98
- ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni
ko‗rsatish huquqi uchun yig‗im.
Agar yuridik shaxslar hisobot yili yakuni bo‗yicha savdo (umumiy ovqatlanish)
korxonasiga mansub bo‗lmasa, kelgusi yil boshidan boshlab umumbelgilangan tartibda
soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlar to‗lashga o‗tishlari shart, soliq solish tartibini tanlash
huquqi saqlab qolinadigan mikrofirmalar va kichik korxonalar bundan mustasno. Yagona
soliq to‗lovi to‗lashga o‗tish savdo (umumiy ovqatlanish) korxonalari umumbelgilangan
tartibda soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlar to‗lashga o‗tgan birinchi hisobot choragi uchun
foyda solig‗i, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‗i va yuridik
shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bo‗yicha joriy to‗lovlarni to‗lamaydilar. Ishchilar
sonidan qat‗iy nazar ulgurji, chakana savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari (shu
jumladan kichik korxonalar va mikrofirmalar) yagona soliq to‗lovini to‗lovchilari hisoblanadi.
Yagona soliq to‗lovi to‗lovchisini aniqlashda asosiy mezon bo‗lib, yuridik shaxsni
davlat ro‗yxatidan o‗tkazganlik to‗g‗risidagi guvohnomada ko‗rsatilgan korxona faoliyatining
kodi hisoblanadi. Bunda korxonaning ixtisoslashishi XXTUT asosiy kodga to‗g‗ri kelishi
kerak. Agar korxonaning faoliyati XXTUT kodiga to‗g‗ri kelmasa, o‗z faoliyati kodini qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda statistika organlarida qayta ro‗yxatdan o‗tkazishga va ushbu
toifadagi korxonalar (faoliyati turlari) uchun belgilangan tegishli soliqlarni to‗lashga majbur.
Yagona soliq to‗lovida realizatsiya (tovaroborot) umumiy yillik hajmida tushum ulushi
aksariyat qismini
tashkil etgan faoliyat turi, asosiy (profil) faoliyati turi hisoblanadi.
Agar joriy yil yakuni bo‗yicha realizatsiya (tovaroborot) ning umumiy yillik hajmida
tushum ulushi faoliyati turlari bo‗yicha bir xil miqdorni tashkil etsa, asosiy (profil) faoliyat
turi o‗tgan hisobot yil yakuni bo‗yicha aniqlanadi.
Savdo (umumiy ovqatlanish) korxonalariga, soliq solish maqsadida, o‗tgan hisobot yili
yakuni bo‗yicha asosiy (profil) faoliyat turi savdo faoliyati (umumiy ovqatlanish sohasidagi
faoliyati) hisoblanadigan yuridik shaxslar kiradi.
Savdo faoliyati deganda - qayta sotish maqsadida xarid qilingan tovarlarni sotish
bo‗yicha faoliyat tushuniladi.
Quyidagilar savdo faoliyati sifatida qaralmaydi:
- o‗zi ishlab chiqargan mahsulot hisoblanadigan tovarlarni realizatsiya qilish, jumladan
ularni mustaqil yuridik shaxs hisoblanmaydigan firma do‗konlari
orqali realizatsiya qilish;
- komissioner (ishonchli vakil) tomonidan komissiya (topshiriq) shartnomalari bo‗yicha
tovarlarni realizatsiya qilish, jumladan davlat daromadiga o‗tkaziladigan mol-mulkni
realizatsiya qilish;
- tayyorlov va ta‗minot-sotish faoliyati bilan shug‗ullanadigan korxonalar tomonidan
tovarlarni realizatsiya qilish.
Umumiy ovqatlanish sohasidagi faoliyat deganda kulinariya, shuningdek boshqa oziq-
ovqat mahsulotini tayyorlash, realizatsiya qilish va ularni is‘temol qilishni tashkil etish
bo‗yicha faoliyat tushuniladi.
Yagona soliq to‗lovini hisoblashda soliq solish ob‗ekti bo‗lib, aksariyat hollarda yalpi
tushum hisoblanadi, lekin savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yalpi tushum
bo‗lib tovarlar aylanmasi hisoblanadi. Bundan tashqari, savdo korxonalarining asosiy
faoliyatdan tashqari boshqa daromadlari, moliyaviy faoliyatdan daromadlari va O‗zbekiston
Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq belgilanadigan boshqa daromadlar yalpi tushum
tarkibiga kiritiladi.
Shuningdek, yagona soliq to‗lovi hisob-kitob bazasini aniqlashda tushumdan
quyidagilar chegirib tashlanadi:
a) qo‗shilgan qiymat solig‗i to‗lovchilari uchun qo‗shilgan qiymat solig‗ini;
b) davlat subsidiyalarini;
v) davlat qimmatli qog‗ozlari bo‗yicha daromadlar;
d) to‗lov manbaida ushlab qolinishi lozim bo‗lgan dividendlar va foizlar ko‗rinishidagi
daromadlar;
99
e) o‗tgan yillarning taqsimlanmagan foydasi ustav kapitalini oshirishga yo‗naltirishda
aktsiyador qo‗shimcha aktsiyalarining qiymati yoki aktsiyalarning nominal qiymatini
ko‗paytirish tarzida
olingan daromadlari;
j) hisobot yilida aniqlangan o‗tgan yillardagi foyda. Mazkur daromadlar qaysi davrda
paydo bo‗lgan bo‗lsa, o‗sha davrdagi qonun hujjatlariga muvofiq shu davrdagi soliqlar va
majburiy to‗lovlar bo‗yicha hisob-kitoblarni o‗tkazishni hisobga olgan holda soliqqa tortiladi.
z) olingan grantlar. Grant deganda – ijtimoiy ahamiyatga ega maqsadni ko‗zlagan,
iqtisodiyotni rivojlantirish, ilmiy-texnik va innovatsion dasturlarni bajarish uchun korxonaga
davlat (hukumat), shuningdek nodavlat, xorijiy, xalqaro tashkilotlar va jamg‗armalar
tomonidan ko‗rsatiladigan tekin, gumanitar mablag‗li yoki moddiy-texnik yordam
tushuniladi. Grant mablag‗lari qat‗iy ravishda belgilangan maqsadlarga ishlatiladi.
i) ko‗p oborotli qaytariladigan taraning qiymati, agar uning qiymati tovar (ish,
xizmat)larni realizatsiya qilishdan tushumning tarkibiga ilgari kiritilgan bo‗lsa;
k) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan chegirmalar.
Do'stlaringiz bilan baham: