Guliston davlat universiteti kafedra "iqtisodiyot" soliq va soliqqa tortish


Yagona soliq to„lovi bo„yicha to„lovni kechiktirish tartibi hamda uning ahamiyati



Download 9,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/241
Sana06.08.2021
Hajmi9,27 Mb.
#139553
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   241
Bog'liq
soliqlar va soliqqa tortish

Yagona soliq to„lovi bo„yicha to„lovni kechiktirish tartibi hamda uning ahamiyati. 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 20 iyundagi ―Mikrofirmalar va kichik 
korxonalarni  rivojlantirishni  rag‗batlantirish  borasidagi  qo‗shimcha  chora-tadbirlar 
to‗g‗risida‖  PF-3620-son  Farmoniga  muvofiq  yangi  tashkil  etilgan  mikrofirma  va  kichik 
korxonalarga  yagona  soliq  to‗lovini  to‗lash  muddatini  kechiktirish  huquqini  berish  tartibi 
belgilangan. To‗lashni kechiktirish  yagona soliq  to‗lovi bo‗yicha soliq majburiyatini  to‗lash 
muddatini muayyan muddatga ko‗chirishni anglatadi. 
To‗lash  muddatini  kechiktirish  huquqini  olish  uchun  korxona,  yagona  soliq  to‗lovini 
to‗lashning  birinchi  muddati  boshlanishiga  ko‗pi  bilan  15  kun  qolganda,  unga  to‗lash 
muddatini  kechiktirish  huquqini  berish  to‗g‗risida  tegishli  tuman  (shahar)  davlat  soliq 
inspektsiyasiga belgilangan shaklda ariza topshiradi. 
Tuman (shahar) davlat soliq inspektsiyasi to‗lash muddatini kechiktirish huquqini berish 
to‗g‗risidagi arizani ariza kelib tushgan kundan boshlab 3 ish kuni mobaynida ko‗rib chiqadi, 
so‗ngra to‗lash muddatini kechiktirish  yoki rad etish to‗g‗risida qaror chiqarib, korxonaning 
taqdim etilgan arizasiga qabul qilingan qaror natijasining tegishli belgisini qo‗yadi. 
Tuman  (shahar)  davlat  soliq  inspektsiyasining  rad  etish  to‗g‗risidagi  qarori  quyidagi 
hollarda qabul qilinishi mumkin: 

 
to‗lash  muddatini  kechiktirish  huquqini  berish  to‗g‗risidagi  ariza  belgilangan 
shaklda taqdim etilmagan bo‗lsa; 


 
 
97 
 

 
to‗lash  muddatini  kechiktirish  huquqini  berish  to‗g‗risidagi  ariza  belgilangan 
muddatdan keyin topshirilsa; 

 
korxona yagona soliq to‗lovining to‗lovchisi hisoblanmasa. 
Yagona soliq to‗lovini to‗lash muddatini kechiktirish huquqini boshqa sabablarga ko‗ra 
rad etishga yo‗l qo‗yilmaydi. 
Korxona  arizada  ko‗rsatilgan  ma‗lumotlarning  to‗g‗riligi  (haqqoniyligi)  uchun  qonun 
hujjatlariga muvofiq javob beradi. 
To‗lash  muddatini  kechiktirish  huquqi  korxonaga  korxona  davlat  ro‗yxatidan 
o‗tkazilgan oyning 1-kunidan boshlab bir yilga beriladi. 
Misol uchun, agar korxona davlat ro‗yxatidan 15 yoki 25 yanvarda o‗tkazilgan bo‗lsa, 
mazkur  korxonaga  soliqni  to‗lash  muddatini  kechiktirish  huquqi  joriy  yilning  1  yanvaridan 
keyingi yilning 1 yanvarigacha bo‗lgan davrga beriladi. 
Korxonaning  xohishiga  ko‗ra  soliqni  to‗lash  muddatini  kechiktirish  huquqi  uning 
yozma arizasiga asosan bir yildan kam bo‗lgan muddatga berilishi mumkin. Korxona to‗lash 
muddatini  kechiktirish  huquqi  berilgan  davrda  boshqa  soliq  rejimiga  o‗tganida,  o‗tgan 
paytidan boshlab korxona to‗lash muddatini kechiktirish huquqidan mahrum bo‗ladi va unda 
qonunga  muvofiq  soliqlar,  yig‗imlar  va  boshqa  majburiy  to‗lovlarni  to‗lash  bo‗yicha 
majburiyatlar vujudga keladi. 
To‗lash muddatini kechiktirish yoki muddati kechiktirilgan to‗lov summasini so‗ndirish 
huquqi  berilgan  davrda  korxona  tugatilsa,  to‗lash  muddati  kechiktirilgan  to‗lov  summasi 
qonunda nazarda tutilgan tartibda to‗lanadi. 
To‗lash  muddatini  kechiktirish  huquqi  berilgan  korxona  tuman  (shahar)  davlat  soliq 
inspektsiyasiga  belgilangan  tartibda,  hisobot  choragidan  keyingi  oyning  25-kuniga  qadar 
yagona  soliq  to‗lovining  hisob-kitobini  taqdim  etadi.  Bunda  korxona  yagona  soliq  to‗lovi 
hisob-kitobining o‗ngdagi yuqori burchagiga ―O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 
yil  20  iyundagi  PF-3620-son  Farmoniga  muvofiq  to‗lash  muddati  kechiktirilgan‖  belgisini 
qo‗yadi. 
Agar  to‗lash  muddatini  kechiktirish  huquqini  berish  muddati  chorak  oxiriga  qadar 
tugasa,  ushbu  davrlar  uchun  yagona  soliq  to‗lovining  summasini  aniqlash  uchun  korxona 
davlat  soliq  xizmati  organlariga  yagona  soliq  to‗lovi  hisob-kitobining  belgilangan  shakli 
bo‗yicha yagona soliq to‗lovi bo‗yicha ma‗lumotnoma-hisob-kitobni taqdim etadi. 
Misol uchun, agar to‗lash muddatini kechiktirish huquqining muddati 1 iyunda tugasa, 
korxona tuman (shahar) davlat soliq inspektsiyasiga aprel va may oylari uchun  yagona soliq 
to‗lovining  ma‗lumotnoma-hisob-kitobini  taqdim  etadi,  iyun  oyi  uchun  yagona  soliq 
to‗lovining hisob-kitobi esa 25 iyulga qadar taqdim etadi. 

Download 9,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   241




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish