Guliston davlat universiteti jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat kafedrasi jismoniy tarbiya gigiyenasi va sportning tibbiy fiziologik asoslari



Download 0,94 Mb.
bet6/80
Sana09.07.2022
Hajmi0,94 Mb.
#766782
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80
Bog'liq
portal.guldu.uz-O`quv -uslubiy majmua

1-savolning bayoni: Salomatlik — jismoniy tarbiya samaradorligining mezoni
Salomatlik tushunchasi. Odamlar salomatligini saqlash va mustahkamlash jismoniy tarbiyaning asosiy vazifalaridan biri hi-soblanadi. Salomatlik deganda, odam orgaiizmi-ning shuiday bir holati tushuniladiki, bunda uning barcha funktsiyalari tashqi muhit bilan muvofiqlashti-rilgan bo’ladi xamda unda qandaydir kasalliklar bi-lan bog’liq bo’lgan o’zgarishlar ko’zga tashlanmaydi.
Sog’liqning qanday ahvolda ekanligini sub’ektiv yo’l (ya’ni so’rab-surishtirish) bilan xamda ob’ektiv tadkiqotlar o’tkazish asosida aniqlanadi. Lekin bun-da olingan natijalar xar doim xam bir-biriga muvo-fiq kelavermaydi. Chunonchi, kasallikning ob’ektiv belgilari mavjud bo’lmagan bir vaktda kishi o’zini yomon his qilishi snngari xollarni kuzatish iumkin. Yoki, aksincha, odam o’zini juda yaxshi his qilgaip xolda uning organizmida ob’ektiv kasallik alomatlari mav-jud bo’lishi mumkin. Salomatlik bilan kasallik ho-lati o’rtasiga qo’yiladigan chegara ko’p hollarda qiyin va shartli ravishda belgilangan bo’ladi.
Fizkultura va sport bilan shug’ullanuvchi kishilar-ning salomatligi kanday ahvolda ekapligini ularni mashg’ulotlarga, musobakalarga ko’yishdan rldin o’tka-ziladigan dispanser ko’rigi jarayonida aniqlanadi. Fizkultura va sport mashg’ulotlariga faqat mutlaqo sog’lom bo’lgan kishilar qo’nklibgina qolmay, shu bilan birga, salomatligida ba’zi bir o’zgarishlar, zaiflik-lar bo’lgan kishilarga ham ruxsat beriladn. Bunday hollar tegishli meditsnna instruktsiyalari orqali muvo-fiklashtirib turiladi.
Jismoniy tarbiya gigieiasi uchun salomatlik dara-jasi (me’yori) degan tushuncha muhim axamiyat kasb eta-di. Organizmning kasallik omillarining ta’siriga nisbatan barqarorligi, tashqi muhit nokulay tarzda o’zgargan paytlarda salomatlikni hamda ish qobilnyati-
ni saqlay bilish — salomatlik darajasini ko’rsatuvchi belgilar hisoblanadn, ya’pi salomatlik darajasi odam-ning adaptatsion (moslashish) imkoniyatlari qanday ekanligi bilai belgilanadi.
Odamning salomatlik darajasgt qanchalik yuqori bo’lsa, uning turli yuqumli kasalliklarga, past va yu^o-ri haroratga, jismoniy ishlarga bo’ltan chidamliligi ham shunchalik barqaror bo’ladi.
Salomatlik mezonlari
Umumiy chidamlilik salomatlikni mustax,-kamlash uchun odamdagi jismoniy (harakatli) fazilat-lar ichida ko’proq ahamiyat kasb etadi. Aerobik ji-hatdan erishilgan unumdorlik, ya’ni uzoq muddat mobaynida ish bajara olish qobiliyati uning fiziologik neg’izi hisoblapadi, Bunday ish bajarila-yotgan vaqtda gavdadagi muskul massasining yarmidan ko’prog’i o’zining kritik darajasiga (kislorodni mak-simal iste’moli—KMI darajasi)ga qaraganda 50% dan ortiqroq intensnvlik bilan ishtirok etadi. Aero-bik unumdorlik eng muhim vegetativ sistemalar — yurak-tomir, nafas olish, qon, neyroendokrin sistema-larinipg funktsional holati qanday ekanligi bilan belgilanadi.
Basharti, funktsional holat yaxshi bo’lsa, bu orgaiizmnipg turli kasalliklarga, ayniqsa ateroskleroz, gippertoniya kasalliklariga, semirishga, diabetga, yurakping ishemik kasalligiga chidamliligidan dalolat beradi. Chidamlilnk darajasi yukori bo’lgan vaqtda organizm asosiy sistemalarnnipg normal faoliyat ko’rsatish muddatlari uzaddi, bu esa ancha vaqtgacha salomat-
likni saqlab qolish imkonini beradi. Olib borilgan maxsus tadqiqotlar orqali salomatlnk bilan chidamlilik o’rtasida ijobsh! aloqa (korrelyatsiya) mavjud ekanligi isbot qilingan. Shunivg uchun ham umumiy chidamlilnk ko’rsatkichlari (Kuper testi, 3000—10000 m. Ga yugurish testlari va boshqalar) hamda aerobik quvvat (knslorodning maksimal darajada iste’mol qilinishi, Rg’US]7o) salomatlikniig normativ me’orlari sifatida xizmat qiladi.
Normal uyquda, kunduzi mudroq bosmay, yaxshi ak-tivlik ko’rsatishda, oiladagi, kollektivdagi o’zaro munosabatlarda, tabiiy odob-axloq reaktsiyasida namoyon bo’ladigan nerv-asab sistemasining barqarorligi xam salomatlik darajasini ko’rsatuvchi mezon hisoblanadi.
Tevarak-atrofdagi xaroratping o’zgarishlariga odam-NNE1G moslasha olishi uning gazdadagi haroratni doi-miy ravishda bir xil va barqaror saqlay bilish.qobi-liyatiga bog’liq bo’ladi. Odam qanchalik kjori chinikish darajasiga ega bo’lsa, u tashki muxitdagi xarorat omil-larining iztirobli ta’siriga shunchalik ko’prok bardosh bera oladi. Shuning uchun xam chiniqqanlik darajasi salomatlikning mezoni xisoblanadi. Odamni turli bakteriyalar, viruslar xamda infektsion allergik ka-salliklar (revmatizm, bronxial astma) sababli paydo bo’ladigan infektsiyalardan himoya qiluvchi immunik me-xanizmlar funktsiyasi xam organizmning chiniqqanlik darajasiga bog’liq bo’ladi. Infektsion hamda infektsi-on-allergik kasalliklarga chidamlilik ham salomatlik darajasiki belgilovchi mezonlardan biri xisobla-yadi.
v Hozirgi vaktda bolalar oa o’smirlar orasida ko’pin-cha umurtqa pog’onasi va oyok-tovon bo’g’imlari kiyshiq o’sadigan xollar tez-tez uchrab turadi. Bunga gipodina-miya va u tufayli yuz beradigan muskullar zaifligi (muskul korsetining etishmasligi), bir xnl shaklda uzok vakt o’tirpb kolish (stolda o’tirib ishlash, televi-zion ko’rsatuvlarni tomosha kilish), oyoq bo’g’imlariga etarli darajada nagruzka tushmasligi, doimiy ravish-
poyabzal kiyib yurish bilan bog’liq bo’lgan zo’rikish-lar sabab bo’ladi. Tayanch-xarakat apparatidagi bunday buzilkshlar katta yoshda yuz beradigan destruktiv kasal-liklar — osteoxondroz va artroz kasalliklarining ri-vojlanishiga yordam beradi. Katta sportda umurtqa pog’onasi va oyoq bo’g’imlarining deformatsiyalanish holla-ri nagruzkalar xaddak tashqari ko’payib ketishi okiba-tida yuz berishi mumkik. Skeletda deformatsiya belgi-larpning bo’lmasligi yoki ularning yaqqol ko’zga tashla-nib turganligi salomatlik darajasini ko’rsatuvchi mezon sifatida xizmat qilishi mumknn.
Binobarin, jismoniy mashqlar, chinikish mashg’ulot-lari salomatlikni saqlash va mustahkamlashda gigie-nik omillar sifatida g’oyat muxim rol o’ynaydi. Hozir-gp vaqtda ko’p tarqalgan kasalliklar (ateroskleroz, p;pertonik kasalliklar, semirish, diabet, yurak va miya-ning ishemik kasalliklari, nevrozlar, tayanch-xarakat apparatining deformaqiyasi hamda kasallanishi) ning oldini olishda muhim, goxida esa xal kiluvchi axamiyat-ga ega bo’ladi.



Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish