32
tashkiliy darajaga ko‘tarish rejalashtirilmoqdaki, busiz xalq xo‘jaligini texnik rekonstruksiyalash
mumkin emas.
Ishlab chiqarishni intensivlashtirishda, xo‘jalik masalalarini oqilona hal qilishda rejalashtirish
katta rol o‘ynaydi. Rejalashtirish – zamonaviy sharoitda xalq xo‘jaligini boshqarishning markaziy
zvenosidir. Xalq xo‘jaligi rejalarining bir qancha turlari mavjud bo‘lib, besh yillik va yarim yillik
rejalardir. Har qanday korxona faoliyati rejaga asoslanadi. Yuqori tashkilotlar (vazirliklar,
idoralir)korxonalar rejalarining faqat eng zarur ko‘rsatkichlarini: mahsulot ishlab chiqarish hajmi va
muddati, buyumlarining asosiy turlari hamda boshqa ba’zi narsalarni tasdiqlaydi.
Qishloq xo‘jaligi korxonalari uchun qishloq mahsulotlarini xarid qilishda erkinlik va davlat
rejalari belgilanadi. Xo‘jalik va turli ekiladigan maydonlarini, chorva mollari boshini, har xil ishlarini
amalga oshirish muddatlarini o‘zlari mustaqil holda rejalashtiriladi.
Korxona xo‘jalik hisobi sharoitida muvaffaqiyatli ishlashi uchun mehnatni yaxshi tashkil
etish, tejamkorlikning g‘oyat jiddiy rejimi zarur. Bundagi vazifa xom-ashyo, materiallar, yoqilg‘i,
elektro-energiya, yer-mulk va ishchilardan kam miqdorda foydalanib ko‘p mahsulot olishdan iborat
bo‘lib, ishlab chiqarishdagi tejamkorlik rejimining ma’nosiham shundadir. Bu rejim oddiy
narsalardan vujudga keladi.
Ishlab chiqarishda buyumlarni kam material ketadigan qilish, qimmat tabiiy materiallar
o‘rniga sun’iy materiallar ishlatish, buyumlarning chidamliligini oshirish, kam chiqindiligi, resurslari
iqtisod qiladigan texnologiyani joriy etish orqali materiallarni tejashga erishiladi.
Har bir ishchining ish vaqtidan rasional va to‘liq foydalanish – ishlab chiqarishdagi
tejamkorlik rejimini kuchaytirishning asosiy shartlaridan biridir. Ish vaqti bunday foydalanish bir
yo‘la ko‘p mahsulotlar tayyorlash, shu orqali uning tan narxini arzonlashtirish va korxonaning
foydasini ko‘paytirish imkonini beradi.
Ish vaqti mehnat sarflanishning eng muhim o‘lchovidir. Mehnat sarflashning samaradoligi –
mehnat unumdoligidir. U vaqt birligi ichida tayyorlangan buyumning miqdorida o‘z ifodasini topadi.
Mehnat unumdorligi anchagina omillarga, ya’ni texnika va ilg‘or texnologiyani joriy etishga,
ishlarni sifatli tashkil qilishga, mehnat intizomini mustahkamlash, ishchilarni malakasini oshirish va
hokazolar orqali sarflanadigan ish vaqtini qisqartirishga bog‘liq. Mehnat unumdorligini oshirish
iqtisodiy o‘sish va xalq farovonligini yuksalishining asosiy omillaridir.
Kichik biznesning davlat tomonidan qo‘llab – quvvatlanishi quyidagi tarkibiy
qismlarni o‘z ichiga oladi: byudjet orqali bevosita yordam puli. Pul hajmi kichik biznes sug‘urta
qilinmagan zararlarni qoplash uchun belgilangan bo‘lishi kerak. Yordam puli innovasiyaning
xavfli loyihalarini qoplaydi va katta biznes talab qilmaydigan mahsulot turlarini ishlab chiqarishni
kuchaytiradi.
Davlat bank kreditlarni olishda kafil sifatida chiqadi. Shuning uchun mayda biznesga kredit
olish ancha yengilroq kichik biznes soliq imtiyozlariga ega bo‘lishi kerak. Agar firma ijtimoiy
tarmoqqa yoki ishlab chiqarish rivojlanishiga ajratilgan mablag‘ini ko‘paytirsa, soliq solinadigan
ulushni qisqartirishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: