19-Mavzu: Kasb ta’limi dual tizimi.
Reja:
1. Kasb-hunar ta’imini bevosita ishlab chiqarish jarayonlari bilan bog‘lash.
2. Ta’limni ishlab chiqarish orqali amalga oshirish shakllari turlari.
3. O‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi bitiruvchilar ishlab chiqarish moslashuvchanligi.
1.
Kasb-hunar ta’imini bevosita ishlab chiqarish jarayonlari bilan bog‘lash.
Jahonda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarning ijobiy tomonlarini hisobga olib hayotga tadbiq
qilish bizning asosiy siyosatimizdir. Bu borada hamkorlikning o‘rni muhim. Kadrlar tayyorlashda
eng avvalo so‘nggi paytlarda bizning hayotimizga kirib kelayotgan mehnat bozori talablari
tushunchasini hisobga olish muhim o‘ringa ega.
Mehnat bozori xalq xo‘jaligining turli sohalari uchun malakali kadrlarni talab qiladi. Unda
oddiy mutaxassisdan, to yirik tashkilotchi rahbarlargacha barchasi uchun talab o‘zi egallab turgan
lavozimiga mos malakaga ega bo‘lishi hisoblanadi. Kasbiy malakaga ega bo‘lish esa
respublikamizda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, oliy ta’limdan keyingi ta’lim va
malaka oshirish orqali amalga oshiriladi. Mamlakatimiz mustaqilligi fuqarolarimizga o‘zining
malakasini oshirishga faqatgina respublikamiz hududida emas, balki jahonning barcha joylaridagi
ta’lim muassalarida xalqaro hamkorlik orqali erishish imkoniyatini yaratib berdi. Biz bu borada
Olmoniya ta’lim muassasalari tajribasi haqida to‘xtalmoqchimiz.
Olmoniyada yoshlar ikki turdagi kasb-hunarga tayyorlanadi. Aksariyat yoshlar o‘zlari
tanlagan kasb-hunar tayyorgarligini qishloq xo‘jalik yoki sanoat tashkilotlarida, savdo-sotiq
sohalarida, boshqarmalarda, sog‘liqni saqlash muassasalarida, advokatura idoralarida,
devonxonalarda yoki jamoat xizmati joylarida oladi. Ayni paytda o‘qish davomida o‘quvchilar
kasb-hunar maktablariga qatnab nazariy bilimga ega bo‘ladi.
Germaniyada kasb — hunar ta’limining dual tizimini quyidagicha rasmda ifodalash
mumkin:
Qator ixtisosliklar, masalan, sog‘liqni saqlash yoki ijtimoiy sohalarda o‘qish faqat bitta
maktabda olib boriladi (maxsus ta’lim muassasasida yoki maxsus kasb-hunar maktablarida). Bu
maktab kasb-hunar o‘qitish deb ataladi. Hozirgi paytda yoshlar orasida ofis (idora) xodimi
ixtisosligi bo‘yicha o‘qitiladigan kasb-hunar maktablarida o‘qish ishtiyoqi kuchli bo‘lib, ularda
tanlov asosida amalga oshiriladi.
Ayni paytda metallarga ishlov berish, qurilish va mehmonxona restoran xizmat sohalari
bo‘yicha o‘qish uchun o‘rinlar bemalol. Shuni qayd qilish lozimki, barcha kasb-hunarli yoshlar
davr talabiga ko‘ra o‘z bilim malakalarini doimiy oshirib borishlari zarur.
Germaniya Federativ Respublikasida aksariyat yoshlar deyarli tengqurlarning to‘rtdan uch
qismi ishlab chiqarish kasb-hunar ta’limini o‘taydilar.Ular o‘zlari tanlagan kasb-hunarlarini
korxona sharoitiga maksimal yaqinlashtirilgan sharoitda «dual tizim» asosida egallaydilar.
1-rasm
85
Do'stlaringiz bilan baham: |