Excel dasturi bo’yicha birinchi ma’ruza darsining «Texnologik xarita» si quyidagicha:
Dars mavzusi. Elektron jadvallar haqida umumiy ma’lumot. Microsoft Excel elektron jadvali va uning asosiy elementlari.
Darsning maqsadi. Talabalarga elektron jadvallar haqida umumiy ma’lumotlar berish va hisob-kitob ishlarini amaliyotda qo’llash, Excel elektron jadvali bilan tanishtirish, uning ishlash printsiplari va asosiy elementlar haqida bilimlar berish.
Darsning turi. Yangi bilimlarni bayon qilish.
Asosiy tushunchalar va atamalar. Elektron jadval, Excel dasturi va uning asosiy tushunchalari (ishchi kitob, ishchi varaq, yacheyka, diapozon, formula yozish qatori, funktsiyalar, diagrammalar).
Ko’rgazmali vositalar: Zamonaviy ekran vositasi, multimediya texnologiyalari, audioproektor, kompyuter va mavjud darslik, o’quv qo’llanmalar, interfaol usullarda tashkil qilingan tarqatma materiallar.
Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.
Tashkiliy qism - 5 daqiqa
Yangi mavzuni boshlashga hozirlik. – 15 daqiqa. Unda mavzu bilan bogliq, o’tgan mavzular takrorlanadi. Bu mavzuda elektron jadvallar bilan bogliq bo’lgan matn muharriridagi "Matnlar orasiga jadvallar qo’yish" mavzusi aqliy hujum orqali quyidagi savollar asosida bayon qilinadi: 1. Jadval nima va u qanday tuzilgan? 2.Jadvalga qanday ma’lumotlar kiritiladi?
Jadvalda hisoblash ishlari qanday amalga oshiriladi? O’quvchilarning fikrlari umumlashtirilib, darsning maqsadi o’quvchilarga aytib o’tiladi.
3. Yangi mavzuni yoritish. - 40 daqiqa. U quyidagi reja asosida amalga oshiriladi. Multimediya vositalari va proektor yordamida ekranda namoyish qilinadi.
Elektron jadvallar haqida umumiy ma’lumotlar.
Excel elektron jadvalining asosiy elementlari va interfeysi. 3.Ishchi hujjatlar bilan ishlash.
Bu mavzular ketma-ketlikda va mantiqiy bogliqlikda, yuqoridagi vositalar yordamida o’qitishning interfaol usullari (T-sxema, klaster va aqliy hujum) orqali talabalarga etkaziladi.
Yangi mavzuni mustaxkamlash. - 10 daqiqa. Berilgan nazariy bilimlar aniq misollar va turli xil topshiriqlarni bajarish yordamida mustahkamlanadi.
Darsga yakun yasash. - 10 daqiqa. Darsda tushunilmagan savollarga javoblar beriladi va ularning qanchalik eslab qolinganligini bilish maqsadida o’qituvchi tomonidan quyidagi savollar o’rtaga tashlanadi va T- sxemaga tarqatiladi:
Elektron jadvallar nima va nima uchun ishlatiladi?
Microsoft Excel dasturi qanday dasturlar qatoriga kiradi?
Bu dasturda qanday ishlarni amalga oshirish mumkin?
Dasturdagi asosiy tushunchalar nimalardan iborat?
Ushbu savollarga va quyidagi T- sxemaga javoblari tinglanadi. Dars yakunlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |