Guliston Davlat Universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fakultet 55-15 guruh talabasi Lapasov Nurmuhammadning O`zbekiston madaniyati va san`ati tarixi fanidan tayyorlagan
Guliston Davlat Universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fakultet 55-15 guruh talabasi Lapasov Nurmuhammadning O`zbekiston madaniyati va san`ati tarixi fanidan tayyorlagan
TAQDIMOTI
Mavzu: Qadimgi Farg`ona madaniyati
1. Farg`ona vodiysida madaniyatning vujudga kelishi
2. Arxeologik manbalarda madaniyat belgilari
3. Xitoy manbalarida Farg`ona
Farg`ona vodiysi o`zining qulay geografik joylashuvi va tabiiy sharoitining qulayligi bilan qadimdan dehqonchilik va chorvachilik keng rivojlangan. bu esa vodiyda davlatning vujudga kelishi uchun muhim shart-sharoitni yaratdi. Shuningdek bu davlat hududidan savdo yo`li “Ipak yo`li”ning o`tganligi ham bu davlatning mavqeyini oshishiga olib keldi.

Farg`ona va Xitoy munosabatlari
Chjan Szyanning ittifoqchilar topish maqsadida qilgan sayohatidan so`ng ikki davlat o`rtasida diplomatik va savdo aloqalari yo`lga qo`yildi. Xitoy imperatorlariga o`rta osiyoning musiqa san`ati ma`qul kelgan bo`lsa, O`rta Osiyo hukmdorlariga xitoyi ipak matolar ma`qul kelgan.
Xitoy imperatorlarini Dovonning “samoviy ot”lari ayniqsa qiziqtirgan. Bir juft tulpor uchun hatto butun boshli Sinszyan viloyatini ham berishga rozi bo`lgan. Sima Szyanning “Sitzi”larida Parkanda 70 ta shahar bor deb aytilsada asosan ikki shahar Ershi va Yu tilga olinadi.
Ershi shahrini ba`zi olimlar Qo`qon deb aytishsa ba`zilar Marhamat tumanidagi Mingtepani deb taxmin qilishadi. Ammo arxeologik tadqiqotlar bu shaharni Eski Axsi o`rnida ekanligini ko`rsatmoqda. Shahar qal`a devorlarining qalinligi ularni shu taxminga kelishga undamoqda. Ikkinchi manba “Xalshu”da poytaxt shaharni Guyshuan deb ko`rsatishadi
Quva shahri
Quva shahri xarobalarini o`rganish jarayonida arxeologik ma`lumotlar natijasida bir qancha ma`lumotlar topildi. Ba`zi topilmalar qadimgi davrga taaluqli bo`lsa ba`zi topilmalar ilk o`rta asrlarga ham oid bo`lib yozma manablarda ham uchraydi. Quvaning qadimgi tarixiga oid ma`lumotlarni bu yerdan topilga sopol buyumlar beradi.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda Farg`ona vodiysi azaldan insoniyatning qadimgi odamzodning paydo bo`lgan ilk hududlardan biridir. Dastlab so`xdan topilgan topilmalar ham yana bir bor tasdiqladi. Farg`ona tarixini o`rganish bo`yicha salmoqli ishlar qilindi.Lekin bu borada ba`zi kamchiliklar ham bor. Biz ko`proq Xitoy manbalari orqali bu hudud haqida yanada ko`proq ma`lumotlar olishimiz mumkin
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Azamat Ziyo – O`zbek davlatchilik tarixi. Toshkent-2001
2.Matboboyev B, Islomov O`, Anorboyev A – O`zbekiston tarixida Qadimgi Farg`ona .Toshkent-2001
3.Boqijon Matboboyev - Qadimgi Farg`ona madaniyati ilk o`rta asrlarda(arxeologik manbalar asosida ) Samarqand- 2009