Guliston davlat universiteti kafedra "iqtisodiyot" soliq va soliqqa tortish


Soliq ob„ekti, yalpi tushum tarkibi va soliq bazasi



Download 9,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/241
Sana06.08.2021
Hajmi9,27 Mb.
#139553
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   241
Bog'liq
soliqlar va soliqqa tortish

Soliq ob„ekti, yalpi tushum tarkibi va soliq bazasi 
 Yagona  soliq  to‗lovi  ob‗ekti  (soliq  solinadigan  aylanma)  bo‗lib,  yalpi  tushum 
hisoblanadi. 
Quyidagilar yalpi tushum tarkibiga kiritiladi: 
1)  tovarlarni  (ishlarni,  xizmatlarni)  qo‘shilgan  qiymat  solig‘ini  chegirgan  holda 
(qo‘shilgan  qiymat  solig‘ini  to‘lashga  o‘tgan  mikrofirma  va  kichik  korxonalar  uchun) 
sotilishidan tushgan tushum summasi. 
Tovarlarni  (ishlarni,  xizmatlarni)  sotilishidan  tushgan  tushum  deganda  quyidagilar 
tushuniladi:  
-  qurilish,  qurilish-montaj,  ta‗mirlash-qurilish,  ishga  tushirish-sozlash,  loyihalash-
qidiruv va ilmiy-tadqiqot  korxonalari  uchun mahsulot (ishlar, xizmatlar) sotilishidan tushum 
summasi deganda o‗z kuchlari bilan bajarilgan ishlar hajmidan kelib chiqib hisoblangan yalpi 
tushum tushuniladi; 
- lizing kompaniyalari uchun mahsulot (ishlar, xizmatlar) sotilishidan tushum summasi 
deganda lizing bo‗yicha foizli daromadlar tushuniladi; 
- vositachilik va topshiriq shartnomalari hamda vositachilik xizmatlari ko‗rsatishga oid 
boshqa  shartnomalar  bo‗yicha  vositachilik  xizmatlari  ko‗rsatadigan  yuridik  shaxslar  uchun  – 
ko‗rsatilgan xizmatlar uchun pul mukofoti summasi; 
-  tayyorlov,  ta‗minot-sotish  tashkilotlari  uchun  –  realizatsiya  qilingan  tovarlarning 
xarid qiymati bilan sotish qiymati o‗rtasidagi farq sifatida hisoblab chiqarilgan yalpi daromad; 
- lotereya o‗yinlarini tashkil etish bo‗yicha faoliyatni amalga oshirish doirasida yuridik 
shaxslar  uchun  –  o‗yin  chiptalarini  ularda  ko‗rsatilgan  narx  bo‗yicha  tarqatishdan  tushgan 
tushum. 
2) asosiy faoliyatdan boshqa daromadlar. 
Quyidagilar asosiy faoliyatdan boshqa daromadlarga kiritiladi: 
a)  undirilgan  yoki  qarzdor  e‗tirof  etgan  jarimalar,  penyalar  hamda  xo‗jalik 
shartnomalarining  shartlarini  buzganlik  uchun  boshqa  jazo  turlari,  shuningdek  etkazilgan 
zararlarni qoplash bo‗yicha daromadlar; 
b) hisobot yilida aniqlangan, o‗tgan yillardagi daromadlari; 
v)  mikrofirma  va  kichik  korxonalar  huzuridagi  oshxonalardan  tushumlar,  yordamchi 
xizmatlardan  daromadlar  singari  bevosita  mahsulot  (ishlar,  xizmatlar)  ishlab  chiqarish  va 
sotish bilan bog‗lanmagan operatsiyalardan boshqa daromadlar; 
g) mikrofirma va kichik korxonaning asosiy fondlari va boshqa mol-mulkini sotishdan 
daromadlar; 


 
 
93 
 
d)  kreditorlik  va  debetorlik  qarzini  qonun  bilan  belgilangan  tartibda  hisobdan 
chiqarishdan olingan daromadlar; 
e) tovar-moddiy boyliklarni qo‗shimcha baholash.  
Tovar-moddiy  boyliklarni  qo‗shimcha  baholash  summasi  mahsulot  (ishlar,  xizmatlar) 
sotilishiga qarab soliq solinadigan yalpi tushumga kiritiladi; 
j) tekin moliyaviy yordam, shu jumladan tekinga olingan mol-mulk; 
z) boshqa operatsion daromadlar. 
3) moliyaviy faoliyatdan daromadlar. 
Moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar tarkibiga quyidagi daromadlar kiritiladi: 
a) olingan royalti; 
b)  O‗zbekiston  Respublikasi  hududi  va  undan  tashqarida  boshqa  xo‗jalik  yurituvchi 
sub‗ektlar  faoliyatida  ulushli  ishtirok  etishdan  olingan  daromadlar,  aktsiyalar  bo‗yicha 
dividendlar hamda mikrofirma va kichik korxonaga tegishli bo‗lgan obligatsiyalar va boshqa 
qimmatli qog‗ozlar bo‗yicha daromadlar; 
v) mol-mulkni uzoq muddatli ijara (lizing)ga berishdan daromad (marja); 
g) chet el valyutasidagi operatsiyalar bo‗yicha kursdagi farqdan daromadlar.  
d) qimmatli qog‗ozlar, shu‘ba korxonalar va hokazolarga qo‗yilgan mablag‗larni qayta 
baholashlarni o‗tkazishdan daromadlar; 
e) moliyaviy faoliyatdan boshqa daromadlar. 

Download 9,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   241




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish