Nazorat savollari:
O’zbekiston aholasini salomatlik holati ahamiyati haqida tushuncha bering?
Yoshlar o’rtasida kassalliklarning oldini olish dolzarb muammolariga umumiy tavsif bering?
Muhitning ijtimoiy omillari. Demografik omillarning organizmga ta’siri to’g’risida ma’lumot bering?
O’zbekistonda sport tibbiyotini tashkil etish asoslarini ahamiyati haqida tushuncha bering?
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Dubrovskiy V.I – «Valeologiya»: Sog’lom turmush tarzi, M. Retorika – Flinta, 1999 y
2. Ismailov M.N - «Bolalar va o’smirlar gigienasi»Toshkent,Ibn Sino, 1994 y
3. Sharipova D.D, Yuldashev. F - Abu Ali Ibn Sino sog’lom turmush tarzi haqida. «Sog’lom avlod uchun », Toshkent, 1996 y
4. Yunusova Yu.M. Osnovo’ metodiki fizicheskoy kulturo’. Tashkent 2005 g.
5. Sh.Otaboev, E.Sattorov, M.Melieva “Ekogigiena, jismoniy tarbiya, sport va salomatlikning tibbiy-psixologik asoslari” toshkent 2009 y
6. Zimkin N.V – fiziologicheskie osnovo’ fizicheskoy kulturo’ i sporta 1995 g
7.Azimov I.G, Sobitov Sh - «Sport fiziologiyasi», Toshkent , 1993 y
8. I. G’. Azimov Jismoniy tarbiya yosh fiziologiyasi. Tosh-1994 y
3. MAVZU: “Havo gigiyenasi, havoning tarkibi, fizik va kimyoviy hususiyatlari”.
R E J A :
1. Havo gigiyenasi
2. Havoning gigienik xarakteristikasi
3. Xavoning kimyoviy tarkibi va ularning xususiyatlari
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Xavo, xavoning gigienik tarkibi, xavoning xususiyatlari
Identiv o’quv maqsadi:
Xavoning gigienasi to’g’risida tushunchaga ega.
Xavoning tarkibiy qismlarini biladi.
Fizik va kimyoviy xususiyatlari to’g’risida ma’lumotga ega.
1-savolning bayoni: Havo eng muhim faktor bo’lib, usiz inson organizmi o’z hayotiy funktsiyalarni uzoq vaqt saqlab qololmaydi. Havo nafas olish uchun juda zarur va issiqlik almashinuvida qatnashadi. Shu bilan birga atmosfera organizmga bir qadar ta’sir etishi mumkin bo’lgan elektrik kuchlar va har-xil radiatsiyalar harakati maydoni bo’lib xizmat qiladi.
Inson kerakli paytda tashqi muhitning organizmga zararli ta’sirini yo’qotuvchi yoki pasaytiruvchi maxsus sog’lomlashtirish choralarini qo’llash orqali har-xil atmosfera sharoitlarida yashashga va ishlashga qodirdir. Bunga atmosfera sharoitlarining sanitariya holatini yaxshilash va organizmning zararli faktorlarga qarshiligini oshirish, masalan, salqinlatish bilan erishiladi. Qator hollarda havoning o’zidan shifobaxsh, chiniqtiruvchi faktor sifatida foydalaniladi.
Havofning organizmga bevosta ta’siridan tashqari kiyimlar, qurilish materiallari, tuproq va boshqalarning gigienik xossalarini o’zgartirib bilvosita ta’sir etishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |