Guliston davlat universiteti fizika matematika fakulteti axborot texnologiyalari kafedrasi


  Axborot tizimlarida axborotlarni himoyalash muammolari



Download 166,81 Kb.
bet26/65
Sana18.08.2021
Hajmi166,81 Kb.
#150516
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   65
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi g-fayllar.org

1.3.  Axborot tizimlarida axborotlarni himoyalash muammolari 

 

Bugungi 


kunda 


axborotlarni 

qayta 


ishlashning 

avtomatlashtirilgan 

tizimlaridan  ommaviy  ravishda  foydalanish  jarayonlarida    jamiyat    axborot 

xavfsizligi  muammosiga  duch  kelmoqda.  Axborot  texnologiyalarining  hayotning 

barcha  jabhalariga  ommaviy  ravishda  joriy  etilishi  natijasida    elektron  shakldagi 

axborot  hajmi  bir  necha  ming  marotaba  oshdi.  Hozirda  soliq  to’lovchilar  yoki 

mahsulot ishlab chiqarish rejasi haqidagi muhim bo’lgan  ma’lumotlarni saqlovchi 

fayllarni  qisqa  vaqt  ichida  diskka  yoki  flesh-kartali  tashqi  xotiraga  osongina 

ko’chirib  olish    mumkin.  Kompyuter  tarmoqlarida  esa  axborot  resurslariga 

murojaat  qilishni  nazorat  qilish  murakkabligi  tufayli  tarmoqda  saqlanayotgan 

axborotlarning yaxlit holda saqlanishiga kafolat berish mushkul.  Demak, axborot 

xavfsizligi muammosi jamiyatdagi axborotlarning muhim va qimmatliligini e’tirof 

etadi.  

Xavfsizlik  deganda  shaxsning,  korxonaning,  davlatning  muhim  hayotiy 

manfaatlarining tashqi va ichki tahdidlardan himoyalanganlik holati tushuniladi. 

Hozirgi  paytda  axborot  tovar  xususiyatiga  ega.  Shuning  uchun  u  ixtiyoriy 

tovar  singari  tovar  ayirboshlashda  qatnashishi,  huquqiy  ob’ekt  sifatida  o’zining 

egasiga,  ishlab  chiqaruvchisiga  va  iste’molchisiga  ega  bo’lishi  mumkin. 

Iste’molchi  nuqtai-nazaridan  foydalaniladigan  axborotning  sifati  qo’shimcha 

iqtisodiy  va  ma’naviy  samaradorlikka  erishish  imkonini  yaratadi.  Axborot  egasi 

nuqtai-nazaridan  muhim  tijorat  axborotini  sir  saqlash  bozorda  raqobatbardosh 

tovar ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish imkonini yaratadi. Ishlab chiqaruvchi 

uchun uning  shaxsiy  axborotlari  ma’lum  ma’noda  qimmatga  ega.  Chunki  bunday 

axborotlarni  yaratish  yoki  qo’lga  kiritish  mashaqqatli  mehnat  yoki  ma’lum 

mablag’  evaziga  amalga  oshiriladi.  Albatta,  axborotning  real  yoki  potentsial 

qimmatliligi u keltirayotgan foyda bilan aniqlanadi. [18]. 

Bugungi  kunga  kelib  maxfiy  axborotlarni  qo’lga  kiritish  uchun turli  xil  usul 

va  vositalardan  foydalanish,  zamonaviy  uskuna  va  qurilmalar  yordamida  hattoki 




 

23 


sanoat josusligi avj olmoqda. Maxfiy saqlanayotgan axborotlarning taxminan 47% 

i  sanoat  josusligida  qo’llaniladigan  zamonaviy  texnik  vositalar  orqali  qo’lga 

kiritilmoqda.  Tijorat  firmalari  maxfiy  axborotlarining  20%  i  raqobatchilar 

tomonidan  qo’lga  kiritilib  oshkor  qilinishi  ularning  60%  ining  bankrot  holatiga 

tushib  qolishiga  olib  kelgan.  Demak,  xulosa  shuki,  axborot  muhofazasi,  uning 

xavfsizligini ta’minlashga jiddiy e’tibor qaratish kerak. 

«Axborot  xavfsizligi»  tushunchasi  turli  xil  hujjatlarda  turlicha  talqin  etilishi 

mumkin. Rivojlangan davlatlarning axborot xavfsizligiga oid hujjatlarida bu atama 

milliy  manfaatlar  xavfsizligi,  shaxsga,  jamiyatga  va  davlatga  tegishli  bo’lgan 

axborot  resurslari  xavfsizligi  ma’nosida  foydalaniladi.  Masalan,  O’zbekiston 

Respublikasining  «Axborot  erkinligi  printsiplari  va  kafolatlari  to’g’risida»gi 

Qonuni  3-moddasida  axborot  borasidagi  xavfsizlik  tushunchasiga  «axborot 

sohasida  shaxs,  jamiyat  va  davlat  manfaatlarining  himoyalanganlik  holati»,  deb 

ta’rif  berilgan.  Shunga  o’xshash,  «O’zbekiston  Respublikasi  axborot  resurslarini 

tayyorlash va ularni ma’lumotlarni uzatish tarmoqlarida, shu jumladan,  Internetda 

tarqatish  tartibi  to’g’risida  nizom»ning  «Atamalar  va  ta’riflar»  qismida  quyidagi 

ta’rif  keltirilgan:  Axborot  xavfsizligi  -  axborot  sohasida  shaxs,  jamiyat  va  davlat 

manfaatlarining  himoyalanganligi  holati.  Ushbu  ikki  hujjatda  axborot  xavfsizligi 

atamasiga milliy miqyosda ќaralib, unga  keng ma’noga ega bo’lgan ta’rif berilgan. 

Boshqa  manbalarda  axborot  xavfsizligi  deganda  axborotning  muhofazasini 

ta’minlashga  qaratilgan,  axborotga  ruxsatsiz  murojaat  qilish,  uni  buzish, 

o’zgartirish  va  maxfiyligini  oshkor  qilish  imkoniyatidan  mahrum  qilishga 

qaratilgan choralar tushunilishi ko’rsatib o’tilgan. 

Hozirgi  paytlarda  mavjud  axborot  tizimlarida  juda  katta  hajmda  maxfiy 

axborotlar  saqlanadi  va  ularni  himoyalash  eng  dolzarb  muommolardan  bo’lib 

hisoblanadi.  Masalan,  birgina  AQSh  Mudofaa  Vazirligiga  54000  kompyuterlar 

qarashli va ulardagi axborotlarning maxfiyligi hammaga ayondir. 1995 yilda AQSh 

hukumati  kompyuterlariga  250  ming  hujum  uyushtirilgan  va  ularni  65%  i 

muvaffiqiyatli amalga oshirilgan. 




 

24 


Zamonaviy avtomatlashtirilgan axborot tizimlari bu taraqiyot dasturiy-texnik 

majmuasidir  va  ular  axborot  almashuvini  talab  etadigan  masalalarni  echishni 

ta’minlaydi. Keyingi yillarda foydalanuvchilarning ishini engillashtirish maqsadida 

yangiliklarni  tarqatish  xizmati  USENET-NNTP,  multimediya  ma’lumotlarini 

INTERNET-HTTP tarmog’i orqali uzatish kabi protokollar keng tarqaldi. 

Bu  protokollar  bir  qancha  ijobiy  imkoniyatlari  bilan    birga  anchagina 

kamchiliklarga ham ega va bu kamchiliklar tizimning zahiralariga ruxsatsiz kirishga 

yo’l  qo’yib  bermoqda. Masalan  AQSh  axborotni  himoyalash  milliy  assotsiatsiyasi 

a’zosi  David  Kennedy  ning  ma’lumotiga  ko’ra,  Buenos-Ayresda  yashovchi  21 

yoshli  Julio  Cesar  Ardita  qo’lga  olingan.  Buning  sababi  esa  Ardita  ning  AQSh 

harbiy  dengiz  kuchlari,  NASA  hamda  AQSh,  Braziliya,  Chili,  Koreya,  Meksika, 

Tayvan  universitetlari  kompyuter  tizimlariga  hujumlar  uyushtirilganligi  va  ularga 

ruxsatsiz kirganligidir. 

Axborot tizimlarining asosiy ta’sirchan qismlari quyidagilar: 

-  INTERNET tarmog’idagi serverlar. Bu serverlar dasturlar yoki ma’lumotlar 

fayllarni  yo’q  qilish  orqali;  serverlarni  haddan  tashqari    ko’p  tugallanmagan 

protsesslar    bilan    yuklash   orqali; tizim    jurnalining   keskin   to’ldirib    yuborilishi 

orqali; brouzer – dasturlarini  ishlamay  qolishiga olib  keluvchi  fayllarni  nusxalash  

orqali  ishdan  chiqariladi.  

 -    Ma’lumotlarni   uzatish    kanallari –  biror-bir    port   orqali    axborot    olish  

maqsadida  yashirin  kanalni  tashkil  etuvchi  dasturlar  yuboriladi. 

-  Ma’lumotlarni   tezkor uzatish  kanallari  –  bu  kanallar   juda  ko’p  miqdorda 

xech kimga kerak bo’lmagan fayllar bilan  yuklanadi va ularning ma’lumot uzatish 

tezligi susayib  ketadi.   

- Yangiliklarni uzatish kanallari – bu kanallar eskirgan axborot bilan to’ldirib 

tashlanadi yoki bu kanallar umuman yo’q qilib tashlanadi. 

-  Axborotlarni  uzatish  yo’li  –  USENET  tarmog’ida    yangiliklar  paketining 

marshruti buziladi. 


 

25 


-  JAVA  brouzerlari  –  SUN  firmasi  yaratgan    JAVA  tili  imkoniyatlaridan 

foydalanib,  appletlar  (applets)  tashkil  etish  orqali  ma’lumotlarga  ruxsatsiz  kirish 

mumkin bo’ladi. JAVA – appletlari tarmoqda avtomatik ravishda ishga tushib ketadi 

va  buning  natijasida  foydalanuvchi  biror-bir  hujjatni  ishlayotgan  paytda  haqiqatda 

nima sodir etilishini hech qachon ko’ra bilmaydi, masalan, tarmoq viruslarini tashkil 

etish  va  JAVA  -  appletlari  orqali  viruslarni  jo’natish  mumkin  bo’ladi  yoki 

foydalanuvchining  kredit  kartalari  raqamlariga  egalik  qilish  imkoniyati  vujudga 

keladi. 

AQSh  sanoat  shpionajiga  qarshi  kurash  assopiatsiyasining  tekshirishlariga 

asosan  kompyuter  tarmoqlari  va  axborot  tizimlariga  hujumlar  quyidagicha 

tavsiflanadi. 

 20% aralash hujumlar 

40% ichki hujumlar 

40% tashqi hujumlar 

 

Juda ko’p bunaqa hujumlar muvaffaqiyatli tashkil etiladi. 



Masalan, Buyuk Britaniya sanoati, kompyuter jinoyatlari sababli, har yilda 1 

mlrd funt sterling zarar ko’radi. 

Demak, yuqorida olib borilgan tahlildan shu narsa ko’rinadiki, hozirgi paytda 

kompyuter  tarmoqlari  juda  ko’p  ta’sirchan  qismlarga  ega  bo’lib,  ular  orqali 

axborotlarga ruxsatsiz kirishlar amalga oshirilmoqda yoki ma’lumotlar bazalari yo’q 

qilib yuborilmoqda va buning natijasida insoniyat mlrd-mlrd dollar zarar ko’rmoqda. 

Ma’lumki, hisoblash  texnikasi  vositalari ishi  elektromagnit nurlanishi  orqali 

bajariladi,  bu  esa,  o’z  navbatida,  ma’lumotlarni  tarqatish  uchun  zarur  bo’lgan 

signallarning  zahirasidir.  Bunday  qismlarga  kompyuterning  platalari,  elektron 

ta’minot manbalari, printerlar, plotterlar, aloqa apparatlari va hakozo kiradi. Lekin, 

statistik  ma’lumotlardan  asoaiy  yuqori  chastotali  elektromagnit  nurlanish  manbai 

sifatida displeyning rol o’ynashi ma’lum bo’ldi.  

Ma’lumotlarga  ruxsatsiz  egalik qilish uchun  zarur  bo’lgan dasturlarni  tatbiq 

etish usullari: 

- kompyuter tizimlari zahiralariga ruxsatsiz egalik qilish; 


 

26 


-  kompyuter  tarmog’i  aloqa  kanallaridagi  xabar  almashuvi  jarayoniga 

ruxsatsiz aralashuv; 

- virus ko’rinishidagi dasturiy kamchiliklar (defektlar) ni kiritish; 

Ko’pincha kompyuter tizimida mavjud zaif qismlarni  «teshik» lar, «lyuk» lar 

deb atashadi. Ba’zan dasturlovchilarning o’zi dastur tuzish paytida bu «teshik» larni 

qoldirishadi, masalan: 

-natijaviy dasturiy ma’lumotni engil yig’ish maqsadida; 

-  dastur  tayyor  bo’lgandan  keyin  yashirincha  dasturga  kirish  vositasiga  ega 

bo’lish maqsadida.  

Mavjud  «teshik»  ka  zaruriy  buyruqlar  qo’yiladi  va  bu  buyruqlar  kerakli 

paytda  o’z  ishini  bajarib  boradi.  Virus  ko’rinishidagi  dasturlar  esa  ma’lumotlarni 

yo’qotish yoki qisman o’zgartirish, ish seanslarini buzish uchun ishlatiladi. 

Axborot  xavfsizligi  muammolariga  to’g’ri  yondashish uchun  dastlab  axborot 

tizimlaridan  foydalanuvchi  axborot  munosabatlari  sub’ektlari  va  ularning 

manfaatlarini  aniqlab  olish  kerak.  Axborot  xavfsizligiga  bo’ladigan  tahdidlar 

axborot texnologiyalaridan foydalanishga teskari bo’lgan harakatlardir.  Bu fikrlar 

asosida quyidagi ikki xulosani keltirib chiqarish mumkin: 

 axborot  xavfsizligi  muammolari  turli  xil  toifadagi  sub’ektlar  tomonidan 



turlicha  talqin  qilinishi  mumkin.  Bunga  misol  tariqasida  davlat  tashkilotlari  bilan 

O’quv  muassasalarini  (kollejlar,  institutlar  va  universitetlar)  keltirish  mumkin. 

Davlat tashkilotlari «Barcha qurilmalar, tizimlar buzilsa-buzilsin-u, lekin dushman 

maxfiy  bo’lgan  birorta  bit  ma’lumotni  ham  bilolmasin!»  qabilida  yondashsalar, 

ta’lim  muassasalari  «Bizda  hech  qanday  sirning  o’zi  yo’q,  asosan  biz  uchun 

qurilma va tizimlar ishlasa bo’lgani!» qabilida yondashadilar. 

 axborot  xavfsizligi  muammolarini  hal  qilishda  birgina  axborotga  ruxsatsiz 



murojaat  qilishdan  himoyalanish  bilan  cheklanib  qolmay,  qurilmalar  va 

tizimlarning  ishdan  chiqib  nosoz  bo’lib  qolishlariga  ham  jiddiy  e’tibor  berish 

kerak.  

 


 

27 




Download 166,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish