Guliston davlat universiteti filologiya fakulteti



Download 4,68 Mb.
bet502/644
Sana23.07.2022
Hajmi4,68 Mb.
#841113
1   ...   498   499   500   501   502   503   504   505   ...   644
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ona tili

Muhokama uchun savollar
3.1.1. Punktuatsiya printsipi nima?
3.1.2. O’zbek punktuatsiyasi printsiplariga nimalar kiradi?
3.1.3. Printsip va usulning farqi.
4-masala: O’zbek tilida tinish belgilarining miqdori va qo’llanish usuli.
Tinish belgilari yozma nutqni ifodalashda muhim vositalardan hisoblanadi.Yozma tekstda u yoki bu tinish belgisining ishlatilishi shu gapdan kuzatilgan maqsad va uning qanday formada ifodalanishiga – semantik-sintaktik strukturasiga – bog’liqdir. qiyoslang: 1. Rais aka, qo’l bering. Mayli, yana cho’l bering. 2.Rais aka, qo’l bering! Paxtaga keng yo’l bering! (O’tkir Rashid) Keltirilgan gaplar, kuzatilgan maqsadga ko’ra, buyruq gap turkumiga kiradi. Ularda tinish belgilarining ikki xil qo’llanganligi mazkur gaplardagi mazmuniy munosabatning (buyruq ma’nosining) turliligiga bog’liq. Ularda leksik vositalar va intonatsion holat o’zgacha. Birinchi misolda buyruq ma’nosi tashviq, murojaat, iltimos formasida berilgan. Unda tashviq, murojaat, iltimos ottenkalari kuchli, umuman, «buyruq iltimos» ma’nosini ifodalaydi. Shuning uchun birinchi misoldagi buyruq gaplar oxiriga nuqta qo’yilgan; ikkinchi gap ham «buyruq - iltimos» ma’nosini ifodalaydi, biroq unda buyruq ottenkasi kuchli. Shuning uchun keyingi gap oxiriga undov belgisi qo’yilgan. Birinchi misolda mayli kirish so’zi gapning buyruq ma’nosini kuchsizlantirgan. Demak, leksik vositaning boshqachaligi («mayli» ning qo’llanishi), shunga bog’liq holda struktura va intonatsiyaion holatning o’zgarishi iltimos ma’nosining kuchayishiga sabab bo’lgan.
Tinish belgilarining qo’llanish xususiyatlarini puxta bilishi va unga amal qilish yozma nutqni har jihatdan to’g’ri, aniq bayon etishda, savodli ifodalashda, yozuv madaniyatini egallashda, yozma nutqni taraqqiy ettirishda muhim ijtimoiy ahamiyatga ega. Punktuatsiya qoidalari hamma uchun (yozuvchi uchun ham, o’quvchi uchun ham) umumiydir.
Hozirgi o’zbek tilida tinish belgilarining qo’llanish doirasi, funktsiyasi kengayib, punktuatsion normalar stabillashib bormoqda. Bu tire, vergul, qo’shtirnoq kabi tinish belgilarining qo’llanish jarayonida ochiq ko’rinadi. Bu protsess o’zbek yozuv madaniyatining, o’zbek tili sintaktik qurilishining va o’zbek adabiy tili funktsional stillarining rivojlanishi, taraqqiyoti va takomillashuvi bilan bog’liq.
Hozirgi o’zbek tilida tinish belgilari o’nta, ularning nomlanishi va shakli quyidagicha:





Nomi

Shakli

1.
2.
3.
4.
5.
6.
7.
8.
9.
10.

Nuqta
So’roq belgisi
Undov belgisi
Nuqtali vergul
Ko’p nuqta (uch nuqta)
Vergul (qo’sh vergul)
Ikki nuqta (bayon belgisi)
Tire (qo’sh tire)
qavs (qo’sh qavs)
Tinoq (qo’shtirnoq)

.
?
!
;
. . .
, yoki , ,
:
- yoki - -
( ), [ ]
“ “, « »,

Tinish belgilarining yuqoridagi shakllari hozirgi o’zbek tili yozuv sistemasi uchun qabul qilingan yagona, asosiy, normal formadir. Shunga ko’ra, barcha nashriyot va bosmaxona ishlarida, o’quv-o’qituv sistemasida mazkur tinish belgisining normallashgan shaklidan (asosiy formadan) foydalaniladi. Tablitsada vergul, tire va qavsning ikki xil shakli, tirnoqning esa uch xil shakli ko’rsatilgan. Bularning birinchisi asosiy forma, qolganlari esa variant (yordamchi forma) sanaladi. Har bir variant o’z qo’llanish qonuniyatlariga ega. Masalan, tirnoq (qo’shtirnoq) odatdagi shaklidan tashqari «burchak» va «yakka tirnoq» formalarida, qavs esa katta qavs va kichik qavs formalarida ham ishlatiladi. Tinish belgilarining turli shaklda ishlatilishi texnik sababga, nashriy qulaylikka, stilistik holatga (uslubga) va individual badiiy yozuv stiliga ko’ra belgilanadi.


Tinish belgilarining, yozma tekst xarakteriga ko’ra o’z shaklini o’zgartgan holda qo’llanishi muayyan shart-sharoitlar, qonun-qoidalar, ko’proq uslub talabi bilan bo’ladi.
Tinish belgilarining miqdori va shakli har bir milliy tilning o’z normalariga ko’ra belgilanadi. Masalan, ingliz tilida defis va apostrof ham tinish belgisi hisoblanadi. Ispan tilida so’roq va undov belgilari gapning boshida va oxirida qo’llanib, jumla boshida ishlatilganda teskari shaklda qo’yiladi.
Hozirgi o’zbek tilida tinish belgilari quyidagi usulda qo’llanadi: a)yakka holatda; b)qo’sha holatda.
Yakka holatda qo’llanganda, bir belgi muayyan tekstda alohida funktsiyani bajaradi: Tishing qani? qani, o’g’lim, kechagi cho’pchakni ayt! (Oybek)
qo’sha qo’llanganda esa ular takror holatda yoki ikki va undan ortiq tinish belgisi birgalikda (ketma-ket, yonma-yon)qo’yiladi: - O’lim yovga!!! (H.O.)
qachongacha bizni aldaysizlar?!
Bo’ldi endi!.. Endi toqat yo’q!.. (Uyg’un)
Keltirilgan misollarning birinchisida undov belgisi uchtagacha takror ishlatilgan: ikkinchisida so’roq va undov, uchunchi va to’rtinchisida esa undov va ko’p nuqta birgalikda (qo’sha) qo’llangan.

Download 4,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   498   499   500   501   502   503   504   505   ...   644




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish