Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan


 Kasb-hunar ta’limi sohasida ijtimoiy hamkorlarining asosiy turlari



Download 1,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet182/195
Sana01.01.2022
Hajmi1,89 Mb.
#303197
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   195
Bog'liq
kasbij pedagogika

2. Kasb-hunar ta’limi sohasida ijtimoiy hamkorlarining asosiy turlari. 

 
ish beruvchilar; 

 
xodimlarning birlashmalari (kasaba uyushmalari, jamoat tashkilotlari); 

 
davlat boshqaruvi organlari, shu jumladan bandlik xizmati.
 
O‘quv  muassasasi  darajasida  ushbu  ro‘yxat  ta’lim  xizmatlari  bozorining  subyektlari 
hisobiga  to‘ldiriladi.  YA’ni,  biz  faqat  ishlab  chiqarish  korxonalarini  va  mehnat  bozorini  tartibga 
soluvchi  institutlarnigina  emas,  balki  boshqa  ta’lim  muassasalarini,  shu  jumladan,  ta’limning 
boshqaruv organlarini ham kasb-hunar kollejining ijtimoiy hamkorlari  sifatida qarashimiz kerak. 
Shu tariqa, ta’lim muassasasi darajasida ijtimoiy hamkorlarning ikki toifasi, ikki turi 
haqida  gapirish  mumkin:  mehnat  bozori  vakillari  va  ta’lim  xizmatlari  bozorining  vakillar i. 
Bunday bo‘linish prinsipal xususiyatga ega bo‘lib, faqat o‘zaro hamkorlikning xususiyati va 
usuligina  emas,  balki  ana  shu  hamkorlik  davomida  amalga  oshiriluvchi  manfaatlar  tizimi 
ham turlanish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. 
An’naviy  ravishda  ish  beruvchilar  har  doim  kasb-hunar  kollejining  asosiy  hamkori 
sifatida  qaralgan,  chunki  ular  o‘quv  muassasasi  «mahsuloti»  ning  asosiy  iste’molchilari 
hisoblanadi  va  ta’lim  muassasasining  rivojlanish  istiqboli  ko‘p  jihatdan  ularga  bog‘liq. 
So‘nggi  paytlarda  mehnat  bozorida  paydo  bo‘layotgan  ishlab  chiqarish  korxonalarining 
turli–tumanligi  ijtimoiy  hamkorlik  tizimini  yaratish  bo‘yicha  ish  boshlayotgan  kasb-hunar 
kollejining vazifasini murakkablashtiradi. 
Ish  beruvchilar  bilan  ishni  rejalashtirishda  faqat  korxonaning  mulkchilik  shaklini,  uning 
mehnat bozoridagi o‘rnini emas, balki  mazkur korxona ishlayotgan iqtisodiyot sektorining o‘zini 
ham  rivojlanish  istiqbollarini  hisobga  olishi  zarur.  Faqat  ushbu  muammoning  muhimligini 
tushunganlargina  bu  borada  faollikni  to‘xtatmadilar,  aksincha  o‘zlarining  ta’lim  tuzilmalarini, 
o‘quv  markazlarini  tashkil  etib,  o‘z  xodimlarini  kurslarga,  stajirovkalarga  yuborib,  kadrlar 
tayyorlashni  jadallashtirdilar.  Ta’lim  boshqaruvi  davlat  organlari  standartlar  ishlab  chiqish  orqali 
kasb-hunar  ta’limini  rivojlantirish  siyosatini  belgilaydi  va  o‘quv  muassasasi  rioya  qilishi  lozim 
bo‘lgan  qoida  hamda  meyorlarni  aniqlaydi.  Davlatning  kasb-hunar  kollejlari    oldiga  qo‘yadigan 
asosiy  talabi-bu  standartni  bajarish  va  ta’lim  xizmatlari  sifatini  ta’minlashdir.  Davlat  organlari 
bilan  o‘zaro  hamkorlikning  bo‘lmasligi  kasb-hunar  kollejining  faoliyat  ko‘rsatishida  uzilishga 
sabab bo‘ladi, mehnat bozorida ham, ta’lim xizmatlari bozorida ham uning mavqeini zaiflashtiradi. 
O‘z  navbatida  davlat  boshqaruvi  organlarining  kasb-  hunar  kollejlari    bilan  hamkorlik  tizimida 
ishlashining  yangi  sharoitlari  ularga  ta’lim  xizmatlari  bozorining  asosiy  hamkorlari  faoliyatini 
muvofiqlashtirish, kadrlar tayyorlashni rejalashtirish va tashkil etishi bo‘yicha alohida mas’uliyat 
yuklaydi. 
Bandlik xizmati bilan hamkorlikning ijobiy tajribasi mehnat bozorini birgalikda o‘rganish va 
tahlil qilish, korxonalarning ehtiyojlarini taxmin qilish hamda ishsizlarni qayta tayyorlash bo‘yicha 
ta’lim muassasalarining bazalaridan foydalanishdan iboratdir. 
Ta’lim  muassasalari  bilan  bandlik  xizmati,  mahalliy  hokimiyat  organlari  o‘rtasida  mavjud 
bo‘lgan ularning yangi sharoitlarda ta’lim muassasalari ishining sifatiga ishonchining yo‘qolishiga, 
kasb-hunar  ta’limi  tizimining  obro‘sining  tushib  ketishiga  asoslangan  ziddiyatlar  kasb-hunar 
ta’limining bundan keyingi taraqqiyoti ko‘p jihatdan ularga bog‘liq bo‘lgan eng asosiy hamkorlar 
o‘rtasida muloqotning yo‘qligidan dalolat beradi. 
Mehnat  bozorining  subyektlari  bo‘lgan  jamoat    tashkilotlariga  tadbirkorlarning 
assosiasiyalarini  turli  korxonalarni  va  kasaba  uyushmalarini birlashtiruvchi  birlashmalarini  kiritish 
mumkin.  Afsuski,  ijtimoiy  hamkorlarning  ushbu  toifasi  hozircha  ta’lim  siyosatini  shakllantirishda 
faollik  ko‘rsatmayapti.  Sheriklarning  ushbu  toifasi  bilan  hamkorlikni  rivojlantirish  jamiyatdagi 
ijtimoiy  keskinlikni  yumshatishga,  ularning  kasb-hunar  ta’limini  tashkil  etishidagi  mas’uliyatini 
oshirishga,  kasb-hunar  ta’limiga  oid  qonunchilik  jarayonlariga  ta’sirini  kuchaytirishga  xizmat 
qilgan bo‘lar edi. 


 
126 
Jadal  rivojlanayotgan  ta’lim  xizmatlari  bozori  kasb-hunar  ta’limi  o‘quv  muassasasini 
mazkur bozorning ichida muloqotni yo‘lga qo‘yishga, aloqalarni mustahkamlashga rag‘batlantiradi. 
Boshlang‘ich, o‘rta va oliy kasb-hunar ta’limi muassasalari hamda davlat va nodavlat muassasalari 
o‘rtasidagi  hamkorlik  tajribasi  keyingi  paytlarda  kasb-hunar  tayyorgarligining  turli  darajalarida 
yuzaga kelgan va o‘tkirlashib borayotgan ziddiyatlarni hal etishiga urinishdir. 
Hamkorlikning  tashkiliy  shakllari  ijtimoiy  sheriklar  bilan  o‘zaro  birgalikda  faoliyat 
ko‘rsatishning  ancha  yuqori  darajasi  hisoblanadi.  Ular  maxsus  vakolatlarga  ega  bo‘lgan 
hujjatlariga  hamda  belgilangan  tartibda  tasdiqlanadigan  boshqa  tartibga  soluvchi  hujjatlarga 
asoslanib  faoliyat  ko‘rsatuvchi  tashkiliy  tuzilmalarni  yaratishni  taqozo  etadi.  Odatda  bular  ta’lim 
muassasalaridan  tashqari  ta’limning  boshqaruv  organlarini,  bandlik  xizmati,  ish  beruvchilar, 
kasaba  uyushmalarini  o‘z  ichiga  oluvchi  Kengashlar  (maslahat,  kasb-hunar,  vasiylik)  va 
boshqalardir,  kengashlar  faoliyatining  barcha  yo‘nalishlarini  shartli  ravishda  ikki  quyidagi 
yo‘nalishlarda  guruhlashtirish  mumkin:  maslahat  va  vasiylik.  Shunga  muvofiq  ravishda  ijtimoiy 
hamkorlik  tashkiliy  tuzilmalarining  asosiy  turlari  deb  Maslahat  va  Vasiylik  kengashlarini 
ko‘rsatish mumkin. 
Kasb-hunar  ta’limida  ijtimoiy  hamkorlik  tizimini  rivojlantirishning  obyektiv  zaruratiga  va 
bundan  umumiy  manfaatdorlikning  yaqqol  ko‘rinib  turishiga  qaramay  mazkur  tizimning  vujudga 
kelish jarayoni hozircha juda sust borayapti va bir qator qiyinchiliklarga duch kelmoqda. 
Hozirgi  sharoitlarda  kasb-hunar  ta’limida  ijtimoiy  hamkorlikning  rivojlanishiga  halaqit 
berayotgan  yoki  uning    rivojlanishga  xizmat  qilmaydigan  muammolarni  shartli  ravishda  ikkita 
katta guruhga bo‘lish mumkin: tashqi  sharoit bilan bog‘liq muammolar va ta’lim muassasasining 
ichki muammolari. Muammolarning birinchi guruhi tashqi muhit omillarining ta’siri tufayli taqozo 
etilgan va ulardan ta’lim muassasasi uchun belgilovchi ahamiyatga molik omil kasb-hunar ta’limi 
sohasida  davlat  tomonidan  milliy  va  mintaqaviy  darajalarda  o‘tkazilayotgan  siyosatdir.  Tashqi 
omillarning ta’siri obyektiv bo‘lib, ta’lim muassasalari tomonidan tartibga soluvchi ta’sirga juda oz 
bo‘ysunadi. 
Ijtimoiy  hamkorlikni  tashkil  etishning  ichki  omillari  jumlasiga  to‘g‘ridan  to‘g‘ri  ta’lim 
muassasasining  o‘ziga,  uning ta’lim xizmatlari bozorida  o‘zining  yangi mavqeini anglab  yetishga 
va  qabul  qilishga,  eng  avvalo,  kasb-hunar  ta’lim  rivojining  mehnat  bozori  talablarini  qondirishga 
qaratilgan  yangi  paradigmasini  qabul  qilishga,  ikki  yoqlama  va  ko‘p  yoqlama  aloqalarni  yo‘lga 
qo‘yish  ijtimoiy  hamkorlikning  tashkiliy  tuzilmalarini  shakllantirish  jarayoniga  faol  ishtirok 
etishga tayyor ekanligiga bog‘liq. 

Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish