1-masala: O’zbek yozuvida punktuatsiyaning paydo bo’lishi va
undagi asosiy omillar.
Tinish belgilari o’zbek yozuvida XIX asrning II yarmidan so’ng qo’llana boshlagan. Arab yozuvidagi «yordamchi vositalar», o’z mohiyatiga ko’ra, punktuatsion belgi emas. «Yordamchi vositalar»dan ayrimlarining (masalan, bezak belgilarining) XIX asrning II yarmidan keyin «tinish belgisi» vazifasida qisman ishlatilishi ham o’zbek tili punktatsiyasi tarixi shu davrdan boshlanganligini ko’rsatadi.
O’zbek punktatsiyasi tarixining XIX asrning II yarmidan boshlanish sabablarini ko’rsatuvchi ob’ektiv tarixiy omillar:
1.XIX asrning II yarmida O’rta Osiyoning Rossiyaga qo’shilishi O’rta Osiyo halqlari madaniyatining, shuningdek, o’zbek halqi madaniyatining yanada rivojlanishida muhim omil bo’ldi. «Haqiqatan ham, Rossiya Sharqqa nisbatan progressiv rol o’ynaydi. Rossiya hukmronligi qora va Kaspiy dengizlari, Markaziy Osiyo uchun madaniyatlashtiruvchilik rolini o’ynaydi». (F.Engels) O’rta Osiyo halqlari ilg’or rus madaniyati – san’ati, adabiyoti, tili va yozuvi bilan tanisha boshlaydilar; rus halqi madaniyatining O’rta Osiyo halqlari madaniyatiga ta’siri kuchayadi. Bunday madaniy aloqa-ta’sir, tabiiyki, madaniyatning bir ko’rinishi bo’lmish yozuvda ham o’z ifodasini topadi. Rus punktuatsiyasi o’zbek punktuatsiyasining taraqqiyot yo’lini 150-200 yilga qisqartdi: o’zbek punktuatsiyasi sohasida, taxminan, 150-200 yil ichida erishish mumkin bo’lgan yutuqqa atigi chorak asr mobaynida erishildi. Bu ulkan yutuqqa erishishda ilg’or rus madaniyati – rus yozuvi (rus punktuatsiyasi)ning roli kattadir.
XIX asrning II yarmida O’rta Osiyoda (O’zbekistonda) poligrafiya (matbaachilik) vujudga keladi: bosmaxonalar, nashriyotlar paydo bo’lib, kitob, gazeta va jurnallar nashr etish ishlari boshlanadi. Shu munosabat bilan tilning ijtimoiy funktsiyasi kengayib, yozuvning xo’jalikdagi roli ortadi. XIX asrning 70-yillarida o’zbek adabiy tili matbuot tili darajasiga ko’tariladi va turmushning eng muhim tarmoqlarida qo’llana boshlaydi. Kitob, gazeta, jurnallardagi har bir fikrni o’quvchiga aniq va to’g’ri etkazish zaruriyati tug’iladi. Shu munosabat bilan kitob va gazeta sahifalarida tinish belgilarini qo’llash boshlanadi hamda bu protsess asta-sekin odat tusiga kira boradi. Kitob va gazetalarda tinish belgilaridan foydalanishda ruscha kitoblardagi traditsiyalarga rioya qilina boshlaydi. O’zbek punktuatsiyasining shakllanishi va rivojida, ayniqsa, 1871 yildan muntazam ravishda va ikki tilda (ruscha va o’zbekcha) nashr etilgan “Turkiston viloyatining gazeti” muhim ahamiyatga ega bo’lgan.
3.XIX asrning II yarmidan so’ng O’zbekistonda tarjima san’ati juda rivojlanlanadi. Rus tilidan o’zbek tiliga ko’plab badiiy asarlar tarjima qilinadi. Tarjima protsessida ruscha tekstdagi tinish belgilari, tabiiyki, o’zbekcha nushaga ham o’tadi.
4.XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida turkiy tillar va turkiy yozuvlar haqida turli tipdagi ilmiy asarlar, grammatik qo’llanmalar paydo bo’ladi. Bularning ma’lum qismi rus turkolog olimlar tomonidan yozilgan bo’lib, bu asarlardagi tekst parchalarida (misollarda), rus yozuvi traditsiyasiga ko’ra, tinish belgilari bilan ajratish holatlari uchraydi.
Demak, XX asr boshlarida o’zbek punktuatsiyasi to’liq shakllangan.
Bunda o’sha davrdagi ijtimoiy-tarixiy va madaniy – siyosiy sharoit muxim rol o’ynagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |