Soliq solishning adolatlilik tamoyili. Soliq solishning adolatlilik tamoyiliga muvofiq,
soliqlar jamiyat tomonidan oqilona va adolatli deb tan olingan umumiy ob‘yektiv qoidalarga
binoan belgilanishi lozim. Adolatlilik tamoyili bir qancha asosiy guruhdagi soliq solish
tamoyillariga bo‘linadi. Bularni ikki guruhga bo‘lgan holda o‘rganish maqsadga muvofiqdir.
Bunda gorizantal va vertical adolatni bir-biridan farqlash lozim. Gorizantal adolat tamoyili
daromad olishning turli sharoitlarida soliq to‘lovchilarga nisbatan soliq solishning taxminan
teng shartlarini qo‘llashni nazarda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |