Soliq solish birligi- bu ob‘yektning o‘lchov birligi, masalan, daromad yoki mol-mulk
solig‘ida ob‘yektning o‘lchov birligi sifatida uning so‘mdagi bahosi ifodalansa, yer solig‘ida
o‘lchov birligi bo‘lib kv.m yoki gektar hisoblanadi.
Soliq stafkasi- soliq solinadigan bazaning o‘lchov birligiga nisbatan qonunchilik
tomonidan belgilab qo‘yilgan me‘yordir. Soliq stafkalari foizlarda yoki mutlaq summada
belgilanishi mumkin. Soliq stafkasi soliq elementlari ichida eng ko‘p amaliy ahamiyatga ega
bo‘lgan unsurdir. Chunki soliq stafkalarini o‘zgartirish orqali davlat xo‘jalik yurituvchi
sub‘yektlar faoliyatiga ta‘sir etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |