I bob”Kasb-hunar kollejlarida informatika va axborot texnologiyalari fanini o’qitish usullari” deb nomlanib, ushbu bobda ta’lim tizimida noan’anaviy ta’lim haqida tushuncha, kasb - hunar kollejlarida informatika va axborot texnologiyalari fanining vazifalari va mazmuni, . Informatika va axborot texnologiyalarini o’qitishda innovatsion texnologiyalariga asoslangan o’qitish usullariga doir masalalar yoritib berilgan.
II bob “Kasb-hunar kollejlarida informatikaning elektron jadvallar modulini o’qitish metodikasi” deb nomlanib, ushbu bobda Informatika va axborot texnologiyalari fanida elektron jadvallar modulining mazmuni, elektron jadvallar moduli mavzulari mazmunining kasbga yo’naltirilganlik muammosi, elektron jadvallar moduli bo’yicha ma’ruza, amaliy-laboratoriya mashg’ulotlarini tashkil etish va o’tkazish metodikasi interfaol usullardan foydalanib tayyorlangan dars ishlanmalariga doir masalalar yoritib berilgan.
BMI da yuqorida bildirilgan fikr muloxazalardan shunday xulosalarga kelish mumkin:
Ta’lim jarayoni samaradorligini oshirish, ta’lim oluvchilarning mustahkam nazariy bilim, faoliyat, ko’nikma va malakalarini shakllantirish, ularni kasbiy mahoratga aylanishini ta’minlash maqsadida o’qitish jarayonida yangi pedagogik texnologiyadan foydalanish davr taqozosi hamda ijtimoiy zaruriyat sifatida kun tartibiga qo’yilmoqda.
Ta’lim jarayoniga yangi pedagogik texnologiyani tadbiq etish kadrlar tayyorlashga yo’naltirilgan umumiy jarayon mazmunining sifat jihatdan o’zgarishini ta’minlaydi.
Yangi pedagogik texnologiya nazariyasi g’oyalaridan foydalanish asosida tashkil etilgan ta’lim jarayoni barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tarbiyalash borasidagi ijtimoiy buyurtmaning bajarilish xolatining sifat ko’rsatkichiga ega bo’lishiga olib keladi.
Informatika mavzularini o’qitishda nazariy, amaliy va mustaqil ish shakllari qo’llanildi.
o’qitishda interfaol usullarni qo’llash samarali ekanligi alohida qayd etildi va har bir mashg’ulot uchun aniq va samarali bo’lgan an’anaviy, interfaol yoki ulardan tashkil topgan metodikalar majmuasi tavsiya etildi va dars ishlanmasi shaklida amalga oshirildi.
-Informatikadan amaliy-laboratoriya mashg’ulotlarini tashkil etish va o’qitish usullariga to’xtalib, ulardan foylanish: nazariy bilimlarini mustahkamlash, mustaqil ish yuritishga o’rganish, bir xildagi topshiriqlar emas, balki oddiydan murakkabga qarab o’tish tamoyilini qo’llash, kasb sohasida uchraydigan amaliy masalalar bilan tanishish imkoniyatlarini oshiradi degan xulosalarga kelindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |