101
1.Kasb-hunar ta’limida ta’lim-tarbiya jarayonini nazorat qilishning maqsad va
vazifalari.
Har qanday ta’lim-tarbiya muassasalari faoliyati va uni nazorat qilishning maqsadlari bir-
birini taqozo etuvchi va uzviy aloqador: ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarni ko‘zda
tutadi. Bu maqsadlar bir-birlari bilan uzviy aloqadorligi sababli ularning har birini shartli ravishda
alohida-alohida quyidagicha ko‘rsatish mumkin:
I. Ta’limiy maqsad - mavzu bo‘yicha o‘quv materiali mazmuniga ko‘ra aniqlanib,
o‘quvchilarda o‘rganilayotgan obyektning muhim xususiyat (jihat)lari, namoyon bo‘lish shakllari
haqida bilim va ulardan amaliyotda (kasbiy faoliyatda yoki umuman hayotda) foydalanish
bo‘yicha ish-harakat usullarini shakllantirishni ko‘zda tutadi.
II.
Tarbiyaviy maqsad - o‘rganilayotgan obyektni jamiyat va tabiat hayoti, manfaati
uchun qanday ahamiyatga egaligini ko‘zda tutib, o‘quvchi shaxsida shakllanishi lozim bo‘lgan
shaxsiy (ijobiy va salbiy) xislat hamda fazilatlarni ko‘zda tutadi.
III. Rivojlantiruvchi maqsad - tahsil oluvchining dasturiy materialni o‘zlashtirishi natijasida
bilimi, tajribasi, odob-ahloqi va shu kabi shaxsiy fazilatlarini rivojlantirish bilan
bir vaqtda mantiqiy tafakkur (fikr yuritish) qobiliyatlariningshakllantirilishini ko‘zda tutadi. Fikr
yuritish o‘rganilayotgan obyektni muhim o‘ziga xos xususiyatlarini anglab olish idrok
etish va mushohada yuritish uchun diqqatni qaratilishini talab etadi.
Ta’lim-tarbiya ishini o‘quvchilarning yoshi va boshqa individual xususiyatlariga ko‘ra
tashkil etish — individual va tabaqalashgan yondoshuv) bu sohadagi muhim masala bo‘lib,
maqsadga erishish shart-sharoitlari, metodlari, vositalarini tanlashga imkon beradi.
Ta’lim-tarbiya ishida quyidagilar hisobga olinmog‘i zarur:
1.
Ta’lim-tarbiya ishini yakka va jamoaviy shakllarini uyg‘unlashtirish.
2.
Har bir o‘quvchining kuchli va kuchsiz jihatlarini hisobga olish va undan oqilona
foydalanish.
3. Har
bir
o‘quvchiga
mos
keladigan
vazifalarni
berib
o‘z
kuchiga ishontirish.
4.
O‘quv
masalalarining
muammolilik
va
qiyinlik
darajasini
asta-sekinlik bilan oshirib borish.
5. Mashg‘ulotlarda barcha o‘quvchilarning faolligiga erishish.
6.Ko‘zlangan
umumiy
maqsadga
har
bir
o‘quvchining
o‘z
kuchi
bilan
erishish
shart-sharoiti
metodlari
va
vositalarini
oldindan topish.
7. Dars vaqtidan unumli foydalanishga erishish.
8. O‘zlashtirilgan bilim va ish-harakat usullarini mustahkamlash va qo‘llash maqsadlarida
o‘quvchilarni ijodiy mustaqil ishlarini tashkil etish va shu kabilar.
Do'stlaringiz bilan baham: