qo’rqma, qochsang o’zingga jabr qilasan. qani, yur-chi ichkariga. (P.Tursin)
Tark etma nazokatni, xulqingga jafo qilma,
Izzatni berib elga, behuda safo qilma. (U.)
3. Remarka tipidagi gaplar oxiriga qo’yiladi. Ma’lumki, remarkalarda pesadagi voqealarning tavsifi, personajlarning vaziyati, ichki kechinmalari beriladi. Bu jihatdan remarkalardagi mazmun darak gapdagi mazmunga o’xshash bo’ladi; fakt, voqea, hodisa, holat ta’kidlanadi. Masalan: - Halqimga, ijodimga! (K e t a b o sh l a y d i.)- Hayr, shahanshoh!
(Y o’ l i d a d a v o m e t a d i. H a m m a b o sh e g i b t u r-
g a n j o y i d a q o t i b q o l a d i. T a sh q a r i d a n N a v o i y n i o l q i sh l a g a n x a l q n i n g o v o z l a r i e sh i –
t i l a d i.) (U.)
Agar remarka personaj nomini bildiruvchi so’zdan keyin kelib, uning harakatini anglatsa, bunday remarkalar oxiriga nuqta qo’yilmaydi. Chunki bu tipdagi remarkalar personaj nomi bilan birgalikda bir sintaktik butunlikni tashkil etadi. Masalan: q o’ l d o sh (ch o’ ch i b). Yo’g’e! T o sh m a t (k u l i b). O’n ikki-yu nol-nolda! Q o d i r (P a t t i x o n g a). Siz hoynahoy remont jo’nidan kelgandirsiz. Q o d i r (i ch k a r i g a t a k l i f q i l i b). Qani marhamat! (U.)
Shuningdek, davomi 3-betda, davomi kelgusi sonda, boshi gazetaning avvalgi sonida, davomi bor tipidagi iboralardan so’ng ham nuqta qo’yiladi, chunki ular gapga teng intonatsiya bilan aytiladi va ularda gapga xos predikativlik bo’ladi.
4. Numerativlar bilan sanab ko’rsatilgan gaplar oxiriga (agar ular o’zidan oldingi va keyingi gaplar yoki numerativlar bilan izohlanmasa)qo’yiladi. Masalan: ...quyidagi onalarga «qahramon ona» faxriy unvoni berilsin:
Keng ma’noda qaror, rezolyutsiya, deklaratsiya va ayrim hujjatlardagi punktlar (numerativlar) ham shunga kiradi.
Ammo numerativlardagi gaplardan mazmuniy bog’liqlik sezilsa yoki ular tugallanmagan fikrni anglatsa, bunday paytda ularning oxiriga nuqtali vergul qo’yiladi: numerativni ko’rsatuvchi son yoki harflar esa yarim qavsga olingan bo’ladi.
5. Bir nechta mustaqil (bir-biri bilan semantik-grammatik bog’lanmagan) darak gaplardan tashkil topgan yirik sarlavhalar va ayrim yirik rubrikalardagi gaplar oxiriga nuqta qo’yiladi. Bunda nuqta gaplarni o’zaro ajratish uchun xizmat qiladi. Nuqtaning bundagi vazifasi ko’proq nuqtali vergulning vazifasiga yaqinlashadi: sarlavha va rubrikalarni tashkil etuvchi qismlar (gaplar) mazmunan bir-biriga uncha yaqin bo’lmaydi. Masalan: Halq kontroliga ko’maklashuvchi gruppa. Postlarga rahbarlik – partiyaviy ishning muhim qismi. Paxta nobudgarchiligiga qarshi kurash – halq nazoratchilarining burchi. Chorvachilikka alohida e’tibor. Jonkuyarlar tashabbusi ortmoqda. Oqqo’rg’on, Bo’ka va O’rta Chirchiq rayonlarida mashina bilan paxta terish kun sayin kuchaytirilmoqda. Hosil pishib etilgan joylarda mashinalarning normal ishlashini ta’minlaylik. Bekobod, Kalinin, Orjonikidze rayonlarida g’o’zani defoliatsiya qilish keyingi kunlarda susaytirib yuborildi. Paxta terish va tayyorlash sur’atini hamma joyda keskin ko’taraylik. («Toshk.haq»)
6. Ba’zan izoh mazmunini anglatuvchi gaplar oxiriga qo’yiladi. Bu holat, asosan, badiiy asarlarda uchraydi. Masalan: Xolmurodni boshlab kirgan Ergash bu erdagi «ajoyibotlarni» tushuntirdi. – Mana bularni «vanna» deyiladi; mana buni esa «titan» deyiladi... (P.Tursun) Uni kelgan mehmonlardan, kampirdan xoli qilib gapga soldim: - Saodat opalaringnikiga mening kelganimni habar qildingmi? (G’.G’.)
Nuqtaning bunday o’rinlarda qo’llanishi badiiy uslubga xos bo’lib, stilistik printsipga ko’ra belgilanadi. Chunki izoh ma’nosini anglatuvchi gaplardan so’ng nuqtaning ishlatilishi boshqa nutq stillarida, masalan, ilmiy stilda uchramaydi. (Bunday paytda boshqa stildagi tekstlarda ikki nuqta ishlatiladi.)
7. Raqamlar yoki harflar bilan ko’rsatilgan numerativlardan so’ng qo’yiladi. Bunda numerativdan keyingi gaplar mustaqillikka ega bo’lishi shart. (Agar bunday gaplar biri ikkinchisiga bog’liq, mazmunan tobe, tugallanmagan bo’lsa, unda numerativni ko’rsatuvchi raqam yoki harfdan so’ng yarim qavs qo’yiladi.)
8. Bosh harflar yoki bo’g’inlar bilan ko’rsatilgan shartli qisqartmalardan so’ng ham nuqta qo’yiladi. Bunday shartli qisqartmalarni ayrim tashkilotlarning nomini bildiruvchi qisqartma so’zlardan farqlash kerak. qisqartma so’zlar umumnorma, umumqoidaga muvofiq bo’lib, ularning nuqtasiz yozilishi qoidalashgan bo’ladi; shartli qisqartmalar esa individual uslub bilan bog’liq, yozuv texnikasi usuliga ko’ra qo’llanadi. Masalan: Alisher Navoiy – A.Navoiy, Aleksandr Sergeevich Pushkin – A.S.Pushkin kabi.
9. Tsitataning manbaini ko’rsatuvchi kiritmalar tekst ichida yoki havolada berilsa va manbada avtor, asarning nomi, asarning nashri, beti to’liq ko’rsatilsa, bunda avtor nomidan so’ng va oxirgi so’zdan keyin nuqta qo’yiladi. Masalan: «Har narsadan oliy yurt va halq baxti!» (Uyg’un. «Vafo».) Yoki havola (snoska)da: H.Olimjon. tanlangan asarlar, O’zdavnashr, T.,1951 yil, 5-bet.
Agar manbada faqat avtorning nomi to’liq shaklda yoki asarning nomi va beti ko’rsatilgan bo’lsa, bunda ulardan so’ng nuqta qo’yilmaydi. Shuningdek, havolada asarning nomi ko’rsatilmaydi, yuqoridagi asar yoki ko’rsatilgan asar deyilsa, unda avtor nomidan so’ng nuqta emas, vergul qo’yiladi. Manba gazetadan, jurnaldan, falon asardan deb ko’rsatilganda ham, ulardan so’ng nuqta qo’yilmaydi.
10. Matematikada nuqta ko’paytiruvchi alomati (ishorasi, belgisi) sifatida qo’llanadi. Bunda u ikki raqam o’rtasida qo’yilib, ko’paytirish belgisini bildiradi: 2 · 2 q4 (2x2q4), 3 · 3q9 (3x3q9) kabi.
Ba’zan nuqta murakkab sonlarni (raqamlarni) sinflarga bo’lib ko’rsatish uchun ham ishlatiladi. Bunda murakkab (ko’p xonali) sonlarni o’qish osonlashadi, metodik izchillik, qulaylik vujudga keladi: 4.400.000 tonna «oq oltin».
12.Ba’zan nuqta chislolarda kun, oy va yillarni ajratish uchun ishlatiladi. Bu davlat xujjatlarida, ayrim yozuvchilarning asarlarida uchraydi. masalan: 5.XII.1970 (5 dekabr, 1970 yil), 20.03.70 (20 mart, 1970 yil). qiyoslang: 1915G’IV70 yil (15 aprel, 1970 yil). Chisloni bu tartibda yozish vrachlar uslubiga xos.
Do'stlaringiz bilan baham: |