Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan


Tarbiyaviy  ta’sirning  birligi



Download 1,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/195
Sana01.01.2022
Hajmi1,89 Mb.
#303197
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   195
Bog'liq
kasbij pedagogika

Tarbiyaviy  ta’sirning  birligi
.  Bu  prinsip  tarbiyaga  daxldor  bo‘lgan  barcha  shaxslar, 
tashkilotlar,  ijtimoiy  institutlar,  pedagogik  ta’sirni  o‘zaro  to‘ldirgan  holda,  birlashib  xarakat 
qilishlari  tarbiyalanuvchilarga  kelishilgan  holda  talablar  qo‘yishlari,  bir-birlari  yordam  berishlari 
talab etiladi. 
2.O‘quvchilarni o‘rganishning pedagogik-psixologik metodlari. 
Tarbiyaviy  tizimining  eng  asosiy  tashkil  etuvchilaridan  biri  –  bu  shaxsni  ijodkorlikka, 
mustaqillikka, insonparvarlikka, o‘zini qadrlay bilimsh va o‘zgalarga urmat qilishga o‘rgatishdir. 
Tarbiyaviy tizim asosiga insonparvar psixologiya va pedagogika tamoyillari qo‘yiladi. 


 
97 
 Tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning ustivor yo‘nalishlari quyidagilar hisoblanadi: 

 
o‘quvchilarning  qiziqishi-xohishiga  qarab  ta’lim  muassasasi  va  undan  tashqarida  tashkil 
etilgan turli xil uyushmalarga jalb etish

 
o‘quvchilar ishtirokida muntazam ravishda har xil ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish; 

 
fan  to‘garaklar,  texnik  yo‘nalishdagi  to‘garaklar  va  amaliy  ijodkorlik  mazmunini 
o‘zgartirish; 

 
badiiy-estetik birlashmalarni tashkil etish va rivojlantirish

 
ta’lim  muassasasi  faoliyatini  demokratlashtirish  asosi  sifatida  o‘z-o‘zini  boshqarishni 
rivojlantirish. 
 Ta’lim  muassasasida  ma’naviy-ma’rifiy  ishlar  bo‘yicha  o‘rinbosari,    guruh  rahbari,  
muhandis-pedagoglar, tarbiyachilar o‘quvchi  yoshlarni  tarbiyalashda asosiy shaxslar hisoblanadi. 
Ular  o‘quvchi  yoshlarning  individual  xususiyatlarini,  hayot  sharoitini  o‘rganadi  va  tahlil  etadi, 
o‘quvchilar  jamoasining  rivojlanishi  borasida  bashorat  qiladi,  ular  shaxs  sifatida  o‘z-o‘zini  
belgilashga yordam beradi. 

 
O‘quv-tarbiyaviy 
jarayonida 
yuritiladigan 
asosiy 
hujjatlardan 
biri 
bu 
o‘kuvchilarching  psixologik  pasporti  -  xarakteristika.  Ta’lim  muassasasida  har  bir  o‘quvchining 
psixologik pasporti bo‘lishi lozim. Uni muntazam ravishda to‘ldirilib borilishi tarbiya jarayonida 
ishtirok etuvchi har qanday shaxs (ma’naviyat-ma’rifat ishlari  bo‘yicha direktor o‘rinbosari, guruh 
rahbari,  muhandis-pedagog,  tarbiyachi  o‘quvchi)  ning  refleksiv  madaniyatini  oshirishga  xizmat 
qiladi. Pasport  xarakteristikada qayd   etiladigan ma’lumotlar uchta  manba orqali olinadi kuzatish 
va o‘quvchilar bilan suhbatlashish hujjat (shaxsiy varaqalar, tibbiyot ko‘rigi, kartalar, jurnallar va 
boshqalar) bilan test savollari  treninglar o‘tkazish orqali. Tarbiyaviy   masalalarni   hal  etishdagi  
qiyinchiliklar o‘quvchi-yoshlarning o‘smir   yoshi bilan bog‘liq muammolar, ularning jismoniy va 
ruhiy  o‘ziga  xosligi,  yoshlarning  norasmiy  guruhlari  ommaviy  axborot  vositalarining  o‘quvchi-
yoshlarning xulq-atvoriga ta’sirining yoritishi bilan belgilanadi. Bundan tashqari o‘smirlarga ta’sir 
ko‘rsatish borasida raqobatlarning kuchayganini ham nazardan chetda   qoldirib bo‘lmaydi. Bunda 
shubhasiz,  ota-onalar,  o‘qituvchilar,  tarbiyachilar  g‘olib  kelmog‘i  kerak.  Ta’lim  muammolarda 
o‘quvchi-yoshlarning ota-onalari bilan ishlashga katta o‘rin ajratiladi. Ota-onalar bilan muntazam 
ravishda psixolog suhbatlashadi va maslahatlashadi. Xolbuki, bunga doimiy ravishda ehtiyoj ortib 
bormokda.  Shuning  uchun  ota-onalar  lektoriyalarini  muntazam  (ravishda  psixolog  suhbatlashadi 
va  maslahatlashadi)  yo‘lga  qo‘yishga  muhimdir.  Pedagoglar  huquqni  muhofaza  etuvchi 
tashkilotlarning  xodimlari  va  boshqalar  ishtirokida  anjumanlar  tashkil  etish  yaxshi    samaralar 
beradi. O‘quvchilarga tarbiya berish va ular    shaxsni    rivojlantirishda adabiyotning tarbiyalovchi  
imkoniyatidan  foydalanishi  muhim        ahamiyatga  ega.  Badiiy  adabiyot  ta’sirida  o‘quvchilar 
shaxsini        shakllantirishning  o‘ziga  xos      jihati  shundan  iboratki,  bunda  ular  ijodiy  qobiliyatini, 
barcha  ma’naviy      imkoniyatlarini  namoyon  etish  imkoniga  ega  bo‘ladi.  Bundan  tashqari  
jamoaning  ijodiy  ishlari  metodikasi    bo‘yicha  tarbiyaviy          tadbirlar  o‘tkazish  o‘quvchilarning 
aqliy  imkoniyatlarini oshiradi. Jamoaning ijodkorlik ishlari deyilganda, ta’lim muammosida turli 
mavzular bo‘yicha har xil anjuman   yig‘ilishlar,   tadbirlar,   ma’naviy-ma’rifiy   ishlarni  tashkil   
etish          tushuniladi.  Shuningdek,  o‘qituvchi  va  o‘quvchilar  ishtirokida  turli  uyushma  yoki 
jamoatchilar tashkilotlari tuzilib,  ishlab chiqilgan  Nizomlar asosida tadbirlar o‘tkazish maqsadga 
muvofiq.  
Bizning  nazarimizda,    o‘quvchining    ta’lim-tarbiyasi  borasida  ushbu  maqsadlar  hozirgi 
zamon  o‘zbek    ta’limi    uchun      istiqbolli    hisoblanadi.  Darhaqiqat,  tarbiyalash  texnologiyalari 
borasida Vatanimiz  fani va amaliyotida  yetarli  darajada   katta  tajribalar   to‘planganini   e’tirof 
etmoq  zarur.    Demak,      ma’naviy    meros    va  uning  natijasi    o‘laroq,      ma’naviy      kamolot  
maqsadga erishish kafolatdir, desak xato bo‘lmaydi. Har qalay yosh avlodni oldindan belgilangan 
stereotiplar asosida shakllantirish payti o‘tdi. Hozirgi vaqtda o‘quvchilarni jamiyat rivojlanishining 
ijtimoiy-iqtisodiy    va  siyosiy  tendensiyalari  bilan  muntazam  tanishtirib  borish      o‘ta  muhimdir.   
Bu  ularning  o‘z   hayoti   yo‘lini  erkin tanlashga imkoniyat yaratadi. Demak, yangi maqsadlarga 
muvofiq holda o‘quv-tarbiyaviy   jarayonini tashkil etish   usullari ham o‘zgaradi.. 


 
98 
 O‘quvchilar  bilan  darsdan  tashqari      mashg‘ulotlar  va  muloqotlar  o‘tkazish  ularning   
jismoniy  ruhiy  rivojlanishi  va  ta’lim-tarbiyasi  uchun      muhim,  ko‘p  hollarda  esa,  hal  qiluvchi 
ahamiyatga ega bo‘ladi. 
 Tarbiyaviy    ishlar  darsdan    tashqari    faoliyat  bo‘lib,  tarbiyalamoq  o‘quvchi-yoshlarning 
faoliyatini tashkil qilmoq demakdir. 
 Zamonaviy  pedagogik  texnologiyalardan  foydalanish  tarbiyaviy  ishlarda      katta  samara 
beradi.  Texnologiya  -  bu      shaxsni  o‘qitish,  tarbiyalash  va  rag‘batlantirish  qonunlarini  o‘zida  jo 
qilgan  va  yakuniy  natijasini  harakatlaydigan  pedagogik    faoliyatdir.  Zamonaviy    pedagogik 
texnologiyalarda loyiha usulida    keng foydalanilmokda. Loyiha asosida o‘tkaziladigan ma’naviy-
ma’rifiy        ishlar  tarbiyaviy  ish      strategiyasini  butunlay  o‘zgartirib  yuboradi.  Loyiha  usullari-
maqsadga        yo‘naltirilgan  tarbiyaviy  faoliyat  bo‘lib,  maqsad  oldindan  belgilanadi.  Tarbiyaviy  
yoshlar loyihasi  bu    o‘quvchilarning ijodiy, ma’lum  darajada mustaqil faoliyati: 
•    bunda o‘quvchilarning o‘zlari bevosita ishtirok etishadi, ya’ni loyihani   ijro etish uchun 
zaruriy  material-ma’lumotlar to‘plashadi;  
•    tadqiqot-tadbirlar o‘tkazish  bo‘yicha farazlarni ilgari surishadi
•      tadbirlarni  amalda  tashkil  etish  -  o‘tkazishda      faoliyat  ko‘rsatishadi;  •      tadbirlarning 
ijtimoiy ahamiyatini bilishadi. 

Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish