Guliston davlat universiteti filologiya fakulteti


Vergul va uning qo’llanish o’rinlari



Download 4,68 Mb.
bet506/644
Sana23.07.2022
Hajmi4,68 Mb.
#841113
1   ...   502   503   504   505   506   507   508   509   ...   644
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ona tili

Vergul va uning qo’llanish o’rinlari.
Vergul o’zbek yozuvida XX asrdan qo’llana boshladi. «Turkiston viloyatining gazeti» sahifalarida 1901 yildan, Toshkentda nashr etilgan «Taraqqiy» gazetasida esa 1906 yildan boshlab ishlatilgani maa’lum. Vergul eng qadimgi tinish belgilaridan bo’lib, o’zining uzoq tarixiga ega: u G’arbiy Evropa yozuvlarida XV asrdan tinish belgisi sifatida qo’llana boshlagan.
Vergul eng ko’p qo’llanuvchi va eng ko’p funktsiyani bajaruvchi tinish belgilaridan hisoblanadi. Hozirgi o’zbek adabiy tilida vergulning qo’llanish doirasi, funktsiyasi kengayib bormoqda. Masalan, ilgari ko’chirma nutq o’rtasida kelgan avtor gapi ikki tomondan vergul va tire bilan ajratilgan bo’lsa, hozirgi kunda faqat qo’sh vergul bilan ajratilmoqda; tirening funktsiyasini ham vergul bajaryapti: Jamoamiz a’zolari, dedi rais, fidokorona mehnat qilmoqdalar.
Vergul quyidagi funkitsiyalarda keladi: a) gap bo’laklari va gaplarning o’zaro birikuvini ko’rsatadi; b) gap bo’laklari, gaplar, ayrim so’zlar va iboralarni ajratadi, ayiradi, bo’ladi; v) tekstdagi ayrim qismlarni chegaralaydi.
Vergul sodda gap tarkibida ham, Qo’shma gap tarkibida ham qo’llanadi. Vergul Qo’shma gap tarkibida ko’proq uchraydi.
Muhokama uchun savollar
1.O’zbek tilida nuqta qanday o’rinlarda ishlatiladi va qanday vazifalarni bajaradi?
2.Vergulning vazifalari nimalardan iborat, u qaerlarda ishlatiladi?
3- masala:SO’ROq VA UNDOV BELGISI VA ULARNING qO’LLANISh O’RINLARI.
So’roq belgisi gap oxirida qo’llanuvchi asosiy belgilardan hisoblanadi. Bu belgi mazmunidan so’roq anglashilgan gaplar oxiriga qo’yiladi; shu gapning tugallanish nuqtasini, uning boshqa gaplardan ajralish chegarasini ko’rsatadi va mazkur gapning ifoda maqsadiga ko’ra so’roq gap egaligini bildiradi. Masalan: qayoqqa chekinasan? Bormi keraksiz ering? Ne uchun odam bo’lding, kemasang dushmanga teng? (H.O.) – Ilgari kim bo’lgan bu odam? Turdivoy halfa nima dedi? Kim to’y qilyapdi? – deb so’radi Xolmurod. (P.Tursin)- Nima? Nimalar deding? (U.) Prof. A.N.Gvozdyov «so’roq belgisi latincha Questio (so’roq) so’zining qisqarishidan kelib chiqadi.» deb ko’rsatadi: avval so’roq ma’nosini ifodalash uchun bu so’z qisqartirib (Q - O) qo’llangan; keyinchalik mazkur funktsiya shu so’zning faqat bosh harfi ishlatilgan (Q); bundan hozirgi so’roq belgisi (?) paydo bo’lgan.
So’roq belgisining o’zbek tilida qo’llana boshlashi XIX asrning oxirlariga to’g’ri keladi. Bu belgi o’zbek tiliga rus tilidan kirgan. U 1885 yildagi ba’zi o’zbekcha matnlarda uchraydi. «Turkiston viloyatining gazeti» sahifalarida 1900 yildan keyin muntazam qo’llanana boshlagan.
Hozirgi o’zbek adabiy tilida so’roq belgisining qo’llanishi quyidagicha:
1. Sof so’roq ma’nosini anglatuvchi gaplar oxiriga qo’yiladi. Bunday gaplar ikki xil shakllangan bo’ladi: a) tarkibida so’roqni bildiruvchi vositalar ishtirok etadi. – Endi ketib qolmaysizmi? Ha, nima, o’lasanmi, kap-katta qiz-a? (G’.G’.) b) tarkibida so’roqni bildiruvchi grammatik vositalar ishtirok etmaydi: bundagi so’roq ma’nosi yozuvda so’roq belgisi orqali og’zaki nutqada intonatsiya orqali bilinadi: To’ygacha qo’limni ham ushlatmayman deysiz chog’i? (U.)
So’roqni anglatuvchi gaplar to’liq va to’liqsiz gap shaklida bo’lganda ham, so’roq belgisi qo’llanadi: Ustingizdan shikoyat tushdi. - Shikoyat?(K.Yashin) Bo’lar – bo’lmasga yig’lagan vaqtingiz ham bo’lgandir? (A.qodirov) Bu imorat otangizdan qolgan bo’lsa kerak? (A.qahhor)
So’roqni anglatuvchi gaplar sodda va Qo’shma gap shaklida bo’lishi mumkin. sodda gap shaklidagi so’roq gaplarda taajjub, taxmin, chama, buyruq kabi ma’no ottenkalari ham ifodalanadi. Masalan: - Mening soatim to’xtab qolibdi. – Soatim to’xtab qolibdi? (A.q.) Bas endi, uka, ichmang! – Ichmang? Siz ham ichasiz! (A.q.) Xo’sh, masalani hal qildik, shekilli? (O.) Kechgacha yana uch barobar bo’lar? (A.q.) Plan bajarilgan bo’lsa kerak?
Qo’shma gaplarda so’roq ma’nosining ifodalanishi xiyla murakkab: Qo’shma gapni tashkil etuvchi barcha gaplardan (komponentlaridan) so’roq ma’nosi anglashiladi; Qo’shma gapni tashkil etuvchi bir gap so’roq ma’nosini anglatib, ikkinchi (yoki boshqalari) shu ma’noni ifodalamaydi; ergash gapli qo’shma gaplarda esa so’roq ma’nosi bosh gapda bo’lishi mumkin va aksincha; ergash gap so’roq ma’nosini anglatganda, ko’pincha bosh gapdan so’ng qo’llanadi.
Bunday holatlarda ham gap oxiriga so’roq belgisi qo’yiladi. Masalan: Axir har borganingizda, pochchangiz quruq qo’ymas? (A.q.) Qanday uxlar, oyli tun qizning yuragiga hayajon solsa? (U.) O’zing-ku xatingda quyoshim debsan, Nega g’arbga ketsam yig’laysan to’lib? (U.)
2. Taqrizlarda yoki tsitatalarda biron so’z yoki jumla noaniqlik, gumon va anglashilmovchilikni bildirsa, bunday so’z va jumladan so’ng so’roq belgisi qavsga o’ralgan holda qo’yiladi. Masalan: «Onaning bokira siynasida(?) gavdalangan...», kampir o’zining sodda tafakkuri, o’tmish ongi(?) bilan, tilidagi o’zbekcha joziba (?) bilan esda qoladi. («O’zb.mad.») Ba’zan bunday paytlarda so’roq belgisi qo’sha qo’llanadi. Bu jumladagi qo’pol xatoni, noaniqlikni, avtorning kuchli noroziligi ko’rsatadi. Masalan: ...umumtomoshabinning qalbida asir etgan ko’rku-bastigami (??) yo jahonshumul ahamiyati sayqal berib turadi. («O’zb.mad») Bu haqda quyida («So’roq belgisining takroriy qo’sha qo’llanishi»da) batafsil gapiriladi.
3. So’roq gap tipidagi sarlavhalardan keyin so’roq belgisi qo’yiladi: Teatr bolalarga nima beradi?(«Toshk.oqshomi») Bu haqda nimalarni bilasiz? Inglizlar qanday salomlashadi? («Toshk.oqshomi») Xo’jalik yilini qanday yakunlayapsiz?
4. Kim, nima qaysi, qanaqa, qanday qilib, nima qildi kabi so’z va so’z birikmalari so’roq ma’nosi uchun ishlatilsa, ulardan so’ng so’roq belgisi qo’yiladi. Masalan: Ega kim?, nima?, kimlar?, nimalar? kabi so’roqlarga javob bo’ladi.

Download 4,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   502   503   504   505   506   507   508   509   ...   644




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish