Guliston davlat universiteti filologiya fakulteti



Download 4,68 Mb.
bet80/644
Sana23.07.2022
Hajmi4,68 Mb.
#841113
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   644
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ona tili

Nazorat savollari:
1.Nima uchun so’z nominativ birlik sanaladi?
2.Leksik so’zlar va grammatik so’zlar qanday farqlanadi?
3.Leksik va grammatik mazmunli so’zlar tilshunoslikning qaysi bo’limlarida o’rganiladi?
4.Leksema, nomema, semema atamalarini tushuntiring.
5.Leksemaning ifoda va mazmun planlari haqida ma’lumot bering.
6.Tub va yasama so’zlarning ifoda planlari qanday farqlanadi?
7.Leksemaning tashqi va ichki formalari haqida ma’lumot bering.
8.Leksemaning ifoda va mazmun planlari dialektikaning qaysi kategoriyalariga mos?
9.Leksemaning yaxlit bir butun birlik ekanligi nimalarda namoyon bo’ladi?
10.Leksemaning leksik birlik sifatidagi asosiy belgilarini tushuntiring.


2-MAVZU: BIR MA’NOLI VA KO’P MA’NOLI SO’ZLAR.
So’zlarning semantik tuzilishi, o’zgarishi va taraqqiyoti
Reja:

  1. Leksik ma’no va tushuncha.Uslubiy bo’yoq.

  2. Leksik qo’llash. So’zning uzual va okkazional ma’nolari.

3. So’z ma’nosining o’zgarishi va ko’chma ma’noning hosil bo’lishi.
4. So’z ma’nosini torayishi va kengayishi.
Tayanch tushuncha va iboralar:
So’z. Tushuncha. So’zning semantik tuzilishi. So’z ma’nolarining turlari. Leksik ma’no. So’zning uzual va okkazional ma’nolari. Termin. Uslubiy baho.Leksik qo’llash.Ma’no ko’chishi.Metafora.Metonimiya.Sinekdoxa.Vazifadoshlik. Ma’noning torayishi va kengayishi.
.
1-asosiy savolning bayoni:
So’zning tovush tomoni fonetikada, grammatik tomoni grammatikada tekshiriladi, tasvirlanadi; ma’no xususiyatlari esa leksikologiyada o’rganiladi.
LEKSIK MA’NO. Lug’aviy birlikning mazmun plani ikki hodisadan-lug’aviy ma’no va stilistik (emotsional-ekspressiv) bahodan tarkib topadi. Lug’aviy ma’no leksemaga nisbatan leksik ma’no deb, frazemaga nisbatan frazeologik ma’no deb yuritiladi.
Leksemani gavdalantirgan tovushlar tizimining voqelikka nisbatan beriladigan lug’aviy mazmuniga (nimadir nomlashiga, ifodalashiga) leksik ma’no deyiladi. Masalan, kuz leksemasi yoz bilan qish orasidagi faslni nomlaydi, oq leksemasi qoraning ziddi bo’lgan rangni bildiradi, to’rt leksemasi uch bilan besh orasidagi butun miqdorning nomi bo’lib xizmat qiladi: so’zlamoq, uxlamoq leksemalari ma’lum harakat va holatni anglatadi.
Tovush o’zicha leksik mazmunga ega bo’lmaydi. Buning uchun tovushlarning ma’lum tuzumi voqelikdagi biror narsa, belgi yoki ularning munosabati haqidagi tushuncha bilan bog’lanishi, nimanidir nomlashi, ifodalashi shart. Leksik ma’no ma’lum tovushlar tuzumi bilan voqelik orasidagi bog’lanishdan kelib chiqadi. Bunday bog’lanish esa, o’z navbatida, shu tilda so’zlashuvchilar tomonidan e’tirof etilgan bo’lishi shart.
Leksik ma’no va tushuncha. Leksik ma’no bilan u bildiradigan voqelik boshqa-boshqa hodisalardir. Leksik ma’noda voqelikdagi narsa, belgi yoki shular orasidagi munosabatning o’zi emas, balki shular haqidagi tushuncha aks etadi. Shunga ko’ra leksik ma’no deb, odatda, tushuncha ta’kidlanadi.
Leksik ma’no bilan tushuncha o’zaro uzviy bog’liq. Ammo shu asosda bularni tenglashtirish yaramaydi. Leksik ma’no- til qurilishiga xos hodisa, tushuncha-tafakkurga xos hodisa. Bularning har ikkisi umumlashtirish, abstraktsiya asosida tug’iladi. Lekin tushuncha fikrlash qobiliyatining natijasi sifatida insonga nisbatan belgilansa, leksik ma’noga xos umumlashish har bir tilning o’z doirasida voqe bo’ladi. Shunga ko’ra leksik ma’no har bir til uchun, odatda, xususiy bo’ladi. Masalan, bir tushuncha-“ko’rish a’zosi” tushunchasi rus tilida glaz leksemasi bilan, o’zbek tilida ko’z leksemasi bilan anglatiladi. Shu jihatdan teng keluvchi bu ikki leksema o’z leksik ma’nolari sistemasi bilan keskin farq qiladi.

Download 4,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   644




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish