Guliston davlat universiteti jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat kafedrasi jismoniy tarbiya gigiyenasi va sportning tibbiy fiziologik asoslari



Download 1,92 Mb.
bet47/117
Sana26.01.2023
Hajmi1,92 Mb.
#903382
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   117
Bog'liq
portal.guldu.uz-JISMONIY TARBIYA GIGIYENASI VA SPORTNING TIBBIY FIZIOLOGIK ASOSLARI

Nazorat savollari
1. Mashg’ulot deyilganda nimani tushunasiz.
2. Aerobik maqlarga izox bering.
3. Vaqtni tejash deyilganda nimani tushinasiz.


Foydalanilgan adabiyotlar
1. Dubrovskiy V.I – «Valeologiya»: Sog’lom turmush tarzi, M. Retorika – Flinta, 1999 y
2. Ismailov M.N - «Bolalar va o’smirlar gigienasi»Toshkent,Ibn Sino, 1994 y
3. Sharipova D.D, Yuldashev. F - Abu Ali Ibn Sino sog’lom turmush tarzi haqida. «Sog’lom avlod uchun », Toshkent, 1996 y
4. Yunusova Yu.M. Osnovo’ metodiki fizicheskoy kulturo’. Tashkent 2005 g.
5. Sh.Otaboev, E.Sattorov, M.Melieva “Ekogigiena, jismoniy tarbiya, sport va salomatlikning tibbiy-psixologik asoslari” toshkent 2009 y
6. Zimkin N.V – fiziologicheskie osnovo’ fizicheskoy kulturo’ i sporta 1995 g
7.Azimov I.G, Sobitov Sh - «Sport fiziologiyasi», Toshkent , 1993 y
8. I. G’. Azimov Jismoniy tarbiya yosh fiziologiyasi. Tosh-1994 y
9. A.Rixsieva, X.To’raxo’jaev “Sport meditsinasi asoslari” tosh 1985 y.
10. V.M. Saidov “Sport tibbiyoti” Tosh 2013 y


13. mavzu: Mavzu: Sport tibbiyoti faniga kirish. Sport tibbiyotining tashkil qilinishi va rivojlanish tarixi.


REJA.


1. Jismoniy tarbiya gigienasi va sport tibbiyotining paydo bo’lishi va rivojlanishining qisqacha tarixi
2. “Jismoniy tarbiya gigienasi va sport tibbiyoti” tushunchalari.
3. Jismoniy tarbiya gigienasi va sport tibbiyotining ahamiyati, vazifalari va tashkil etilishi.


Identiv o’quv maqsadlari:
1. Umumiy gigiena to’g’risida ma’lumot bera oladi.
2. Sport tibbiyotining maqsad va vazifasini tushuntirib bera oladi.
3. Jismoniy tarbiya gigienasi to’g’risida ma’lumotga ega.


1-savolning bayoni. O’zbekiston Respublikasi aholisining sog’ligini saqlash, mustahkamlash, inson umrini uzaytirish va kasalliklarning oldini olishga qaratilgan barcha shart-sharoitlar yaratilgan va yaratilmoqda.
Ma’lumki, jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanish odam organizmini har tomonlama jismonan rivojlanishi va mustahkamlanishi, fiziologik funktsiyalarning takomillashtirishi va sog’lomlashtirishga olib keladi.
Shug’ullanuvchilarning yoshi, jinsi va o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda to’g’ri uyushtirilgan jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlari yuqori samara beradi. Aks holda ular jismoniy tarbiyaning sog’lomlashtirish vazifasini hal qilish borasidagi ahamiyatini yo’qotadi.
Jismoniy tarbiya gigienasi va sport tibbiyoti fani jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanuvchilarni tibbiy xizmat bilan ta’minlash vazifalarini o’z zimmasiga oladi. Zamonaviy sport tibbiyoti sport mashg’ulotlarini uyushtirish va ularni boshqarishda keng qo’llanilmoqda. Sport va tibbiyotga oid bilimlarni samarali amalda joriy etish tufayli zamonaviy sportning har xil turlarida mashg’ulotlarni olib borish imkoniyatlari yaratildi. Sport tibbiyotining barcha sohalari keng ravishda rivojlanib kelmoqda. Sportchilarning salomatligi va funktsional holatiini kuzatish, ularning tayyorgarlik darajasini aniqlashda yangi zamonaviy tibbiy tekshirish usullari joriy qilindi. Jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanuvchilarni jismoniy ish qobiliyatini va chiniqqanligini aniqlashda yangi funktsional sinamalar qo’llanilmoqda.
Zamonaviy sportga ta’luqli jiddiy va shiddatli mashg’ulotlar, musobaqalardan keyin sportchilarning ish qobiliyatini oshirish va organizm toliqib qolishini oldini olishda, ularni qayta tiklash vositalarini qo’llash sport tibbiyotining yo’nalishlaridan biri hisoblanadi.
Keyingi vaqtlarda jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanuvchilarning sog’ligida kuzatilgan nohush holatlar, kasalliklar sabablarini, ularning oldini olish va davolash masalalarini o’z zimmasiga olgan jismoniy tarbiya gigienasi va sport tibbiyoti fanining yangi bir sohasi rivoj topmoqda. Bunday o’zgarishlar jismoniy zo’riqish kuchayganda va jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlarini oqilona tashkil qilinmaganda, yoki kasalliklarga moyil bo’lgan sportchilarning turli mashg’ulotlarda ishtirok etganlarida yuz berishi mumkin.
Respublikamizda ommaviy jismoniy tarbiya va sportning yanada keng rivojlanishi sport tibbiyoti fani oldiga yangi vazifalar qo’yadi. Har xil yoshdagi guruhlarda (bolalar va o’smirlar, o’rta va katta yoshlarda) jismoniy mashg’ulotlar jarayonida tibbiy nazoratni joriy etish xususiyatlari mukammal yoritilgan. Zamonaviy trenter va jismoniy tarbiya mutaxasisi anatomiya, fiziologiya, gigiena va bioximiya fanlariga asoslanib, jismoniy tarbiya gigienasi va sport tibbiyoti fanidan etarli nazariy va amaliy bilimlar bilan qurollangan va sport mashg’ulotlarning uyushtirilishida jismoniy mashqlarni sog’lomlashtiruvchi omillardan to’g’ri foydalana olishlari lozim.
Sog’liqni saqlash, turli kasalliklarni davolash, ularni oldini olish va uzoq umr ko’rish maqsadida jismoniy tarbiya juda qadim zamondan boshlab qo’llanilib kelingan. Jismoniy tarbiya va tibbiyotning bir biriga bog’liqligi haqida qadimgi tarixiy adabiyotlarda qayd etilgan. Hatto Gippokrat, Gerodikus, Galen, Abu Ali ibn Sino, Paratsels va boshqa buyuk tibbiyot allomalari jismoniy mashqlarni, parhez, massaj, hammomlarni turli kasalliklarni oldini olishda keng qo’llaganlar. Qadimgi Egipt, Hindiston, Yunoniston, Rim, Hitoyda bu vositalardan qo’l jangchilarini, gladiatorlarni, harbiylarni tayyorlashda foydalanilgan. Ularning tibbiy nazorati o’sha davrning eng yaxshi shifokorlari tomonidan olib borilgan. Yunonistondagi qadimgi Olimpiya o’yinlari davridan boshlab atletlar tayyorgarligi ustidan jiddiy tibbiy kuzatuvlar o’tkazilgan.
Ko’hna yunonistonning mashhur vrachi Gippokrat – “zarar keltirma” degan. Gippokratning vrachlarga aytgan bu vasiyati hozirgi zamon trenirovkalariga ham taaluqlidir. Jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlarining muvoffaqiyatli bo’lishi ko’p jihatdan mashg’ulotlarni to’g’ri taqsimlashga bog’liq. Jismoniy tarbiya mashg’ulotlaridagi berilgan mashqlar yuklamasi Shug’ullanuvchilarning funktsional va jismoniy imkoniyatlari mos kelgandagina sog’lomlashtirish vazifasini o’tashi mumkin. Aks holda toliqish, jismoniy zo’riqish va boshqa har xil qisqarish alomatlari paydo bo’ladi.
X-XII asrlardan yashab, ijod qilgan mutaffakkir va olim Abu Ali Ibn Sino “Tib qonunlari” asarida hozirgi zamon sport tibbiyotiga oid ko’pgina fikrlarni bayon etgan. Masalan: “sog’liqni saqlashning asosiy tadbiri badantarbiya bo’lib, ular ovqat tartibi va uyqu tartibi” yoki “Mo’tadil ravishda va o’z vaqtida badantarbiya bilan shug’ullanuvchi odam buzilgan xidlar tufayli yuzaga kelgan kasalliklarni va mijoz hamda ilgari o’tgan kasalliklar tufayli keluvchi kasalliklar davolovchisiga muhtoj bo’lmaydi”.
Jismoniy mashg’ulotlar bilan shug’ullanuvchining shaxsiy hususiyatlarga qarab olimning yuritgan fikri: “har bir odam uchun o’ziga xos harakatlar tanlashi kerak”, “kuchsiz kishilarni badantarbiyalari engil, kuchlilarniki esa zo’rroq bo’lishi kerak”, “agar organizm mo’’tadil bo’lsa, ular uchun mo’’tadil badantarbiya muvofiq keladi”, “tez va shiddatli harakatlar engillari bilan birga qilinadigan harakatlarni qilib almashtirib turish va bir harakat ustida to’xtab qolmaslik kerak”. “Badantarbiya davomiga kelsak quyidagi uch narsaga e’tibor beriladi:
1-teri rangi, agar u yaxshilana borsa, harakatlarni hali davom ettirish mumkin;
2-harakatlarni engilligiga, agar ular hali engil bo’lsa, ularni tamomlash muhlati hali kelmagan bo’ladi:
3-organlarni holati, agar ularni ko’pligi davom qilsa, harakatni davom ettirish mumkin. Agar bu holatlar yo’qolib, chiqqan ter tomchi-tomchi bo’lib oqa boshlasa to’xtatish kerak.”
Charchash holatini oldini olishda massaj ahamiyati haqida bir qancha fikrlar bildirilgan.
O’sha zamon bilim darajasiga muvofiq ko’tarilgan masalalar empirik xarakterga ega bo’lib, ularni nazariy jihatdan xoslanishi faqat XX asrlarga kelib mumkin bo’ldi.



Download 1,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish