Nazariy ma’lumotlar.
Elektron jadval (jadval protsessori) - jadval ko’rinishida tasvirlash mumkin bo’lgan masalalarni echishga mo’ljallangan maxsus dastur. Excel bu - windows muhitida ishlaydigan, elektron jadvallarni tayyorlash va ularga ishlov berishga mo’ljallangan dastur. Sonli ifodalar - jadval ichiga kiritiladigan sonlar. Formulalar - kiritilgan sonli qiymatlar bo’yicha yangi qiymatlarni hisoblaydigan ifodalar. Hujjat - excel ning asosiy ishlov berish ob’ekti. Ishchi kitob - excel hujjatlari nomi. Ishchi varaq - ishchi kitobni tashkil etgan elektron jadval. Yacheyka – jadvaldagi manzili ko’rsatiladigan va bir qator va bir ustun kesishmasi oraliqida joylashgan element.
Diapozon- bir nechta yacheykalardan iborat bo’lgan to’plam.
Do'stlaringiz bilan baham: |