Guliston davlat universiteti kafedra "iqtisodiyot" soliq va soliqqa tortish



Download 9,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/241
Sana06.08.2021
Hajmi9,27 Mb.
#139553
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   241
Bog'liq
soliqlar va soliqqa tortish

Nazorat savollari: 
1.  Soliq elementlari tarkibiga nimalar kiradi? 
2.  Soliq solish ob‘yekti nima? 
3.  Soliq solish tamoyillarini ilk bora kim asoslab bergan? 
4.  Soliq solishning adolatlilik tamoyili mohiyatini ochib bering?  
3-asosiy savol bayoni: 
 
Soliqlarning funktsiyalari va vazifalari 
Soliqlarning  iqtisodiy  mohiyati  davlat  bilan  huquqiy  va  jismoniy  shaxslar  o‘rtasida 
vujudga  keluvchi  ob‘ektiv  majburiy  to‘lovlarga  asoslangan  moliyaviy  munosabatlar  orqali 
xarakterlanadi.  Bu  moliyaviy  munosabatlar  maxsus  ijtimoiy  xarakterga  ega  bo‘lib,  milliy 
daromadning  bir  qismi  bo‘lgan  pul  mablag‘larini  davlat  ixtiyoriga  safarbar  qilishga  xizmat 
qiladi. 


 
 
16 
 
Soliqlarning  mohiyati  ularning  bajaradigan  funktsiyalaridan  kelib  chiqadi.  Har  bir 
iqtisodiy kategoriyaning  o‘z funktsiyasi  mavjud. Soliq ham  mustaqil kategoriya sifatida o‘zi 
bajaradigan  funktsiyalarga  ega  bo‘lib,  bu  funktsiyalar  soliq  kategoriyasining  amaldagi 
harakatini ifodalaydi. Funktsiya deganda, odatda kategoriyaning hayotda ko‘p qaytariladigan, 
takrorlanadigan doimiy xarakatlarini tushunish lozim.  
Soliqlarning  funktsiyalari  to‘g‘risida  turli  xil  qarashlar  mavjud.  Sobiq  sotsialistik 
mamlakatlar  iqtisodchilari  o‘rtasida  soliqlar  ikki  funktsiyani  bajaradi,  degan  qarash  keng 
tarqalgan edi. Bu ikki funktsiya sifatida fiskal va nazorat funktsiyalari tan olinardi. Ularning 
fikriga ko‘ra eng asosiy funktsiya bu soliqlarning fiskal funktsiyasidir, chunki busiz nazorat 
funktsiyasining mavjud bo‘lishi mumkin emas.  
G‘arb  iqtisodchilari  ko‘pchiligining  nazariyalari  angliyalik  iqtisodchi  J.M.  Keynsning 
kontseptsiyasiga asoslanadi. By  kontseptsiyaga ko‘ra, soliqlar fiskal funktsiyasidan tashqari 
iqtisodiyotni  tartibga  solish,  rag‘batlantirish  va  daromadlarni  boshqarish  vositasi 
funktsiyalariga  ega,  soliqning  bu  funktsiyalari  uni  iqtisodiyotni  tartibga  solish  va  iqtisodiy 
barqaror o‘sishni ta‘minlash vositasi sifatida foydalanish zarurligidan kelib chiqadi. 
Neokeynschilik  yo‘nalishi  vakillari  bo‘lgan  L.  Xarrot,  N.  Kaldor,  A.  Xansen  va  P. 
Samuelsonlarning  fikriga  ko‘ra,  soliqlar  iqtisodiyotni  tartibga  solish  funktsiyasiga  ega.  Ular 
soliq  stavkalarini  o‘zgartirish  va  turli  imtiyozlar  berish  yo‘li  bilan  bu  funktsiyani  bajarish 
mumkin deb hisoblaydilar. 
Soliqlarning daromadlarni boshqarish funktsiyasi yuzaga kelishiga frantsuz iqtisodchisi 
E. De Jirardenning nazariyasi asos bo‘lgan. Bu nazariyaga ko‘ra, soliqlar yordamida soliqqa 
tortishning  progressiv  shkalasini  qo‘llash  yo‘li  bilan  jamiyat  a‘zolari  o‘rtasidagi  mulkiy 
tengsizlikka  barham  berish  mumkin.  Hozirgi  kunda  bu  nazariyaning  davomchilari  bo‘lib, 
amerikalik  iqtisodchilar  A.  Ilersik,  G.  Koul,  frantsuz  iqtisodchilari  M.  Klyudo,  J.  Furaste 
hisoblanishadi.  Ularning  fikriga  ko‘ra,  davlat  soliqlardan  va  transfert  to‘lovlaridan 
foydalanish yo‘li bilan jamiyat milliy daromadini kambag‘allar foydasiga qayta taqsimlaydi. 
Bu  nazariyalar  soliqlarning  daromadlarni  tartibga  solish  funktsiyasi  mavjud  degan  xulosa 
kelib chiqishiga sabab bo‘ldi
7

I. Malmiginning fikriga ko‘ra, soliqlar uch funktsiyani bajaradi, ya‘ni fiskal, taqsimlash 
va  rag‘batlantirish.  Uning  fikriga  ko‘ra  birinchi  funktsiya  davlat  daromadlari  manbalarining 
tashkil  topishi  bilan  bog‘liq,  ikkinchisi  huquqiy  va  jismoniy  shaxslarning  daromadlarini 
taqsimlashni nazarda tutadi. Rag‘batlantirish funktsiyasi turli imtiyozlar va engilliklar berish 
yo‘li bilan amalga oshiriladi.
8
 
O‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdiki, g‘arb iqtisodiy adabiyotlaridagi daromadlarni boshqarish 
funktsiyasi I. Malmiginda taqsimlash funktsiyasi sifatida namoyon bo‘lmoqda. 
Soliqlarning  funktsiyalari  ularning  mohiyatini  amaliyotda  harakat  qilayotganligini 
ko‘rsatadi.  Shunday  ekan,  funktsiya  doimo  yashab,  soliq  mohiyatini  ko‘rsatib  turishi  zarur. 
Bugun  paydo  bo‘lib  ertaga  yo‘q  bo‘lib  ketadigan  holatlar  soliq  funktsiyasi  bo‘la  olmaydi. 
Demak,    funktsiya  kategoriyasi  doimiy,  qat‘iy  takrorlanib  turadigan  voqelikni  ifodalaydi. 
Shunday uslubiy yondashishdan kelib chiqib soliqlar funktsiyasini aniqlash kerak. 
Soliqlarning  funktsiyalari  masalasida  katta  bahslashuvlar  mavjud,  lekin  yagona  bir 
fikrga 
kelingan 
emas.  Ko‘pchilik  iqtisodchilar  soliqlarga  fiskal,  boshqaruvchi, 
rag‘batlantiruvchi, nazorat funktsiyalari xos deb ta‘rif berishadi. 
Fikrimizcha,  soliqlarning  quyidagi  asosiy  funktsiyalarini  ajratib  ko‘rsatish  maqsadga 
muvofiqdir: 
1. Soliqning fiskal funktsiyasi. 
2. Tartibga solish funktsiyasi. 
3. Rag‘batlantirish funktsiyasi 
4. Soliqning nazorat funktsiyasi. 
                                                 

Download 9,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   241




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish