Soliq solish predmeti- soliq solinadigan daromad, oborot, mol-mulk va boshqalarga
bo‘lgan huquq emas, balki ularning o‘zidir, ya‘ni soliq solish ob‘yekti bo‘lib birorbir soliq
predmetiga bo‘lgan huquq tushunilsa, predmet bo‘lib ana shu egalik qilinadigan daromad, yer
uchastkasi, imorat va boshqalarning o‘zi tushuniladi. Soliq solish ob‘yekti yoki soliq solish
predmeti, unga kim egalik qilish huquqiga ega bo‘lsa, unda soliqni to‘lash majburiyati, ya‘ni
soliq sub‘yektini namoyon qiladi. Demak, aytishimiz mumkinki, soliq solish predmetiga
egalik qilish huquqi soliq ob‘yektini vujudga keltirsa, o‘z navbatida ushbu predmetga kimning
egalik qilishi soliq sub‘yektini yoki soliq to‘lovchini namoyon etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |