Guliston davlat universiteti fizika matematika fakulteti


Kasb-hunar kollejlarida informatika va axborot texnologiyalari fanining vazifalari va mazmuni



Download 156,88 Kb.
bet8/28
Sana10.02.2022
Hajmi156,88 Kb.
#441414
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   28

Kasb-hunar kollejlarida informatika va axborot texnologiyalari fanining vazifalari va mazmuni


Mamlakatimizda barcha sohalarda chuqur va keng ko’lamli islohotlar amalga oshirilar ekan, unda uzluksiz ta’lim tizimini shakllantirishga juda katta ahamiyat berilmoqda.


«Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ning ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o’tmishdan qolgan mafkuraviy ishlar va sarqitlardan to’la xolos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlarni tayyorlash» kabi maqsadi ta’lim jarayoniga boshqacha nazar bilan qarashni talab etadi. Umuman, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida bunday muammolar o’z dolzarbligi bilan alohida ajralib turadi. Dunyoga yangi ko’z bilan qaraydigan, uddaburon, o’z ishining ustasi bo’luvchi, buyuk kelajagimiz poydevorini quruvchi va yuksaltiruvchi yosh kadrlarni tayyorlash va ularga ta’lim berish respublikamiz pedagoglari oldida turgan muhim va mas’uliyatli vazifadir.
Uzluksiz ta’lim tizimi va uni takomillashtirish yuzasidan ko’pgina olimlar amaliy va ilmiy tadqiqot ishlari olib borayapti. Uzluksiz ta’lim tizimi va uning asosiy tuzilishi haqida «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da atroflicha bayon etilgan. Unda belgilanishicha, «Uzluksiz ta’lim - malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo’lib, ta’limning barcha turlarini, davlat ta’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko’rsatish muhitini o’z ichiga oladi».
Ushbu ta’lim tizimining har bir bosqichida fanlarni o’qitishda ularning uzluksizligi va uzviyligini ta’minlash kerak bo’ladi. Shu maqsadda fanlarni o’qitishning kontseptsiyasini ishlab chiqish, u asosda o’quvchilarga bilimlar berish muhim ahamiyatga ega.
Ta’lim tizimi bosqichlarini quyidagi 1-sxema asosida tasniflash mumkin




Umumiy o’rta ta’lim





Bakalaviatura (4 yillik)


Oliy ta’lim


Magistratura






1-sxema. Ta’lim bosqichlari tasnifi

Gap informatikani o’qitish kontseptsiyasi haqida borib, barcha ta’lim bosqichlarida informatika yo’nalishidagi fanlarning mazmunini yaratish va ularni o’rganish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.


Kasb-hunar ta’limida informatika umumta’lim fani sifatida qaralib, uni va boshqa fanlarning davlat ta’lim standarti qabul qilindi. Har bir fanning dasturlari va ularga qo’yilgan talablar Davlat ta’lim standart (DTS) ida va dasturlarning mazmunida ko’rsatib berilgan. Bu esa ta’lim olishning "hayotiy tsikl" ga mosligini ko’rsatadi.
Uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlarida informatika fanining vazifalari va mazmuni haqida respublikamizning olimlari va tadqiqotchilari izlanishlar olib bormoqdalar. Bulardan A.Abduqodirov, T.Azlarov, B.Boltaev va
boshqalar maktabgacha ta’lim va umumiy o’rta ta’lim maktablarida informatika fanini o’qitish va uning uzluksiz ta’lim tizimidagi o’rni masalalari bo’yicha, A. Abduqodirov, M.Aripov, A.Sidiqov, U.Yuldashev, R.Boqiev, N.Tayloqov, A.Ahmedov, A.Hayitov, Isoqov I., M.Mamarajapov, D.Abduraximov, S.Qulmamatov, D.Toshtemirov va boshqalar o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida informatika va axborot texnologiyalarni o’qitish muammolari va ularni takomillashtirish usullari bo’yicha bir qator ilmiy-uslubiy maqolalar chop etganlar. [14], [11] [13].
Informatika fani o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi bosqichida umumta’lim fani sifatida o’qitilar ekan, o’quv muassasasi etarli darajada moddiy-texnika bazasi va zamon talablariga javob beradigan kompyuterlar bilan jihozlangan bo’lishi lozim. Bu haqda «Ta’lim to’g’risida»gi qonunda, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da va olimlarimizning ilmiy ishlarida ham ta’kidlab o’tilgan. Informatika fani kasb-hunar kollejlarida asosan 1 kurs o’quvchilariga o’qitiladi. Hozirgi kunda o’quvchilarga fan bo’yicha o’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqarilgan Davlat ta’lim standartlariga ko’ra barcha mutaxassisliklarda umumta’lim fani sifatida 130 soatga mo’ljallangan talablar ishlab chiqilgan. Lekin ayrim kasb- hunar kollejlarida mutaxassisliklar bo’yicha
«mutaxassislikka kirish», «boshqaruv jarayonida informatika» va «avtomatika» fanlari ham o’qitib kelinadi. Bu fanlarning asosiy negizi sifatida albatta, kompyuter texnologiyalarini o’rganish va ularni o’quv amaliyotida qo’llash kabi nazariy va amaliy mashg’ulotlar o’rgatiladi. Shuning uchun hozirgi kunda informatika fani nafaqat umumta’lim fani sifatida, balki maxsus mutaxassislikka yo’naltirilgan fan sifatida ham chuqur o’qitilmoqda. Bu fanning mazmuniga e’tibor beradigan bo’lsak, mavjud dasturlarda soatlar miqdori turlicha taqsimlangan. Ularni o’qitish yuzasidan turli o’quv adabiyotlaridan foydalanilmoqda. Akademik litsey va kasb- hunar kollejlarida informatika umumta’lim fanini o’qitish mavjud dasturlar va darsliklar asosida olib boriladi.
Ta’lim tizimining har bir bosqichida fanlarni o’qitishda ularning uzluksizligi va uzviyligini ta’minlash kerak bo’ladi. Shu maqsadda fanlarni o’qitishning kontseptsiyasini ishlab chiqish, u asosda talabalarga bilimlar berish muhim ahamiyatga ega. Gap informatikani o’qitish kontseptsiyasi haqida borib, barcha ta’lim bosqichlarida informatika yo’nalishidagi fanlarning mazmunini yaratish va ularni o’rganish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Bu mazmunda uzluksiz ta’lim tizimi bosqichlarida quyidagilarga e’tibor berish nazarda tutilgan:

  • «Kompyuter mening do’stim», «Kompyuter olamiga sayohat»- maktabgacha tarbiya va boshlang’ich ta’lim bosqichlarida;

  • «Informatika va hisoblash texnikasi asoslari» –umumta’lim bosqichida;

  • «Zamonaviy kompyuterlarning dasturiy ta’minoti va axborot texnologiyalari elementlari» - o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi bosqichida;

  • «Kasbiy faoliyatida zamonaviy axborot texnologiyalari» - oliy ta’limning tayanch bosqichi(bakalavriat)da ta’lim yo’nalishlari bo’yicha;

  • «Kasbiy foaliyat doirasining tizimli tahlili metodologiyasi va eng yangi axborot texnologiyalari» - oliy ta’limning yuqori bosqichi(magistratura)da ta’lim yo’nalishlari bo’yicha;

Bu kontseptsiya asosan fanning davlat ta’lim standartlari majmui, namunaviy o’quv rejalari va dasturlari, o’quv metodik adabiyotlar ishlab chiqishga asos bo’la oladi.
Kasb-hunar ta’limida informatika umumta’lim fani sifatida qaralib, uni va boshqa fanlarning davlat ta’lim standarti qabul qilindi. Har bir fanning dasturlari va ularga qo’yilgan talablar Davlat ta’lim standart(DTS) ida va dasturlarning mazmunida ko’rsatib berilgan. Bu esa ta’lim olishning "hayotiy tsikl" ga mosligini ko’rsatadi. «Umrning butun ma’nosi mavhumlikni to’xtovsiz zabt etish, tobora va hamisha ko’proq bilishga intilishdir»
Ta’lim tizimi yangi mazmun asosida qayta tahlil qilinayotganligi sababli har bir fanning mazmuni ham ta’lim bosqichlari bo’yicha yangilanib borayapti. Kasb- hunar kollejlarida o’qitilayotgan informatika umumta’lim fani ham bundan
mustasno emas. Shu sababli “Informatika va axborot texnologiyalari” umumta’lim fanining asosiy maqsadidan kelib chiqadigan bo’lsak, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limida tahsil olayotgan o’quvchilarga bu fanning nazariy va amaliy jihatlari haqida bilim berish, zamonaviy kompyuterlarning dasturiy ta’minoti, amaliy jihatdan xizmat ko’rsatuvchi dasturlar bilan ishlash malakasini hosil qilish, zamonaviy axborot texnologiyalari haqida umumiy ma’lumotlar berishdan iborat.
Kasb-hunar kollejlarida o’qitilayotgan “Informatika va axborot texnologiyalari” umumta’lim fanining mazmuni namunaviy o’quv dasturida quyidagicha qilib belgilangan: [9].

  1. Axborot va jamiyat

  2. Axborot texnologiyalari va tizimlari, ularning jamiyatdagi o’rni va ahamiyati.

  3. Zamonaviy shaxsiy kompyuterlar va ularning dasturiy ta’minoti.

  4. Ofis dasturlari va ularning yangi imkoniyatlari.

  5. Ma’lumotlar ombori va uni boshqarish tizimlari.

  6. Kompyuterda grafik ob’ektlar bilan ishlash.

  7. Kaspiy faoliyatda amaliy dasturlardan foydalanish asoslari.

  8. Zamonaviy dasturlash tillari.

  9. Fayllarni arxivlash va kompyuter viruslaridan saqlanish.

  10. Axborot xavfsizligi.

  11. Kompyuterlarga xizmat ko’rsatish.

  12. Model va modellashtirish asoslari.

  13. Kompyuter tarmoqlari va ularda ishlash asoslari.

  14. WEB dizayn asoslari.

Bu talablardan va fanning mazmunidan kelib chiqqan holda kompyuterlarning dasturiy ta’minotini, ayniqsa, amaliy dasturiy ta’minotini o’qitish muhim ahamiyat kasb etadi.
Amaliy dasturiy ta’minot - axborot tizimi funktsional vazifalarni hal etishni avtomatlashtirish uchun mo’ljallangan dasturiy mahsulotlar yig’indisini
o’zida namoyon etadi. Ular universal vositalar (matn muharrirlari, elektron jadvallar, ma’lumotlar omborini boshqaruv tizimlari) va maxsus vositalar – funktsional kichik tizimlarni amalga oshiruvchi turli xil ob’ektlar (iqtisodiy, muhandislik, texnik va boshqalar) sifatida ishlab chiqilishi mumkin.
Yuqoridagi ta’rifdan ko’rinib turibdiki, bu ta’minotning asosini amaliy dasturlar tashkil etadi. Amaliy dasturlarni talabalarga o’rgatish va ularda ko’nikma va malakalar hosil qilish fanning umumiy maqsadidan kelib chiqqan holda kompyuter texnologiyasini kasbiy sohalarga qiynalmasdan tadbiq qilish va uning o’rni haqida tasavvurlarga ega bo’lishni ta’minlashdan iborat. Har bir fan doirasidan kelib chiqqan holda bu dasturlardan foydalanishning o’ziga yarasha o’rni mavjud. Masalan: fizika, matematika, kimyo, astronomiya, biologiya, anatomiya va tasviriy sa’nat fanlari bo’yicha yaratilgan dasturlarni kompyuter yordamida o’rganish uchun talabalar bu dasturlar bilan ishlash ko’nikmasiga ega bo’lishlari kerak. Ana shunday ko’nikmalarni hosil qilish maqsadida amaliy dasturlarni o’qitish muhim ahamiyat kasb etadi. Informatika umumta’lim fanida amaliy dasturlarni o’qitish zamonaviy texnologiyalarning amaliyotga tadbiqi nuqtai nazaridan o’rganishni ta’minlaydi.
Amaliy dasturlarning quyidagi imkoniyatlari mavjud:

  • qo’lda bajariladigan ish vaqtini tejaydi;

-aniq va tushunarli bo’lgan masalalar ustida ishlash imkoniyatini beradi;

  • bajarish jarayonidagi kamchiliklar yoki nuqsonlarni tez bartaraf etadi;- mutaxassislik bo’yicha atamalarning dasturdagi ma’nolarini aniqlash imkonini yaratadi;

  • fanni o’rganishda o’quvchiga qiyinchilik tug’dirmaydi.

    1. Download 156,88 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish