ta’limi
o‘qituvchisiga xos bo‘lishi kerak:
1)Yuqori g‘oyaviylik. O‘qituvchi o‘sib kelayotgan avlodning tarbiyachisidir. U
o‘quvchilarni milliy istiqlol g‘oyalari ruxida tarbiyalashi kerak.
2) Yuqori texnika malaka. Masalan, ta’limi jarayonida o‘quvchilar o‘zlari tanlagan
mutaxassislikka oid o‘quv yurtining talablari bu mutaxassisliklarga oid bilim va ko‘nikmalarni
egallaydilar. Shu munosabat bilan oliy o‘quv yurtining talablari bu mutaxassisliklarga oid kabiy
bilimlar asoslarini egallashlari xamda keyingi amaliy faoliyat jarayonida o‘z maxorati darajasini
uzluksiz oshira borishlari kerak.
3) Yuqori psixologik-pedagogik tayyorgarlik. Kasb ta’limi o‘qituvchilarining o‘zi bilim va
malakalarni yuksak saviyada egallabgina qolmay balki o‘quvchilarda xam ma’lum malakalarni
tarkib toptirish uchun ularga bilimlar berish kerak. Bilim va malakalarni egallash jarayonining o‘z
qonuniyatlari bor, maktabdagi ta’lim shu qonuniyatlar asosida tashkil etiladi. Kasb ta’limi
o‘qituvchisi asixologiya, didaktika va boshqa fanlarning o‘quv jarayoniga asos bo‘ladigan muxim
qoidalarini chuqur o‘zlashtirib olishi kerak.
4)O‘z kasbiga muxabbat. O‘qituvchilik kasbining o‘ziga xos tomonlarini chuqur bilish, o‘z
kasbini faoliyatida erishgan yutuqlaridan zavqlanishi, qiyinchilarni yengib o‘tish uchun kuch va
imkoniyat topa olish kasb ta’limi o‘qituvchisining muxim fazilatlari qatoriga kiradi.
Kasb ta’limi o‘qituvchisi oliy o‘quv yurtidagi tayyorgarligi xar qancha asosli bo‘lsa xam, u
tugallangan xisoblanmaydi. Ma’lumki, xozirgi zamon ishlab chiqarish juda tez sur’atlar bilan
rivojlanmoqda. Mexnat qurollari, texnologik jarayonlar uzluksiz takomillashib bormoqda. Bu kasb
ta’limi jarayonida o‘z aksini topmog‘i kerak. Demak, kasb ta’limi o‘qituvchisi fan va texnika
soxasidagi taraqqiyotni uzluksiz kuzatib borishi, ulardan o‘quvchilarni tushunarli shakilda
xabardor qilib turishi kerak.
O‘qituvchilar kasb ta’limi jarayonida foydalaniladigan metodik vositalar majmuasi xam
o‘zgarmay qolmaydi. O‘z ishiga ijodliy yondoshuvchi o‘qituvchilar o‘quvchilarga ta’sir qilishning
yangi shakillarini, uzluksiz ravishda bilim, malaka va ko‘nikmalarni shakillantirishning yangi
usullarini topadilar. Yaxshi tajriba umumlashtiriladi va ko‘pchilikning mulki bo‘lib qoladi. Shunga
ko‘ra xar bir o‘qituvchi ilg‘or pedagogik tajriba yoritiladigan vaqtli matbuotni kuzatib borishi va
undan o‘z ishida foydalanishi kerak.
O‘quvchilarning moddiy ishlab chiqarish soxasida xayot va kasbga tayyorlanishda kasbiy
ta’lim o‘qituvchisi yetakchi rol o‘ynaydi. U o‘z mashg‘ulotlarida o‘quvchilarning turli kasblarga
bo‘lgan qiziqishini aniqlash va rivojlantirish lozim. Buning uchun gurux raxbarini, shu guruxda
ishlaydigan boshqa predmetlarning o‘qituvchilarnini va o‘quvchilarning ota-onalarini jalb qilish
kerak. Ular bilan muntazam uchrashib turish va suxbatlashish bu gruppadagi o‘quvchilarni
yaxshiroq bilish, ularning qiziqishlari va yakka xususiyatlari bilan tanishish imkonini beradi.
Kasb ta’lim o‘qituvchisi o‘quvchilarni baxolashda, ish joyini tashkil etishda, topshiriqlarni
bajarishda mustaqillikni tarbiyalashi, shaxsning xalollik, kamtarlik, qat’iylik, dadillik, faollik,
sabo-matonat xislatlarini, o‘rtooqlik, do‘stlik, ma’suliyatini sezish xissi va xokozolarini tarkib
toptirish lozim. Buning uchun birqancha vazifalarni bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |