Ma’ruzalar kursi:
1-MAVZU: «Jismoniy tarbiya gigienasi fanining maqsadi xamda vazifalari.
R E J A :
Jismoniy tarbiya gigienasi fanining maqsadi va vazifasi
Jismoniy tarbiya gigienasining rivojlanish tarixi
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Gigiena, fanning vazifalari, axamiyati, rivojlanish tarixi.
Identiv o’quv maqsadi:
1. Gigiena so’zining ma’nosini aytib bera oladi.
2. Gigiena fanining maqsad va vazifalarini biladi.
3. Rivojlanish tarixi xamda bugungi kundagi gigienasining urni to’g’risida tushunchaga ega.
1-savolning bayoni: Umumta’lim maktabining isloh qilinishi pedagoglar, ota-onalar va jamoatchilikdan o’sib kelayotgan yosh avlodning jismoniy tarbiyasiga g’oyat jiddiy e’tibor berishni talab etadi. Bunda, eng avvalo, maktabda, shuningdek, pioner va o’quvchilar yashab turgan joylarda ommaviy fizkultura ishlaripi keng miqyosda yo’lga qo’-yish nazarda tutiladi. Bu ishlardan ko’zda tutilgan asosiy maksad o’quvchilarni g’oyaviy-siyosii jihatdav tarbiyalashga, ularni hayotga va mexpatga ma’naviy-psi-xologik jihatdan tayyorlashga yordam berishdan, yoshlarni Vatashshpg sotsializm qurilishi sohasida qo’lga kirit-gan yutuqlarini himoya qilishga tayyorlashdan iborat-dir. «Umumiy ta’lim va hunar maktabini isloh kilish-ning asosiy yo’nalishlari»da shunday deb ta’kidlangan: «Gigiena masalalariga ko’proq e’tibor berilsyn. Har bir maktab o’quvchisi gigiena va meditsina sohasidagi zarur bilimlarni egallab olishi, yoshligidanoq o’z or-ganizmini bilishi va uni tartibli saqlashni o’rganishi kerak» («Umumiy ta’lim va hunar maktabinn isloh qi-lishning asosiy yo’nalishlarn», «Sovet Uzbekistoni» gazetasi, 1984 yil, 15 apr.el).
G i g i e n a — bu salomatlik to’g’risidagi, uni saqlash, mustahkamlash hamda tevarak-atrofdagi omillarning unga ko’rsatadigan zararli ta’sirini bartaraf etish vositalari va metodlari to’g’risidagi fandir.
Gigiena, iqlimni] mikr.otsqlimni, havoning, suvning va tuproqning xolatini, ovqatlanish sharoitlarini, kiyim-kechak, turarjoy, mehnat va dam olishga qo’yila-digan shartlarni, fizkultura hamda sport mashg’ulot-lari o’tkaziladpgan shart-sharontlarni va boshqa bir qator masalalarni o’rganadi. Odamning mexnat, dam olish va sportdagi faoliyatining biror sohasi yo’qki, ular gigienik jihatdan tartibga solib turilmaydigan bo’lsin. Odam salomatlig’iga ta’sir ko’rsatadigan omil-larni normalashtirib, ya’ni ularning dozasini belgi-lab turish gigiena fanining asosiy maqsadi hisobla-nadi. Gigienik normalar cheklab qo’yiladigan (masa-lan, xavoda, suvda, tuproqda zararli moddalarning yo’l qo’yish mumkin bo’lgan nikdorini belgilash shakli-da) yoki optimal holatga keltirish (masalan, jismoniy nagruzkalar, ovqat ratsionining optimal dozalarini belgilash) xarakterida bo’lishi mumkin. Tavsiya ztilgan gigienik normalar qonuniy yo’l bilan mustaxkamlana-di xamda sanitariya inspektsiyasi organlari tomonidan nazorat qilib turiladi. Gigienada turli fap sohala-ri — sotsiologiya, demografiya, klimatalogiya, fiznolo-giya, mikrobiologiya, fizika, ximiya sohalarida qo’lla-niladigan metodlar va metodikalardan foydalannladi. Jismoniy tarbiya gigienasi — gigiena fanining bo’limlaridap biridir. Jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlaridan odam salomatliginn saklash va mustahkamlash maqsadida samaraliroq foydalanish uchun o’sha mashg’ulotlar vositalarini, metodlarini xam-da shart-sharoitlarini ilmiy jihatdan asoslangan hol-da normaga solib turish jismoniy tarbiya gigienasiping mazmunini tashkil etadi. Jismoniy tarbiya gigienasn mashg’ulotlarning samaraliroq metodlarshsh va eng qu-lay shart-sharoitlarini asoslab bernsh uchun jnsmoniy mashqlar odamlar sog’lig’iga kanday ta’snr ko’rsatishi-nn va ular sog’lig’ini mustaxkamlashga kay darajada xizmat qilishini o’rganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |